Qiz bolalar qodirlar: O’ziga bo’lgan ishonch andozalar ustidan g’olib keladi

Chop etish versiyasi
11 Oktabr 2017

lola3.jpg

Lola Jabborova, yurist va tartibga solinuvchi xatarlar va korporativ boshqaruv sohasida tadqiqotchi. Xalqaro Westminster universiteti bitiruvchisi, Oksford universitetining MPP (Master of Public Policy) nufuzli magistrlik unvonini O’zbekistondan birinchi bo’lib qo’lga kiritgan qiz. Avvalda BMTning yoshlar faoli, O’zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sivilizasiyalar alyansi (UNAOC) qoshidagi hamda Ming Yillik Sammit qoshidagi Yoshlarning jahon sammitidagi yoshlar elchisi. Toshkent shahrida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodi berilgan. 

22369030_10213630792271791_1069439552_o.jpg

“Faqat qizlar uchun” alohida qoidalar

An’anaviy o’zbek mahallasida kechadigan bolalik va o’smirlik shubhasiz o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, istaymizmi-yo’qmi, oilaviy me’yorlarda o’z aksini topadi. Men uchun yangi bo’lgan ijtimoiy muhitga ko’chib o’tganimizda 7 yoshda edim va “faqat qizlar uchungina” tadbiq etiladigan qoidalar mavjudligi men uchun adolatsiz tuyular edi – quyosh botgandan so’ng ko’chaga chiqish mumkin emas, aylanishga chiqishdan avval hovlini supurib, suv sepish zarur… Aytmasam bo’lmaydi, men bu qoidalarga kuchim yetganicha qarshilik ko’rsatar va ularga rioya etish muhimligi yuzasidan ota-onam bilan takror-takror bahslashar edim.

Ammo uyda ekanimizda ota-onam, ayniqsa dadam bizlarni jinslarga ajratmas edilar – ular meni va singlimni suzishga, ot minishga, velosiped haydashga, chang’ida turishga, avtomobil haydashga o’rgatardilar. Ular bizni hatto tirda o’tish uchun Telman bog’iga ham olib borar edilar. Shunday qilish orqali otam bizlarga an’anaviy gender chegarasiga solib qo’ymaydigan, ko’nikmalarni egallash imkonini berar edilar.

Tushunish va qabul qilish

Menga bevosita taalluqli bo’lgan qarorlarning aksariyatida o’zim ishtirok etar edim, ammo so’nggi so’zni ota-onam aytishar edi. Ayni paytda esa, barcha hayotiy zarur bo’lgan qarorlar oila davrasida maslahatlashib, bobom va buvim ishtirokida qabul qilinar edi.

Ota-onam maslahatlashib, bir-birlarining fikrlariga quloq tutib, yagona front kabi harakat qilib qarorlarni birgalikda qabul qilishlari, bu ko’pchilik dugonalarim oilalaridagi singari “onasi ruxsat bersa, otasi ijozat bermaydigan”, bir tomon diktaturasi hech qachon bo’lmagani, men uchun doimo ibrat bo’ladigan misoldir. Obro’-e’tiborli kishilarning nomutanosibligi.

Onam meni shifokorlar oilasining to’rtinchi avlodi vakili sifatida, shifokor bo’lishimni juda ham istaganlariga qaramay, menga mutaxassislik va oliy o’quv yurtini tanlash imkonini taqdim etganlari uchun benihoya minnatdorman. Lekin, birdaniga bo’lmasa ham, tanlovimga rozi bo’lganlar.

lola2.jpg

Qiziqishlarimga nisbatan doimo to’g’ri munosabatda bo’lganlar. Bizlarga qo’yiladigan talablar bolalikdanoq ancha yuqori bo’lganiga qaramay, meni ustuvor yo’nalishlarni aniqlashga hamda muvozzanatni saqlashga o’rgatishgan – oila va uy hamisha ustuvor darajada bo’lishi zarur edi. Bu mening bugungi kundagi hayotim uchun alohida dolzarbdir.

Ota-ona o'rnaklari

O’z tarbiyamning ko’pgina jihatlarini o’zlashtira olishimni va kelajakda farzandlarimga bera olishimni istar edim. Agar e’tiborni jamlaydigan bo’lsak, uni quyidagilarga qaratar edim: 

Ko’p kitob o’qish. Ovozni chiqarib va ifodadli qilib, zarur bo’lsa, qiziqish uyg’otib. Yodimda, onam “Shahrizodaning usuli”ni qo’llardilar; o’zimiz kitobni, kech tushishini kutib o’tirmay, o’qishni hohlashimiz uchun, ertakni eng qiziq yerida to’xtatar edilar. Rost, keyin fonarni olib qo’yishga to’g’ri kelar edi, chunki tongni kutishga men va ukamda har doim ham sabr yetavermas edi.

Suhbatlashish. “Teng darajada” bobom va buvim bilan suhbatlar qurish, ayni paytda ularning ulkan hayotiy tajribalarini o’zimga singdirib olis, ehtimol, refleksiya va o’zimni anglashim uchun eng yaxshi vaqtlar edi.

Ta’limga sarmoya qilish. Ota-onam barcha narsada tejar edilar, ammo bizlarni eng yaxshi maktab, to’garaklarga berishar edi. Har kungi xarajatlarimiz uchun dadam bizga pul berar edilar, u pul esa aynan tushlik qilish yoki biron narsa tamaddi qilib olish uchungina yetar edi. Bu pul miqdoridan ko’prog’ini olishni istasak, “vaziyatni tayyorlashimiz” kerak bo’lardi – bu xarid nima uchun u qadar muhim ekanligini tushuntirib berishimiz zarur edi. Aniq esimda, agar bizga “dugonamdagi kabi” ko’ylak olib berishlari mavzusiga, yoki kafega borishga bog’liq istagimiz bo’lsa, uni asoslab berish aqil bovar qilmaydigan darajada mushkul bo’lar edi. Biroq kitoblar va qo’shimcha mashg’ulotlar uchun mablag’ o’sha zahotiyoq ajratilar edi. Nima sababdan shunday qilinganini men hozir tushunib yetdim.

lola6.jpg

Sayohat qilish. Chet el safariga chiqish uchun imkoniyati bo’lmagan, sovet tuzumidagi ota-onalarning farzandi sifatida bizning oilamiz uchun juda katta ahamiyat kasb etadigan narsa – bu sayohatga chiqish edi. Bu maqsadga erishish uchun pul mablag’lari chiroyli yangi kiyimdan, elektronika buyumlaridan va boshqa kichik quvonarli narsalardan tejalar edi. Ma’lum bo’lishicha, bunday narsalarsiz ham yashasa bo’lar ekan, ularning o’rniga esa o’z mamlakati va dunyoni kezib chiqish afzal ekan. Bu narsa menga erta yoshimdanoq dunyoga o’zgacha nigoh bilan qarashga, Vatanimda mavjud bo’lgan imkoniyatlarning qadriga yetishimga, andozalardan ozod bo’lishimga imkoniyat berdi. Steynbek aytganidek, “sayohatlar kishilarni yaratadi”, va men ishonch bilan ayta olamanki, sayohatlar meni yaratdi.

Kim bo’lishni istasangiz, shunday bo’ling

Oq yo’l tilab aytiladigan so’zlar juda ham bisyor, go’yo barcha burchaklardan hamma baralla: “Olg’a! Jazm et!” deb, yoki ozroq ta’na bilan: “Nimani kutayapsan?!” deb, aytayotgandek. Ammo gohida o’zingizga qarshi chiqish, tizimga qarshi chiqish, ba’zan qadriyatlarga ham bo’lsin, qarshi chiqish nechog’lik qiyin ekanini chindan aytadiganlar juda ham oz. Jamiyat yoki atrof-muhit bizga uqtirmoqchi bo’layotgan narsalarini o’zimiz uchun istamasligimiz tabiiy hol ekanini bizga tez-tez eslatib turadigan vosita zarur. Men har bir kishi o’z muvaffaqiyatini o’zi baholashi usuliga ega ekanligini yoddan ko’tarmaslikni istagan bo’lardim. Qo’shni qizga, sinfdoshga, hamkasbga tenglashish umuman shart emas – oz’ingiz kim bo’lishni istasangiz, shunday bo’ling. Birgalikda biz kuchmiz. 

Muallif: Lola Jabborova

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 48


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar