O’zbekistonda oziqlanish bo’yicha milliy tadqiqot o’tkaziladi: Sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEF O’zbekistondagi ayollar va bolalarning oziqlanishi bo’yicha holatlarini aniqlash maqsadida milliy tadqiqotni boshlashmoqda

Chop etish versiyasi
28 Sentabr 2017
Press-reliz
4 4 Fotosuratlar

TОSHKENT, 28 sentabr 2017 yil – Sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEF boshlanajak tadqiqot samarali tarzda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida, ma’lumot yig’uvchi mutaxassislar uchun o’quv seminarini tashkil etishdi.  

Milliy tadqiqotni o’tkazish shu yilning oktabr oyiga rejalashtirilgan va u O’zbekistondagi ayollar va bolalar o’rtasida yetarlicha ozuqalanmaslik darajalarini har tomonlama baholab berishi kutilmoqda. Ushbu tadqiqot oziqlanish holati bo’yicha mintaqaga xos ilk ma’lumotlarni taqdim etadi.

“Xalqaro miqyosda taqqoslash imkoni mavjud bo’lgan ma’lumotlarga ehtiyoj mavjudligiga yaqinda mamlakat Prezidenti va Bosh vazir o’rinbosari tomonidan urg’u berildi. Tadqiqot aynan shu muhim ehtiyojni qondirishga o’z hissasini qo’shadi”, - dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o’rinbosari Afshin Parsi. “Muhim ko’rsatkichalr bo’yicha to’g’ri tasniflangan va ishonarli ma’lumotlarga ega bo’lishi esa, O’zbekistonda ayollar va bolalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlarini rejalashtirish va monitoringini olib borishda yordam beradi”,-deb qo’shimcha qildi u.

O’quv seminarida tadqiqotda amalga oshirilajak barcha bosqichlarni sinov amaliyotidan ot’kazish, so’rovnoma suhbatlarini mashq qilish, ma’lumot yig’ish jarayonida qo’llaniladigan elektron uskunalarni ishlatib ko’rish, bo’y va vaznni o’lchashni hamda biologik namunalar yig’ishni mashq qilish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA) hamda Kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazining O’zbekistondagi vakolatxonalari tomonidan ham qo’llab-quvvatlangan ushbu tadqiqotning natijalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016-2020 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2650-son qarorining amalga oshirilishiga ko’maklashishi kutilmoqda.

Tadqiqotchilar, oziqlanish bilan bog’liq bo’lgan savollarga javob olish bilan bir qatorda, shaxsiy salomatlik va emlanganlik holatlari hamda homilador ayollarning tug’ruqoldi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari bo’yicha ham ma’lumot yig’adilar. Tadqiqot doirasidagi so’rovnomada O’zbekistonning qishloq va shahar joylaridagi 4200 uy xo’jaliklari ishtirok etadilar.

“Sog’lom ovqatlanish bo’yicha milliy tadqiqot reproduktiv yoshdagi ayollarda mikronutrientlar tanqisligi va ularning ovqatlanish ko’nikmalari hamda chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarni ovqatlantirish ko’nikmalariga oid ma’lumotlarni yig’ish orqali bizga yordam beradi”, - dedi Sog’liqni saqlash vazirligi vakili, professor Dilorom Ahmedova. “Mazkur ma’lumotlar aholining, jumladan, uning eng zaif qatlamlarining oziqlanish holatini yaxshilashga oid asoslangan qarorlar qabul qilishimizda bizga qo’l keladi”, - deb qo’shimcha qildi u.

################################

UNICEF haqida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz.

UNICEF va uning faoliyati to’g’risida to’liq ma’lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring hamda yangilikalarni Twitter va  Facebookdagi UNICEF Uzbekistan sahifamizda kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Faxriddin Nizamov, Sog’liqni saqlash bo’limi rahbari v.b.

Telefon: + 998 93 399 05 57

El. pochta: fnizamov@unicef.org

Nargiza Egamberdieva, Muloqot mutaxassisi  

Telefon: + 998 93 380 34 19

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 297


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar