Qizlar qodirlar: dadalar tinglasa, tushunsa va qo’llab-quvvatlasa

Chop etish versiyasi
11 Oktabr 2017

sabina.jpg

Sabina Mustaeva uch yasharligidanoq vokalga bo’lgan iqtidorini namoyish eta boshlagan hamda turli mamlakatlarda o’tkaziladigan musobaqalar ishtirokchisi bo’lgan. Bir necha bor g’olib bo’lib, bugungi kunda Polshada g’alaba uchun kurashmoqda. Sabinaning aytishicha, u hech qachon o’gil bolalar bilan imkoniyatlari teng yoki tengmasligi to’g’risida o’ylab ko’rmagan. U oilada uch opa-singillari bilan ulg’aygan va ota-onasi o’z qizlarining uyg’unlikda rivojlanishiga hamda oiladagi barcha farzandlar uchun imkoniyatlarning teng bo’lishiga ulkan ahamiyat berishgan.

Biz Sabinaning otasi Ruslan Mustaev bilan suhbatlashdik. U “Sen yolg’iz emassan” jamg’armasi va Islom Karimov jamg’armasining direktori, shuningdek O’zbekiston gimnastika federasiyasi hamda Osiyo gimnastika konfederasiyasining vise-prezidentidir.

photo_2017-10-11_17-05-39.jpg

Faqat har tomonlama tarbiya bolaning sog’lom va gurkirab voyaga yetishiga imkon beradi

So’z bola tarbiyasi haqida ketganda – men esa, o’z to’rt qizimdan tashqari, o’zimni “Sen yolg’iz emassan” jamg’armasidagi 15 yillik faoliyatim davomida, hayotlarini yaxshilash va yo’lga qo’yishga harakat qilgan barcha bolalarning qaysidir ma’noda ota-onasiman deb hisoblayman - o’ylaymanki eng asosiysi muvozzanat va uyg’unlikdir. Bolaga rivojlanish uchun imkoniyat berish kerak, u o’zi ham buning uddasidan chiqa oladi, faqatgina uni qo’llab-quvvatlab, sharoit yaratish va yo’lga solib turish kerak.

Agar bola bir nimaga qiziqish bildirayotgan bo’lsa, uni qo’llab-quvvatlash va shu narsani sinab ko’rishi uchun imkoniyat berish zarur. Agar uning qiziqishi o’zgarsa – havotir qilmang, u o’zini imkoni bor darajada ko’p yo’nalishlarda sinab ko’rsin. Agar, aksincha, bir narsaning o’zida o’ralashib qolsa, uning qiziqishlarini biron farqli narsa bilan aralashtirib yuborishga harakat qilish kerak, misol uchun sport, san’at, kitob mutoola qilish, ochiq havodagi mashg’ulotlar bilan.

O’ylaymanki, aynan bolalik davrida bolalarga imkon qadar ko’p e’tibor qaratish kerak, chunki, aytilishicha, “ko’p qavatli bino” qurmoqchi ekansiz, darhol uning poydevorni quying, zero keyinroq shakllanib bo’lgan shaxsiyatni, uni sindirmay turib, o’zgartirish benihoya murakkab vazifadir.

Men oilani eng yaxshi poydevor deb hisoblayman. Oila qanchalar mustahkam va jips bo’lsa, unda voyaga yetgan bola shu qadar yaxshi rivojlanadi. Eng erta yoshlaridanoq barchamiz qizlarimizga nimaga qiziqishlarini tushunib yetishlari va o’z yo’llarini topa olishlari uchun, birgalikda yordam berar edik. Onasi kichik farzand bilan band bo’lganda, buvisi katta qizlarni turli to’garaklarga olib borar, bobosi esa Sabina bilan musiqani mashq qilishar ediki, oqibatda u bobosining djaz kvartetida ham qo’shiq kuylagan vaqtlari bo’lgan. 

photo_2017-10-11_18-00-11.jpg

Qizlarim ko’p narsalarni sinab ko’rishgan – suzish, suvga sakrash, dzyudo, gimnastika, musiqa va tasviriy san’atni ham. Men ularga quloq tutish va hollaridan boxabar bo’lib turishga va kerakli mahal ularni boshqa tarafga yo’naltirishga yoki shu soha bo’yicha yuqoriga yo’naltirishga harakat qilar edim.

Qadriyatlar avloddan avlodga o’tib boradi

O’zining erishgan yutuqlariga qaramay, Sabina ota-onasiga quloq soladi va ularning qarorlariga ishonadi, zero ular doim uning manfaatlarini inobatga oladilar. Uning aytishicha, kattalarga bo’lgan hurmat, insof, to’g’rilik va o’z qilmishlariga nisbatan javobgarlik his etishni, shuningdek “boshqalarga qanday munosabatda bo’lsang, senga ham shunday munosabatda bo’lishadi” degan tamoyilga rioya etishni o’z ota-onasidan o’rgangan. Shularning bari va, albatta, uning ulkan qobiliyati, shuningdek uning katta va ahil oilasining ma’naviy ko’magi unga yangi cho’qqilarga intilib, ularni zabt etishga yordam beradi.

Qizdan qizlarga

photo_2017-10-11_17-34-17.jpg

Hech qachon qo’llarni ko’tarib, taslim bo’lmang, o’zingizga ishonchingiz ko’mil bo’lishi va barchasi amalga oshadi deb ishonishingiz, ijoibiy fikr yuritishingiz kerak. Shundagina ota-onangizni sizga kerakli bo’lgan yerlarda yordam berishga ko’ndira olasiz.

Otadan otalarga

O’z farzandlaringizni, qizmi u yo o’gil, tinglashni, ular bilan suhbatlashishni o’rganishingiz zarur. Ularni tinglar ekansiz, qanday qilib ularga yordam berishni, qaysi tarafga yo’naltirishni tushuna olasiz, zero har birimiz farzandlarimiz kelajagi porloq bo’lishini istaymiz, ularning yutuqlari esa, bizning sa’y-harakatlarimizga bog’liq.  

Rasmlar shaxsiy arxivdan.
Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 47


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar