Ahamiyatga ega ovozlar: Samarqandda mobil telefonda videolavhalarni suratga olish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi

Chop etish versiyasi
12 Oktabr 2017

“Avval men trening va undan kutiladigan natijalardan ozroq cho’chidim, ammo tez orada faol va iqtidorli odamlar bilan uchrashib, ijod muhitiga sho’ng’ib ketdim,” - deydi o’quv seminari haqida o’z ta’surotlarini o’toqlashar ekan, samarqandlik 13 yashar Aleksey Turunov.

Sentyabr oyida UNICEF va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) Samarqandda mobil videolavhalarni yaratish bo’yicha seminar tashkil etdi. Bu seminarlar seriyasining ikkinchisi bo’lib, tadbir, hikoyalarni yetkazish vositasi sifatida smartfonlardan foydalangan holda, o’z fikrlarini ifoda etish ko’nikmalarini shakllantirish uchun, 14 ta yosh va tirishqoq jurnalistlarni yig’di.

“Birinchi kuni biz yorug’lik, tovush, orqa fon, focus va yana boshqa texnik detallar bilan qanday ishlash lozimligi haqida o’rgandik; ikkinchi kuni biz o’z g’oyalarimiz va stsenariy yaratish bilan mashg’ul bo’ldik; va uchinchi kun yakuniga borib, bizda namoyish etishga tayyor bo’lgan videolavhalar yaratildi,” – deydi to’lqinlanib va ishtiyoq bilan Aleksey.

photo_2017-10-12_15-29-51.jpg

Seminar davomida o’smirlarlrni o’ylantiradigan mavzularni qamrab oladigan 14ta videolavhalar tayyorlandi: tabiatni muhofaza qilishdan to genderlar tengligi, fikr bildirish erkinligidan to sog’lom turmush tarzini kechirish mavzularigacha.  

Seminar, shuningdek, ishtirokchilar uchun yoshlar yuz tutayotgan muammoli masalalarni va ishtirok etishga bo’lgan huquqlaridan foydalangan holda, bu muammolarni yengib o’tish yo’llarini muhokama etish uchun, platforma sifatida xizmat qildi.

photo_2017-10-12_15-29-39.jpg

“Men uchun Bola Huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning turli tamoyillarini muhokama qilgan sessiya juda ham maroqli kechdi,” – deydi 17 yoshli Farangiz Karayeva. “Endi men o’z smartfonimdan hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda o’z fikr va o’ylarimni turli auditoriyalar bilan o’rtoqlasha olaman. Men istardimki, ko’pchilik tengdoshlarim ham shu kabi o’qib-o’rganish imkoniyatiga ega bo’lsalar hamda ularning ovozlari haqiqatan ham ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetsalar,” – deb [ulosa qiladi Farangiz. 

photo_2017-09-30_18-37-59.jpg

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 232


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar