O'zbekiston bolalari oldini olish mumkin bo'lgan kasalliklardan himoyalangan: O'zbekiston qizamiq va qizilchadan holi mamlakati deb tan olindi

Chop etish versiyasi
08 Noyabr 2017
Press-reliz
3 3 Fotosuratlar

TOSHKENT, 2017 yil 7 noyabr – O'zbekiston Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan qizamiq va qizilcha kasalliklarini bartaraf etgan mamlakat sifatida tan olindi. Mamlakat 2014 yilning yanvar oyidan 2016 yilning dekabrigacha bo’lgan davr ichida ushbu kasalliklarni bartaraf etishga erishdi.

JSSTning qizamiq va qizilcha bartaraf etilganini tasdiqlovchi Evropa mintaqaviy komissiyasining ta’kidlashicha, bu holat butun Evropa mintaqasida qizamiq va qizilcha kasalligini bartaraf etish maqsadiga erishishga sezilarli darajada hissa qo'shadi.

2007 yilda O'zbekiston Milliy emlash taqvimiga qizamiq, tepki va qizilcha (QTQ)ga qarshi vaksinani kiritildi. 12 oyligida va 6 yoshiga bolani QTQga qarshi emlash ushbu kasalliklarga nisbatan umrbod immunitetni shakllantiradi.

Mamlakat bo’yicha QTQga qarshi emlash ko’rsatkichlari yuqori bo’lib, bunda qamrov birinchi emlashda 99.5% ni va qayta emlashda 99.7% ni tashkil etadi (2016). 

Yuqumli kasalliklar bolalar salomatligiga tahdid soladigan asosiy xavflardan biri hisoblanadi. Shu bois Sog’liqni saqlash vazirligi oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklarga qarshi emlash, ularning oldini olish va tugatishga qaratilgan Milliy emlash dasturini amalga oshirish bo’yicha qator choralar ko’rmoqda.

“14 yoshgacha bo'lgan bolalar O'zbekiston aholisining 27 foizini tashkil qiladi.  Emlash biz tomondan kelajak avlodlar uchun sog’liqni saqlash sohasida qila oladigan eng muvaffaqiyatli va moliyaviy tomondan samarali sarmoyalardan biridir,”- deb ta’kidladi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Milliy emlash taqvimi bo’yicha umumiy qamrovini ta'minlash uchun Hukumat, xalqaro hamkorlar va mahalliy jamoalar bilan birgalikda ishlashni davom ettiramiz,” - deb qo’shimcha qildi u.

UNICEF O'zbekiston hukumatiga yangi vaksinalarni kiritish va sotib olish, ularning sifatli saqlanishi uchun sovuq zanjir tizimini yanada yaxshilash, vaksinalarni xarid qilishda mustaqil moliyalashtirishga erishish va emlashga bo'lgan talabni doimiy ravishda oshirishda ko’mak berib kelmoqda.

So'nggi o'n yillikda O'zbekiston vaksinalarni sotib olishni barqaror va mustaqil ravishda moliyalashtirishga o'tdi. 2010 yilda respublikaga olib kelingan vaksinalarning 90 foizi davlat byudjeti hisobidan sotib olindi. 2020 yilga kelib, mamlakat barcha vaksinalarni faqat o’z hisobidan sotib olishni rejalashtirmoqda.

################################

UNICEF haqida

O‘z faoliyat orqali UNICEF har bir bolaning huquqi va farovonligi ta’minlanishiga harakat qiladi. Ushbu mas’uliyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz o‘z hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va dunyodagi barcha bolalarning manfaatlari yo‘lida harakat qilar ekanmiz, ehtimoliy zararlarga eng ta’sirchan bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan bolalarga alohida e’tibor qaratamiz.

UNICEF va uning faoliyati to’g’risida to’liq ma’lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring hamda yangilikalarni Twitter va  Facebookdagi UNICEF Uzbekistan sahifamizda kuzatib boring.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Nargiza Fuzailova, emlash masalalari bo’yicha maslahatchi
Telefon: + 998 93 505 97 92
El. pochta: nfuzailova@unicef.org

Nargiza Egamberdieva, jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
Telefon: + 998 93 380 34 19
El. pochta: negamberdieva@unicef.org

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 183


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar