O'zbekistonda perinatal xizmatlar kơrsatish uchun xarajatlar qanchaga tushadi? Sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEF perinatal xizmatlar uchun sarflanadigan xarajatlar hajmini aniqlash maqsadida izlanishlar olib bormoqdalar

Chop etish versiyasi
24 Oktabr 2017
Press-reliz
4 4 Fotosuratlar

ТОSHKENT, 24 Оktabr 2017 yil – Sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEF 2017 yilning iyun-iyul  oylarida Xorazm va Surxandaryo viloyatlarida milliy va xalqaro  ekspertlar tomonidan ơtkazilgan tadqiqotlar natijalarini taqdim  etish uchun seminar ơtkazdi.

Mazkur tadqiqot byudjetni rejalashtirishni yaxshilash maqsadida, turli xildagi muassasalarda kơrsatilayotgan perinatal xizmatlar uchun xarajatlarni hisob-kitob qilishga qaratilga edi. Yig’ilgan ma'lumotlarga kơra,  UNICEF  ekspertlari umumiy va batafsil xarajatlar bơyicha hisob-kitoblarni aks ettiruvchi hisobotni va kơrsatilayotgan perinatal xizmatlar sifatini kafolatlashga qaratilgan byudjetlashni  yanada  yaxshilash bơyicha tavsiyalarni taqdim qildilar.

Ushbu tadqiqot Ơzbekistonda perinatal xizmat kơrsatishga sarflanadigan amaldagi va normativ xarajatlar bơyicha sarf-xarajatlarni ilk marotaba baholash imkonini beradi.  Normativ xarajat muayan yơriqnomalar asosida amalga oshirilgan xizmatlar uchun xarajatlarni belgilaydi, amalda zarur bơlgan xizmatlar uchun xarajatlarni ơzida aks  ettiradi. Bunday tahlil keng qamrovli ma'lumotlar tơplash, ishonarli vosita va metodologiyalar asosida bajariladi.

“Ushbu baholash shifoxonalarni moliyalashtirish tizimini har bir joy asosida  emas, balki ma'lum bir holat uchun perinatal parvarishlash tizimiga ơtishga turtki bơlsa, u holda sifatliroq va adolatliroq  xizmatlar kơrsatish ta'minlanadi,” deb ta'kidladi Atul Kumar, UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari ơrinbosari vazifasini ijro etuvchi. “Ơzgaritirilgan tizim mablag’larni eng kơp talab  etilgan joylarga yơnaltirish imkonini yaratadi, va shu asnoda shifoxonalarning samaradorliligini oshirishga xizmat qiladi,” deb qơshimcha qildi u.

UNICEF  ekspertlari hisobotning moliyalashtirish xarajatlarini hisoblash bơyicha yakuniy  natijalarini taqdim  etdilar. Ular Sog’liqni saqlash vazirligi va Moliya  vazirligi ekspertlarining semnar davomida bildirgan fikr-mulohazalariga asoslangan holda hisobotning  yakuniy variantini tayorlaydilar. 

################################

UNICEF haqida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz.

UNICEF va uning faoliyati to’g’risida to’liq ma’lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring hamda yangilikalarni Twitter va  Facebookdagi UNICEF Uzbekistan sahifamizda kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Faxriddin Nizamov, Sog’liqni saqlash bo’limi rahbari v.b.
Telefon: + 998 93 399 05 57
El. pochta: fnizamov@unicef.org

Nargiza Egamberdieva, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
Telefon: + 998 93 380 34 19
El. pochta: negamberdieva@unicef.org
Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 172


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar