Mening hayotim o’zimning ishtirokimsiz yaxshilanishi mumkinmi?

Chop etish versiyasi
16 Oktabr 2017

Biz Toshkent shaxar Ijtimoiy o‘zaro yordam “Mehribonlik” nogironlar jamiyati a’zosi Nodira Tillayeva bilan suhbatlashdik. Ushbu yosh g‘ayratli ayol inklyuziya va ishtirokning qanchalik katta axamiyatga ega ekanligi xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

21040759_1630266180369501_1742860027_n.jpg

Bizga achinishlarini istamaymiz, biz hamma singari mustaqil yashashni istaymiz

Men asosan 18-35 yoshlardagi imkoniyati cheklangan insonlar bilan ishlovchi tashkilotda faoliyat yuritaman. Ishonch bilan ta’kidlashim mumkinki, ta’lim olish va ishlash imkoniyatlarining cheklanganligi bizni ajratilgan bo’lib his etishimizga sabab bo’ladi. Hech kim nogironligi bor insonni ishga olishni istamaydi. Bu bizning eng katta muammolarimizdan biridir. Nogironligi bo’lgan insonlar ishlarni talab darajisida bajara olmaydi degan tushuncha hali ham mavjud. Bu harakatlanishdagi qiyinchiliklar bilan bog’liq. Ba’zi ota-onalar nogironligi bo’lgan farzandlariga mustaqil bo’lish imkoniyatini bermaydilar, tashqariga chiqish va muloqot qilishga bo’lgan harakatlarimizni qo’llab-quvvatlamaydilar. Ularning ba’zilari o’z ta’limimizni yuqoriroq bosqichda davom ettirishimzga izn bermaydilar va bizni boshqalardan yashirishga harakat qiladilar. Imkoniyati cheklangan yoshlar bilan ishlab, ularga o’zlarini qadrlash va o’z kuchlariga ishonishlarida yordam beradigan ustozlar va ijtimoiy xizmat xodimlari yetishmaydi. Biz uchun omma tomonidan qabul qilinish va ularning yordamiga ega bo’lish juda katta ahamiyatga ega. Birinchidan, bu bizning fikrimiz ham ahamiyatga ega ekanligiga bo’lgan ishonchimiz ortishiga yordam beradi va ikkinchidan, bu bizni bor g’ayratimiz bilan harakat qilishga undaydi. 

Biz uchun qilingan hech bir narsa bizning ishtirokimizsiz bo’lmasin

Ijtimoiy tarmoqlarda nogironligi bo’lgan insonlarning muammolarini yoritishga bir oz harakat qilingan talay maqolalar va murojaatlar mavjud. Bunday maqolalarning ba’zilarini tayyorlashda hissa qo’shishim ham taklif qilingan. Ammo, to’g’risini aytadigan bo’lsam, men his etayotgan narsalarni his etmagan, men qanday yashayotganimni tushunmagan va nimalarni yengib o’tishga majbur bo’lganimni o’z boshidan kechirmagan inson mening manfaatlarimni ilgari surishiga ishonmayman. Bu ayblov emas. Men bor-yo’g’i shuni bilamanki, bunday insonlar hayotini yashab ko’rmagan inson ularni tushuna olmaydi. Shunga ishonchim komilki, ushbu muammoni yechishning eng yaxshi yo’li nogironligi bo’lgan insonlarning hukumatda, qaror qabul qiluvchilar qatorida bo’lishlarini ta’minlashdir. Bu insonlar u yerda faoliyat yuritgan holda o’zlari singari insonlarning manfaatlarini yoqlay oladilar. 

Xayriya – yechim emas

Jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga yordam berishlari lozim bo‘lgan notijorat tashkilotlar mavjud. Ushbu tashkilotlar faoliyatidagi eng katta muammolardan biri shundan iboratki, ular haqiqiy muammolarning yechimni qidirmaydilar, faqat turli xil xayriya tadbirlari uchun homiylar qidirish bilan mashg‘ullar. Bunday tadbirlarga, konsertlar yoki sovg‘a tarqatish marosimlarini misol qilish mumkin. To‘g‘ri, bunday ma’naviy qo‘llab-quvvatlash biz kabi imkoniyati cheklangan insonlarni ruxan tiklashga yordam beradi, ammo bunday ma’naviy ozuqa bilan to‘la-to‘kis yashab bo‘lmaydiku?! Dori-darmon, kundalik oziq-ovqat ehtiyojlari, maishiy va boshqa ehtiyojlar moddiy daromadga bog‘liqligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Biz ta’lim olish imkoniyatlari qulayroq bo‘lishini, onlayn o‘quv kurslari kabilar joriy etilishini, ayniqsa ishga joylashishda yordam olishni va o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlash hamda kundalik hayotimizda hech kimga muxtoj bo‘lmasdan yashashda davom etishimizga yordam beruvchi mukammal psixologik ko‘mak olishni afzal ko‘ramiz. Masalan, xayriya tadbirlarini o‘tkazish bilan birga hunar o‘rganish va ishga joylash to’g’risida  qonun yaratilib, uning ijrosi ta’minlansa talabga javob bo‘ladi deb hisoblaymiz. Shundagina jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning boshqalarga qarata moddiy va jismoniy yordam olishga extiyoji qoplanib, natijada o‘z-o‘zini moddiy ta’minlashga, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga erisha oladilar.

Bizning jismoniy holatimiz emas, salohiyatimizga ishonchning yo’qligi o’zimizni nogiron inson sifatida his etishimizga majbur qiladi

Nogironligi bo’lgan insonlar aqlli bo’lishlari mumkin emasligi va ularga mas’uliyatli vazifalarni topshirib bo’lmasligi bilan bog’liq noto’g’ri tushunchalar keng tarqalgan. Ammo, haqiqatga nazar soladigan bo’lsak, bunday insonlarning salohiyati ochilmaganligicha qolmoqda, chunki ularga hech qanday imkoniyat berilmagan. Agar biz har qanday sohada, jumladan, hukumatda ham ishlash imkoniga ega bo’lganimizda edi, ishonchim komilki, ulkan o’zgarishlar ro’y bergan bo’lar edi. Bu narsa yaqinda ro’y beradi va barchamiz haqiqiy salohiyatimizni bilib olamiz deb umid qilmoqdamiz.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 291


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar