Nozik va kuchli Liliya haqida hikoya

Chop etish versiyasi
17 Noyabr 2017

17 noyabr - Xalqaro erta tug'ilgan bolalar kuni bo’lib, u xabardorlikni oshirish va muddatidan ilgari tug'ilgan bolalar va ularning oilalariga e'tibor berish uchun har yili butun dunyoda nishonlanadi. Erta tug'iligan bolalarni parvarish qilishda ham professional tibbiy yordam ko'rsatish, ham ota-onalarga va barcha oila a'zolarining g'amxo'rligi juda muhimdir.

Bugun biz Kamila Fatixova va uning qizi Liliya haqida hikoya qilamiz. Kamila bunday bolalarning ota-onalari va yaqinlari umidini yo'qotmasliklari va chaqaloqlarining omon qolishlari va baxtiyorligi uchun kurashishga ilhomlantirish maqsadidda o'z tajribasini o’rtoqlashishni istadi.

Liliya 31 hafta homiladorlik davridan so'ng, 930 gramm va 39 sm bo'y bilan tug'ildi. Shunday bo'ldiki, u kutilgan vaqtdan ancha oldin dunyoga keldi. 

Photo Lila 1.jpg

Homiladorlikning deyarli butun davri muammosiz kechdi, mening ahvolim juda yaxshi edi, hech narsa bezovta qilmadi, shifokorlarning fikriga ko'ra bola yaxshi rivojlanayotgan edi. Biroq, homiladorlikning yettinchi oyiga yaqinlashganda, oyoqlarim shisha boshladi. Biz bunga unchalik ham e'tibor bermadik, chunki men uchun barcha narsa odatdagiday kechar va hech narsa bezovta qilmas edi. Bir kuni ahvolim kutilmaganda yomonlashib, pre-eklampsiya boshlandi. Bu bola va onaning hayotiga tahdid soluvchi jiddiy holat hisoblanadi.

Perinatal markazning tajribali mutaxassislari ko'rigi ostida bo'lsam ham, men qizimni belgilangan vaqtda tug'amanmi, yoki farzandim kutilgan vaqtdan erta tug'ilarmikan degan hayollarga borar edim. Shifokorlar aytganidek, qattiq shishish va yuqori qon bosimi tufayli mustaqil tug'a olmas edim.  Shifokorlar favqulodda kesarevo kesish amaliyotini qo'llashga majbur bo'ldilar. Shunday qilib, qizaloq’imiz dunyoga keldi.

Tug'ruqdan keyingi ilk haftalar mening hayotimda eng qiyin damlar bo'lgan. O'sha kunlarni eslasam, har doim ko'zlarimga yoshr keladi. Liliya 10 kun davomida intensiv nazorat ostida bo’ldi. Uni issiqda saqlash uchun inkubatorga joylashdi. Shifokorlar muntazzam ravishda uning qon bosimini, yurak urishini, nafas olishi va tana haroratini kuzatib turishdi.  Liliya o’zi nafas ololmagani bois ventilyator qo’llanildi. Qizim emishga kuchi etarli bo’lgandagina uni ko’krak suti bilan oziqlantira boshladim.

Men Liliyaninh omon qolishiga yordam bergan va menga umid bag’ishlagan shifokorlar va hamshiralardan minnatdorman. Turmush o’rtog’im, onam va singlim doim dalda bo'lib yonimda bo'lganlari ham menga kuch berdi.

Nihoyat, intensive tibbiy muolajalardan keyin Liliyani menga berishdi. Biz shifokorlarning barcha tavsiyalariga rioya qildik, kenguru, ya’ni ota-onalar tana issiqligini farzandlariga berish uslubini qo’lladik. Farzandimizni shifokorlarning tavsiyalariga ko’ra parvarish qildik.

Kunlardan birida perinatal markazdagi xonam derazasidan chiroyli pushti ko'ylak kiygan kichkinagina qizni ko'rgan daqiqam hamon yodimda. U endigina yurishni o’rganayotgan bo’lib, tez-tez yiqilar, biroq darhol o’rnidan turib, yana mustaqil qadam bosishga harakat qilar edi. Shunda men ham o’zimni qo’lga olib, o’z farzandimning ilk qadam qo’yishini ko’rish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga ahd qildim.

«Men ota bo’lganimdan behad shod bo’ldim,» - deydi Aleksandr, mening turmush o’rtog’im. «Liliya atigi 930 gramm vazn bilan tug’ilgan bo’lsa-da, o’shandayoq u o’z hayoti uchun kurashuvchi ajoyib va kuchli qiz ekanligi ayon edi. Yodimda, uni darhol inkubatorga yotqizdilar. Tajribali shifokorlar bizga dalda bo’lib turishdi, va biz hamma narsa yahshi bo’lishiga ishonar edik. Men shu kabi vaziyatda bo’lgan ota-onalarga shifokorlarga ishonishlarini, taslim bo’lmasdan farzandlarini yahshi parvarish qilishlarini maslahat bergan bo’lar edim.»

Shifoxonada 55 kun bo’lib, uyga qaytdik. Bu paytga kelib Liliyaning vazni 1,800 grammga etgan, o’zi bemalol nafas olar edi. Men esa bolamni ko’krak suti bilan boqishdan mamnun edim. 

DSC_0012.jpg

Hozirgi kunda farzandimiz bir yosh va besh oylik bo’ldi. U o’z tengdoshlaridan hech ham farq qilmaydi, va o’sha pushti ko’ylakdagi qizcha kabi, o’zi mustaqil qadam bosmoqda. Biz farzandimizning har bir yangi kunini va u erishgan barcha yutuqlarni ko’rib juda shodlanamiz!

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 216


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar