O’z fikrini ifoda etish huquqi: UNICEF va Elektron OAV Milliy Assotsiatsiyasi mobil telefonlarga videolavhalar suratga tushirish bo’yicha seminarlar o’tkazmoqda

Chop etish versiyasi
20 Sentabr 2017

Voqea va hodisalarni suratda aks ettirish imkonini beradigan, ayni paytda turli mobil ilovalar fikr va xabarlarni joylashtirish va ular bo’yicha fikr almashishni osonlashtirar ekan, fotoapparat va videokamera kabi funksiyalarga ega bo’lgan mobil telefon, borgan sari kontent yaratish va uni joylashtirish quroli sifatida qo’llanib kelinmoqda.

Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya bolalar va yoshlarni jamoatchilik rivojlanishining faol ishtirokchisi sifatida jalb etilishi muhimligini tan oladi hamda yoshlarni ular hayotlariga bevosita ta’sir o’tkazadigan masalalar yuzasidan o’z fikrlarini bildirishlariga da’vat etadi. 

2017 yil 15-17 sentyabr kunlari UNICEF va Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasi (EOAVMA) Farg’onada mobil videolavhalarni yaratish bo’yicha seminar tashkil etdilar. Ushu tadbir UNICEF va EOAVMA butun O’zbekistonda o’tkazadigan seminarlar seriyasining birinchisi bo’ldi. Bu esa, yoshlarga o’z hikoyalarini aytib berishlariga hamda mamlakat taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shishlariga yordam beradi.  

photo_2017-09-20_14-44-56.jpg

“Oxirgi uch kun davomida men rejissyor, operator, yorug’lik bo’yicha mutaxassis va muharrir bo’lib ko’rdim – barchasi o’zim”, - deb aytadi Marg’ilonlik talaba, Mushtaribegim Yuldasheva. “Oddiy telefon yordamida bolalar huquqlariga aloqador, turli ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan, masalalar yuzasidan o’z qarashlarim bilan o’rtoqlashish – naqadar ajoyib imkoniyat”.

Seminar shu jumladan, yosh va maqsadga intiluvchan jurnalistlarga ularning tengdoshlari yuz tutayotgan muammolarni, shuningdek yoshlar uchun yaratilgan mediaimkoniyatlar yordamida ushbu muammolarni hal etish usullarini muhokama qilish imkoniyatini taqdim etdi.

photo_2017-09-20_14-45-08.jpg

“Yuqori texnologiyali mobil telefonlardan foydalanishga, ijod etish va zaruriy ko’nikmalarga ega bo’lishga imkoniyatlarning kengayib borishi tufayli, biz jamiyatning turli tabaqalaridagi, shu jumladan, uzoq tumanlarda istiqomat qiladigan, o’z tengdoshlarimizga muhim xabarlar bilan murojaat eta olamiz”, - deydi Farg’onalik talaba Umida Zokirova. “Men turli mavzularda mobil videolavhalar tasvirga tushirishni davom ettiraman, shuningdek o’z bilimlarimni do’stlarim bilan baham ko’raman. Bu esa bizning fikrlarimizga quloq tutilishiga yordam beradi. Biz UNICEF va EOAVMAga mazkur ta’lim olish imkoniyati hamda o’z fikr-mulohazalarimizni keng ommaga bildirishimizga yo’lak taqdim etganlari uchun minnatdormiz”.

Seminar ishtirokchilari o’z videolavhalarini ijtimoiy tarmoqlarda chop etish hamda turli telekanallarda efirga uzatish maqsadida, UNICEF va EOAVMA bilan har oy baham ko’rishga bir ovozdan rozilik bildirishdi. O’z o’rnida EOAVMA yosh yigit va qizlarning imkoniyatlarini, ularning o’z fikrlarini ifoda etish huquqlaridan foydalanishlariga ko’mak ko’rsatish orqali, kengaytirishda davom etadi. 

Still0917_00010.jpg

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 399


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar