Diqqat markazida – bola huquqlarini amalga oshirish: O‘zbekiston Respublikasi bolalar farovonligini yanada oshirish maqsadida Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashni ta’sis qildi

Chop etish versiyasi
27 Sentabr 2017

2017 yil 14 sentabrda O‘zbekiston Hukumati tomonidan bolalar huquqlarini amalga oshirish yo‘lida muhim qadam qo‘yildi – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzilya Narbayeva rahbarligida Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.  

Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyani ratifikasiya qilgan davlat sifatida O‘zbekiston barcha bolalarning huquqlarini, xususan omon qolish, ta’lim olish, qadr-qimmatini saqlash hamda zo‘ravonlik va kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish majburiyatini olgan. 

Ta’kidlash lozimki, aholisining uchdan bir qismi 18 yoshdan kichik bo‘lgan O‘zbekiston oldida noyob demografik imkoniyat ochilmoqda: mamlakat iqtisodiy rivojlanish va ravnaq topishning keyingi bosqichiga o‘tishi uchun bugun bolalar va yoshlarga investitsiyalarni ajratish eng maqbul strategiyadir.

Idoralararo kengash BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini amalga oshirish yo‘lida turli vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul organ bo‘ladi.

«Bugun yangi va keng islohotlar dasturini qabul qilib, O‘zbekiston o‘z yuksalishining g'oyatda muhim bosqichidadir. Mamlakat Hukumati yangi strategiyani odamlar hayotidagi chinakam taraqqiyotga mujassamlantirishi jarayonini butun xalqaro hamjamiyat kuzatib bormoqda. Konvensiyani amalga oshirishni jadallashtirish O‘zbekiston yurt ravnaqi va inson huquqlariga sodiq ekanligini namoyish qiladi», - deb ta’kidladi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. 

Shuningdek, Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengashning tashkil etilishi BMT Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining eng muhim tavsiyalaridan biriga muvofiqdir. Bundan keyingi qadamlar turli yo‘nalishlarda, jumladan sog'liqni saqlash, ta’lim sohalarida bolalar salomatligi va farovonligini yanada yaxshilash va ularni himoyalashga yo‘naltirilgan Milliy harakatlar dasturini ishlab chiqishga qaratiladi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 112


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar