Butun dunyoda faqat 15 ta mamlakatda kichik bolalarini parvarishlayotgan oilalarga ko‘mak berishning uchta zaruriy milliy strategiyalari mavjud — UNICEF

Chop etish versiyasi
21 Sentabr 2017
Press-reliz

Yangi ma’ruzaga muvofiq besh yoshgacha bo‘lgan qariyb 85 million nafar bolalar - erta yoshdagi bolalar miyasi rivojlanishini ta’minlash uchun uchta eng muhim strategiyalarni tashkil qiladigan - oilalarga ikki yillik bepul maktabgacha ta’lim, chaqaloqlar umrining ilk olti oyi davomida ularni faqat ko‘krak suti bilan boqish uchun yosh onalarga haq to‘lanadigan tanaffuslar va bolani parvarishlash bo‘yicha tegishli haq to‘lanadigan ta’til berish kabi xizmatlar taqdim etilmaydigan 32 mamlakatda yashaydilar.

Nyu-YORK, 21 sentyabr 2017 yil: Bugun UNICEF o‘zining yangi ma’ruzasida xabar qilganidek, butun dunyoda faqat 15 ta mamlakatda ota-onalarga kichik yoshdagi farzandlarining miyasi to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash uchun juda zarur bo‘lgan vaqt va resurslar taqdim etilishini kafolatlaydigan uchta asosiy milliy strategiyalar yuritiladi. Bundan tashqari, dunyodagi 5 yoshgacha bo‘lgan har bir sakkizinchi bola yashaydigan 32 ta mamlakatda bunday strategiyalarning birontasi mavjud emas.

«Ilk holatlar — bola hayotidagi eng muhim davr» ma’ruzasiga muvofiq, ikki yillik bepul maktabgacha ta’lim, go‘dak umrining ilk olti oyi davomida uni faqat ko‘krak suti bilan boqish uchun yosh onalarga haq to‘lanadigan olti oylik tanaffus berish, ona bolasini parvarishlashi uchun unga haq to‘lanadigan olti oylik ta’til hamda otalarga haq to‘lanadigan to‘rt haftalik ta’til taqdim etilishi bolalar erta rivojlanishi uchun eng maqbul hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan poydevor yaratilishiga yordam beradi. Ushbu strategiyalar ota-onalarga o‘z farzandlarini yanada samarali himoya qilish hamda ular uchun umrlarining ilk yillarida o‘ta muhim bo‘lgan yetarli ozuqa, o‘yin o‘ynash tajribasi va erta rivojlanish bilan ta’minlashga xizmat qiladi, chunki bu davrda bosh miyasi bola umrining kelgusi yillarida takrorlanmaydigan jadal sur’atlarda rivojlanib boradi.

Ma’ruzada ushbu uchta strategiyalar kafolatlangan tartibda faoliyat yuritadigan mamlakatlar qatorida Kuba, Portugaliya, Rossiya, Fransiya va Shvetsiya tilga olingan. Biroq besh yoshgacha bo‘lgan 85 million nafar bolalar mazkur uchta o‘ta muhim strategiyalarning birontasi ham yuritilmaydigan yurtlarda o‘sib ulg‘ayadilar. Taajjubki, bu bolalarning 40 foizi faqat ikki mamlakat – Bangladesh va Qo‘shma Shtatlarda istiqomat qildi.

«Bolalar ega bo‘lgan eng muhim jihat nimadan iborat? Bu ularning miyasi. Lekin ularning erta bolaligida, ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatishicha, aqliy salohiyati jadallik bilan shakllanib, kelgusi hayot podevorlariga asos solinadigan davrda biz bolalarning jismoniy rivojlanishiga e’tibor beradigan darajada intellektual rivojlanishlariga qayg‘urmaymiz» — deb ta’kidladi UNICEFning Ijrochi Direktori Entoni Leyk. «Biz kichkintoylar ota-onalarini va ularni parvarishlaydigan shaxslarni ular bolaning miyasi rivojlanayotgan eng muhim davrda juda muhtoj bo‘lgan qo‘mak bilan ta’minlash uchun yanada katta sa’y-harakatlarimizni ishga solishimiz lozim».

Ma’ruzada, shuningdek, besh yoshgacha bo‘lgan millionlab bolalar ulg‘aysh davrini notinch va rivojlanishni rag‘batlantirmaydigan sharoitlarda o‘tkazayotganlari haqida bayon qilingan: 

  • Besh yoshgacha bo‘lgan qariyb 75 million nafar bolalar mojarolar kuzatilayotgan hududlarda yashaydilar, bu esa erta bolalikda miyaning neyron aloqalariga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan toksik ruhiy ta’sirlanish xatarini oshiradi;
  • Butun dunyoda to‘yib ovqatlanmaslik, noma’qul muhit va turli kasalliklar natijasida besh yoshgacha bo‘lgan 155 million nafar bolalarda o‘sish to‘xtashi kuzatiladi va bu holat ularning jismoniy salomatligi va aqliy rivojiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatib, umumiy salohiyatlari to‘liq rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi; 
  • 64 ta mamlakatda yashaydigan ikki yoshdan to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar intellektual rivojlanish uchun muhim bo‘lgan o‘yinlar, kitob o‘qish va ashula aytishda qatnashmaydilar;
  • Butun dunyoda qariyb 300 million nafar bolalar havo zararli bo‘lgan hududlarda yashaydilar, bu esa, yangi tadqiqotlarga muvofiq, bolaning rivojlanish bosqichida bo‘lgan miyasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 

Ma’ruza eng zaif bolalarni himoya qilishga qodir bo‘lmaslik va erta rivojlanishlariga imkon taqdim etmaslik jamiyat va butun iqtisodiyotning samarali rivojlanishiga putur yetkazishi yuzasidan ogohlantiradi; ma’ruzada misol sifatida bir tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, unda tasdiqlanishicha, erta yoshda o‘yin o‘ynash tajribasi va bilim orttirgan kambag‘al oilalardan kelib chiqqan bolalar katta bo‘lganlarida yoshligida bunday rivojlanish imkoniyatlaridan bebahra qolgan bolalarga nisbatan o‘rta hisobda 25 foizga ko‘proq pul topar ekanlar.

«Agar biz eng zaif bolalar va oilalarga zudlik bilan mablag‘ kiritishni boshlayu yubormasak, bu insonlarda avloddan-avlodga kuzatib kelinayotgan nomaqbullik na notenglik davrlarini yanada abadiylashtirishni davom ettirgan bo‘lamiz. Biz qator avlodlarga yordam berish sohasidagi imkoniyatlarni ketma-ket qo‘ldan boy berib, nochorlar va mulkdorlar orasidagi tafovutni tobora kengaytirib boryapmiz va o‘zimizning uzoq muddatli salohiyatimiz va barqaroligimizga katta ziyon yetkazyapmiz», — deb aytdi Leyk.

Erta rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga hukumatlar butun dunyo bo‘ylab o‘zlarining ta’lim byudjetlaridan o‘rta hisobda 2 foizdan kamroq mablag‘ sarflaydilar. Ayni paytda ma’ruzada bugungi kunda erta yoshdagi bolalar rivojlanishiga kiritilayotgan investitsiyalar katta iqtisodiy foyda keltirishi e’tirof etilmoqda. Jumladan, ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ajratilgan har bir AQSh dollari kelgusida 35 dollar, erta yoshdagi nochor bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlariga investitsiya qilingan har bir AQSh dollari esa kamida 17 dollar keltirishi mumkin.

Ma’ruza hukumatlar va xususiy sektorni baza milliy strategiyalarga, jumladan, quyida ko‘rsatilgan yo‘llar orqali, erta yoshdagi bolalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash masalasida yordam berishlariga da’vat etadi:

  • Erta yoshdagi bolalar uy sharoitlarida, maktablarda, mahalliy hamjamiyatlar va tibbiy klinikalarda rivojlanishlari bo‘yicha investitsiyalar ajratish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, va bu jarayonda eng zaif bolalarni afzal ko‘rish;
  • Oilani qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ikki yillik bepul maktabgacha ta’lim, bolani parvarishlash bo‘yicha haq to‘lanadigan ta’til va emizib boqish uchun haq to‘lanadigan tanaffuslar kabi choralarga milliy ustuvorlik maqomini berish; 
  • Ishlaydigan ota-onalarga o‘z bolalarining aqliy rivojlanishlariga yordam berishlari uchun vaqt va tegishli resurslarni taqdim etish;
  • Erta yoshdagi bolalar rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va dezagregirlash hamda eng nochor bolalar va oilalarni qamrab olish darajasida ortib borishi jarayoni ketidan kuzatib borish.

«Erta yoshdagi bolalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategiyalar — bu aslida farzandlarimiz intellektual rivojlanishiga, demakki ertangi kun fuqarolari va mehnat resurslariga – tub ma’noda olamimiz kelajagiga kiritiladigan g‘oyatda muhim investitsiyalardir», — deb e’tirof etdi Leyk.

Muharrirlar uchun izohlar:

Ushbu tahlilda qo‘llanilgan ma’lumotlar UNICEFga Los-Anjeles sh. Kaliforniya universiteti qoshidagi Butun jahon strategiyalarni tahlil qilish markazi (WORLD Policy Analysis Center) tomonidan taqdim etilgan. Demografik ma’lumotlar BMTTDning 2017 yil bo‘yicha ma’ruzasidan olingan. Yuqorida aytib o‘tilgan strategiya quyidagilarni qamrab olgan: ikki yillik bepul maktabgacha ta’lim, go‘dak umrining ilk olti oyi davomida uni faqat ko‘krak suti bilan boqish uchun yosh onalarga haq to‘lanadigan olti oylik tanaffus berish, ona bolasini parvarishlashi uchun unga haq to‘lanadigan olti oylik ta’til hamda bolaning otasiga haq to‘lanadigan to‘rt haftalik ta’til taqdim etish.

Uchta strategiyalarning barchasini amalga oshirayotgan mamlakatlar: Belarus, Bolgariya, Vengriya, Italiya, Kuba, Latviya, Lyuksemburg, Portugaliya, Rossiya Federatsiyasi, Ruminiya, San-Marino, Turkmaniston, Ukraina, Fransiya va Shvetsiya.

Ushbu uchta strategiyalardan birontasini ham amalga oshirmaydigan mamlakatlar: Avstraliya, Aljir, Bangladesh, Barbados, Beliz, Bosniya va Gersegovina, Bruney, Butan, Gambiya, Grenada, Dominika, Zambiya, Yemen, Keniya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Liberiya, Malavi, Malayziya, Myanma, Namibiya, Oman, Svazilend, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Singapur, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Serra-Leone, Tonga, Trinidad va Tobago, Uganda, Mikroneziya Federativ Shtatlari va Janubiy Afrika.

Ma’ruza UNICEFning sherigi H&M Fondi ko‘magida oliy darajadagi tadbir chog‘ida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yetmish ikkinchi sessiyasi davomida Nyu-York sh., Birlashgan Millatlar Tashkiloti, «Har bir ayol, har bir bola» markazida, Nort-Lon, soat 11:00 va 12:30 oralig‘ida taqdim etiladi.

UNICEFga oid

UNICEFeng katta sonli nochor bolalarni qamrab olish uchun eng murakkab hududlarda ish olib boradi. Biz bolalar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, ularning eng oliy manfaatlari yo‘lida 190 ta mamlakatlarda faoliyat olib boramiz va har bola uchun olamni yanada obod qilishga intilamiz. UNICEF va uning faoliyati to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar quyidagi saytda keltirilgan: www.unicef.uz.

Fotosuratlar va videokontent bilan bu yerda tanishish mumkin.

UNICEF haqidagi ma’lumotlar ketidan Twitter va Facebookda kuzatib boring:

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Atul Kumar, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha bo’lim rahbari

Теlefon: + 998 93 550 01 55

Elektron pochta: akumar@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 137


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar