O’zbekiston bolalar va yoshlar ovozlariga quloq tutib Jahon bolalar kunini nishonlamoqda

Chop etish versiyasi
20 Noyabr 2017

Qoraqalpog’istonlik 13-yoshar Ramuzada O’zbekistonning barcha hududlaridan kelgan do’stlari bilan katta ishtiyoq bilan gaplashmoqda. U Qoraqalpog’istondagi nogironligi bo’lgan bolalarning kundalik hayotidagi muammolarni hal etishdagi tajribasini boshqalar bilan o’rtoqlashmoqda. U do’stlari bilan nogironligi bo’lgan bolalar uchun tengqurlar klubini tashkil etish g’oyasini muhokama qilmoqda. Ushbu klub bolalarga o’z muammolarini muhokama qilish va boshqalar tajribasidan foydalanish imkonini beradi.

Ramuzada Parlament deputatlari va boshqa qaror qabul qiluvchi shaxslar bilan uchrashib, bolalar hayotiga taalluqli masalalar bo’yicha fikrlarini bildirish uchun Toshkentda yig’ilgan Yosh avlod kengashining a’zolaridan biridir.

photo_2017-11-20_14-44-39.jpg

UNICEF har yilning 20 noyabr sanasida Jahon bolalar kunini nishonlaydi. 1989 yilning aynan shu kunida Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya qabul qilingan. Bugungi kunga kelib, bu tarixda eng keng ratifikatsiya qilingan inson huquqlari bo'yicha bitim sanaladi.

Bu kunda bolalar uchun erishilgan eng muhim yutuqlar sarhisob qilinadi hamda yana qilinishi zarur bo’lgan ishlar rejalashtiriladi.

Bu yilgi Jahon bolalar kunining asosiy mavzisi bolalar va yoshlarning ularga tegishli bo'lgan barcha masalalar yuzasidan o'z fikrlarini bildirish huquqidir. Bolalar va yoshlar eng muhtoj bolalar haqida xabardorlikni oshirish va ularning huquqlarini qanday amalga oshirish mumkinligini muhokama qilish uchun ommaviy axborot vositalari, siyosat, biznes, sport, maktablar, musiqa va ko'ngilochar tadbirlarida ishtirok etadilar.

“Ishtirok etish inson huquqidir. Bu bolalarga kattalar tomonidan berilgan sovg'a yoki imtiyoz emas. Bu barcha bolalarning, hususan jamiyatning eng zaif qatlamlariga tegishli bo'lgan bolalarning o'z fikrini erkin ifoda etish huquqidir", dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. "Biroq ba'zi bolalar va yoshlar o'z huquqlarini faol ravishda ilgari surib, o'zgarishlarni amalga oshirishni boshlayotgan bir vaqtda ko'p bolalarning ovozlari eshitilmay qolmoqda."

Qaror qabul qiluvchi shaxslar bilan bolalar va yoshlarning muloqoti

Oliy Majlisning Quyi palatasida jamoalarda qaror qabul qilishdagi yoshlarning ishtirokiga oid tavsiyalar berish maqsadida davra suhbati bo’lib o’tdi. Yosh avlod kengashi a’zolari o’z viloyatlaridagi masalalarni hal etish bo’yicha to’plagan tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. O’zlari erishgan yutuq va yuz tutgan qiyinchiliklari to’g’risida gapirib, qanday qilib bolalar va yoshlarning ishtirokini qaror qabul qilishning barcha darajalarida kuchaytirish mumkinligi to’g’risida tavsiyalar berdilar.

“Bolalar va yoshlarning huquqlarini kafolatlash huquqiy yoki ma’naviy mas’uliyatni nazarda tutibgina qolmay, balki iqtisodiy, ijtimoiy siyosat masalalarini va oqibatda davlat tomonidan ajratiladigan moliyaviy mablag’larni ham nazarda tutdai”, deb ta’kidladi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Ulg’ayib borayotgan va kelasi o’n yilda ishchi kuchiga aylanadigan ulkan bolalar aholisiga ega bo’lgan O’zbekiston muhim demografik bosqichda turibdi. Hozirda munosib sarmoyalar kiritilsa, soni ortib borayotgan yoshlar aholisi O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning navbatdagi bosqichiga olib chiqadigan avlod bo’la oladi.”

photo_2017-11-20_14-44-22.jpg

Shu kuni yoshlar vakillari Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz bilan Bolalar va yoshlar masalalari bo’yicha ombudsman to’g’risidagi qonun loyihasini muhokama qildilar. O’z viloyatlarida tengqurlari bilan o’tkazilgan qator maslahatlashuvlarga asoslanib, Yosh avlod kengashi a’zolari qay yo’sinda mazkur qonun loyihasi ularning fikr-mulohazalarini o’zida mujassam eta olishi mumkinligi to’g’risida qarashlarini bildirdilar.

“Bolalar va yoshlar masalalari bo’yicha ombudsmanning tashkil etilishi Bola huquqlari bo’yicha qo’mitaning muhim tavsiyalaridan birini amalga oshirish bilan cheklanib qolmay, balki bolalar farovonligini ta’minlash dasturlarini yaxshiroq bajarilishiga; bolalar huquqlari amalga oshirilishini nazorat qilishga; hamda bolalar va yoshlarning ishtirokini kuchaytirishga imkon beradi,” dedi Bolala va oilalarni qo’llab-quvvatlash assotsiatsiyasi raisi Inqilob Yusupova.

Shu kunning o’zida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi da yoshlar bilan interaktiv muloqot bo’lib o’tdi. Yosh avlod kengashi a’zolari qaror qabul qiluvchi kishilar bilan qanday qilib bolalar va yoshlar mamlakat rivojiga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’sha olishlariga oid fikr almashdilar.

Ushbu tadbirlar Bolalar va oilalarni qo’llab-quvvatlash assotsiatsiyasi, Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz va Parlament tomonidan tashkil qilindi. UNICEF yosh o’g’il-qizlarning qaror qabul qilishdagi ishtiroklarini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni qo’llab-quvvatladi.

Muhokamalar natijasi O’zbekistonning yoshlarga oid siyosatini yanada mustahkamlashga o’z hissasini qo’shadi.

Bolalar va yoshlar OAVda

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bolalar tomonidan va bolalar uchun tayyorlangan ilk telemarafonni tashkil etdi. 20 noyabr kuni MY5 telekanalida efirga uzatiladigan telemarafon bolalar o'z tengdoshlari, qaror qabul qiluvchi mas’ul shaxslar, taniqli arboblar va mashhur insonlar bilan bolalar farovonligiga oid muhim masalalarni muhokama qildilar. Yoshlar fikrlarini bildirib, o'z huquqlarini qanday qilib yanada ilgari surish imkoniaytalrai bo'yicha takliflar kiritdilar.

Bolalar va yoshlar xususiy sector bilan muloqotda

UNICEF supermarketlar tarmog'i bo'lmish  korzinka.uz bilan hamkorlikda bir guruh yoshlar, jumladan nogiron bolalar uchun tadbir o'tkazdi. Supermarketlardan birida tashkil etilgan ekskursiyadan so'ng, bolalar mazkur tashkilotning yuqori darajali boshqaruvchilari bilan uchrashuvda do'konlarda bolalar uchun qanday qulayliklar yaratilishi mumkinligi haqida o'z fikrlarini bayon qildilar.

“Korzinka.uz supermarketlarimizdan biriga va ofisimizga tashrif buyurgan bolalar bilan uchrashishdan xursand bo'ldik. Jamoamiz ishi haqida ularning fikrlarini eshitish qiziq bo'ldi," dedi tijorat direktori Alisher Xoshimov. "Bolalar bizning ishimizni yaxshilash uchun juda foydali tavsiyalar berdilar, ularning ba'zilari esa biz uchun kutilmagan bo’ldi. Biz bolalarni tinglash va ularning fikrlarini hurmat qilish zarurligini yana bir bor angladik.”

1.jpg

UNICEF va uning hamkori - Ucell mobil operatori ham bu sohaga qiziqqan bolalar va yoshlar bilan interaktiv muloqotni tashkil etishdi. Yoshlar Ucell kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bo'yicha ma'lumot oldilar va kompaniyaning mamlakat bolalari uchun qanday qilib ko'proq foyda keltirishi mumkinligi haqida o'z fikrlarini bildirdilar.

“Farzandlarimiz - bizning kelajagimiz. Shuning uchun yosh avlodning farovonligini ta'minlash bizning asosiy vazifamizdir. Farovonlik deganda farzandlarimizning jismoniy holati, atrof-muhit, ularning o'sishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar, onlayn xavfsizlikni hamda ma'naviy va hissiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlashni, tinglash va tushunish imkoniyatini nazarda tutaman,“ dedi Tonu Gryunberg, Ucell bosh direktori. “Shu bois biz butun dunyodagi bolalar ovozini ta'kidlaydigan UNICEF tashabbusining bir qismi bo'lishdan mamnunmiz. Bu rivojlanish va taraqqiyotning muhim tarkibiy qismidir. Biz doimo bolalar, ularning intilishlari, umidlari va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlayotlashga tayyormiz va bundan mamnunmiz“.

DSC_8481.JPG


Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 236


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar