Bo’lg’usi huquqshunoslar bola huquqlariga bag’ishlangan maxsus kursni o’rganmoqdalar

Chop etish versiyasi
12 Oktabr 2017

Toshkent davlat yuridik universitetining 15 ga yaqin talabalari UNICEFning xalqaro ekspertlari va xodimlari bilan muloqot qilish maqsadida mazkur tashkilotning O'zbekistondagi vakolatxonasiga tashrif buyurdilar. Mazkur talabalar o'z universitetlarida bola huquqlari bo'yicha maxsus kursni o’qimoqdalar.

2015 yildan boshlab UNICEF Toshkent Davlat yuridik universitetiga huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning o’quv dasturiga bolalar huquqlariga oid kursni o’qitish borasida yordam berib keladi. Mazkur fan bolalar huquqlari bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish va ularning amalda qanday ishlashini tushunish imkonini beradi.

"Men, yaqin kelajakda birgalikda ishlashimiz mumkin bo’lgan kelgusi sudyalar, prokurorlar va huquqshunoslar bilan uchrashib turganimdan juda mamnunman. "Bola huquqi" kursini o'rganish paytida qo'lga kiritilgan bilimlarni professional ishingizda qo’llashingizdan umidim katta,"- dedi yoshlarni qarshilar ekan, UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o'rinbosari Afshin Parsi.

photo_2017-10-10_10-56-35 (2).jpg

UNICEF eksperti Ursina Veidkun bolalar uchun odil sudlov sohasidagi xalqaro tajribasini o'rtoqlashdi. U voyaga etmaganlarning ishlarini ko’rib chiqishda ixtisoslashuvning, shuningdek adliya tizimida ijtimoiy ishni olib borishning muhimligini ta'kidladi.

5.JPG

Talabalar UNICEFning O'zbekistondagi faoliyati haqida ham ma’lumotga ega bo'ldilar.

"UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasida bola huquqlari bo'yicha amaliy hamkorlikni amalga oshirish yaxshi an'anaga aylandi. Bu bizning talabalarimiz uchun juda foydali va qiziqarli. Hamkorligimizni kelajakda ham davom ettiramiz degan umiddamiz," - deb ta’kidladi  Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi o'qituvchisi professor Gavxar Yo'ldosheva. 

9.JPG

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 353


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar