Toza qo’llar – porloq istiqbollar

Chop etish versiyasi
15 Oktabr 2017

Amudaryo tumani 3-sonli maktab o'quvchilarining tabassum qilishga asoslari bor. Endilikda ularning hamma sinf xonalarida qo’l yuvgichlar bor. Qish oylarida, tashqirida havoning harorati 40 darajagacha sovuq bo’lgan kunlarda qo'llarni yuvish ancha murakkab yumush  edi. Bu yil, 15 oktyabr kuni, oquvchilar va o'qituvchilar Jahon qo'l yuvish kunini birgalikda nishonlashga yig’iladilar. Mazkur kun qo'llarni sovun bilan yuvish kabi oddiy amaliyoti orqali insonlar hayotini saqlab qolish mumkinligini ta’kidlash uchun belgilangan kundir.

2.jpg

Global qo'l yuvish kuni har yili kasalliklarning oldini olish va hayotni saqlab qolishning oson, samarali va arzon usuli sifatida qo'llarni sovunlab yuvishning ahamiyati to’g’risida xabardorlikni oshirish maqsadida nishonlanadi.

Mazkur bayram uchun bu yilgi mavzu - "Bizning qo'llarimiz, bizning kelajagimiz!"  Mazkur xitob qo'llarni yuvish salomatligimizni muhofaza qilish uchu hamda kelajagimiz, hamjamiyatimiz va butun dunyoning kelajagi uchun muhimligini yodga olishimizga yordam beradi.

Jahon miqyosidagi hisob-kitoblarga ko'ra, qo'llarni sovun bilan yuvish ijobiy amaliyoti diareya kasalligiga uchraganlik sababli boshlang’ich sinflar o’quvchilari tomonidan qoldirilgan 272 million o’qish kunlarining va sog’liqni saqlash muassasalarida yuqtirib olinuvchi infektsiyalarning 50 %ning oldini olishi mumkin ekan.

O'zbekistonda UNICEF sanitariya holatini yaxshilash va o'quvchilar va jamoalar, xususan, mamlakatning chekka hududlarida yashovchi aholining to’g’ri gigiena amaliyotini qo'llab-quvvatlash uchun hukumat bilan hamkorlikda ish olib boradi.

"Suv, sanitariya va gigiena asosiy va oddiy masalalar bo’lib ko'rinishi mumkin, ammo ular uzluksiz ta'limning muhim elementlaridir, chunki ular bolalarning sog'lom bo'lishilariga yordam beradi va maktab darslarini qoldirishlarining oldini oladi", - deydi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. "Biz hukumatning bolalar salomatligi, ta'limi va farovonligiga investitsiya qilishga ahd qilganliginidan juda mamnunmiz. Chunki budnay qilish xayrli ish bo’lishi bilan birga O’zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti, tinchligi va farovonligini ta’minlashga qilingan eng yaxshi sarmoyadir",- deya qo'shimcha qildi Sasha Graumann.

IMG_0090.JPG

Tanlangan chekka hududlardagi maktablarda 2015 yili o’tkazilgan so’rovnoma natijalari shuni ko’rsatadiki, o'quvchilarning 40 foizdan kamrog'i kun davomida muayyan vaqtlarda (ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan foydalanganlaridan keyin) qo'llarini yuvishgan, 50 foizdan ortig'i esa qo'l yuvish hayot uchun muhim amaliyot ekanligini aytgan. Ushbu o’quvchilarning 42 foizi gijja kasalliklari bilan kasallangan.

Sovun bilan qo'l yuvishning ahamiyatini bilish bilan uni amalda qo’llash o'rtasidagi tafovutni kamaytirish hamda suv, sanitariya va gigiena sohasidagi arzon va barqaror chora-tadbirlar bolalar salomatligi va rivojlanishiga qay tarzda ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligini namoyish etish maqsadida UNICEF va mamlakat hukumati Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasining chekka hududlaridagi, ja’mi 30 ta umumta’lim maktablarida birgalikda faoliyat olib bormoqdalar.

Ucell telekommunikatsiya operatori tomonidan qo'llab-quvvatlangan tashabbus ushbu maktablardagi sanitariya inshoatlarini yaxshilashga va qo’llarni sovun bilan yuvish ko’rsatkichlarining sezilarli darajada oshishiga erishishga yordam berdi. Ayni paytda, hukumat loyihaning ijobiy natijalarini baholash uchun so'rov o'tkazishni va ushbu yondashuvni boshqa maktablarga tadbiq etish bo'yicha tavsiyalar tayyorlashni rejalashtirmoqda.

0L2A8467.JPG

"Maktab o'quvchilari kunning muhim vaqtlarida qo’llarini sovun bilan yuvishni o’rganishlari bilan bir qatorda ushbu bilimlarni o'z tengdoshlari, oila a’zolari va o’z hamjamiyatlarining maktab muhitidan tashqaridagi a'zolari orasida tarqatishga hissa qo’shishga chorlanadilar", - deydi UNICEF vakolatxonasining “Suv, sanitariya va gigiena” bo'yicha mutaxassisi Hilola Aslanova. "Biz ish olib borayotgan bolalar toza qo'llar ularning porloq istiqbollarga eltishini aniq tushunadilar", - deydi u.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 285


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar