Ijtimoiy himoya bo’yicha xodimlarni tayyorlash – alohida e’tiborga muhtoj bolalar farovonligini ta'minlash uchun zarur qadam: Milliy universitetda ijtimoiy xizmat xodimlarini tayyorlash bo’yicha yangi bo'lim ochiladi

Chop etish versiyasi
17 Noyabr 2017
Press-reliz
4 4 Fotosuratlar

TOSHKENT, 2017 yil, 17 noyabr - Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida BMT Bolalar jamg'armasi (UNICEF) ko'magida "O'zbekistonning ijtimoiy himoya tizimida ijtimoiy ish" mavzusida konferensiya o'tkazildi. Mazkur anjuman Ijtimoiy fanlar fakultetida "Ijtimoiy is" yangi bo'limining ochilishiga bag'ishlangan.

"Kafedraning ochilishi  ijtimoiy ishni O'zbekistonda professional faoliyat, o’qitiladigan fan va ilmiy yo'nalish sifatida yanada rivojlantirishdagi muhim qadamdir", - deydi O'zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov. "Bu oliy ta'lim sifatini oshirish, ijtimoiy ish amaliyoti va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi dolzarb talablarga javob beradi."

Konferensiya qatnashchilari bolalarni himoya qilish tizimida ijtimoiy ishlarning ahamiyatiga alohida e'tibor qaratdilar. Bolalar muassasalari, vasiylik va homiylik organlari, tibbiy va ijtimoiy muassasalardagi ijtimoiy xodimlarning vazifalari bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

"Xalqaro ilg'or amaliyotlar shuni ko'rsatadiki, ijtimoiy himoyalash sektori faqatgina ijtimoiy ish kasb sifatida rivojlanganda va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarning muammolarini hal qilishda ijtimoiy ishchilar jalb etilganda samarali bo'lishi mumkin", dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. "Ko'pgina mamlakatlarda ijtimoiy xodimlar bolalarni oilalardan ajratishning oldini olish, kam ta'minlangan oilalarga ko'mak berish, har bir bolaning oila muhitida tarbiyalanish huquqlarini ta'minlashda  va zo'ravonlik,  kamsitish va beparvolikning oldini olishda muhim rol o'ynaydilar. Ishonchim komilki, bu kabi tajriba O'zbekiston uchun ham foydali bo'ladi," ded qo’shimcha qildi u.

Konferensiya natijalariga ko'ra, Milliy universitetning o'quv dasturiga kiritish uchun eng samarali xalqaro amaliyotlar taklif etiladi. Davlat organlari vakillari, Respublika xotin-qizlar qo'mitasi, Samarqand va Farg'ona davlat universitetlari, Bosh prokuratura, shuningdek, nodavlat va notijorat tashkilotlari vakillari aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, xususan, ijtimoiy sohadagi malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun, iltimos, murojaat qiling:

Nodira Latipova, O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, Sotsiologiya kafedrasi dotsenti.

Telefon: 998 90 - 318 31 21

Elektron pochta:  nodira.l@mail.ru

Furqat Lutfulloev, UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasining "Bolalar himoyasi" dasturi rahbari

Telefon: 988 93 – 500 06 15

Elektron pochta: flutfulloev@unicef.org

 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 206


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar