Hayotni o'zgartishga qodir bo'lgan tajriba - sog'liqni saqlash asoslaridan ko'ra ko'proq bilimga ega bo'lish

Chop etish versiyasi
01 Dekabr 2017

 Abdullaning hikoyasi. 15 yosh, Samarkand viloyati

(Bolaning ismi unining shaxsini himoya qilish maqsadida o'zgartirilgan),

 Mening ota-onam OIV bilan kasallangan. Onam tirik, lekin otam vafot etgan. Tug'ilganimdan beri xastaman va kasalxonalarda ko'p davolanganman.

Bir yil avval buvim meni OIV bilan yashayotgan bolalar va ularning oilalari uchun kunduzgi yordam markaziga olib keldilar. Ko'p o'tmay, men OIVga chalinganligim haqida xabardor qilishdi. Avvaliga juda yomon ahvolga tushdim. Tez orada otam singari vafot etaman degan hayolga bordim.

Biroq UNICEF ko’magida faoliyat yuritayotgan Markaz sababli o'zimni qo'lga olishga muvaffaq bo'dim. UNICEF tomonidan Toshkentda tashkil etilgan treningda ham ishtirok etishga muyassar bo'ldim. Bu tadbir OIV bilan yashayotganlar uchun sog'liqni saqlash va qo'llab-quvvatlash asoslariga bag'ishlangan edi. Ushbu tajriba ko'p narsalarga boshqacha nazar solishimga turtki bo’ldi.

OIV holatim haqida xabardorligim foydali ekanini tushunaman. Men sog'ligim haqida qayg'uraman. Mening holatim buvimga yordam berishimga to'sqinlik qilmaydi. Men oilamizda buvimga barcha yumushlarda ko'mak beruvchi yagona farzandman.

Boshqa bolalar singari men ham maktab o'quvchisiman. Tarix va geografiya fanlariga qiziqaman. Men o'qishni yaxshi ko'raman. Texnikaga qiziqaman. Men mashinist yoki temir yo'l poezdlarida kuzatuvchi bo'lishga qaror qildim. Dastlab temir yo'l kolleji, keyin esa, ehtimol, Jizzax shahridagi universitetga kirish istagim bor.

Kunduzgi yordam markazi tomonidan biz uchun Nurota va Sidariyaga ekskurslar tashkil etildi va men bu safardan katta zavq oldim. Men temir yo’lda ishkaganimda ko'proq sayohat qilish imkoniga ega bo'laman.

Qishlog'imizda sport markazi mavjud bo'lib, barcha mahallalardagi ko'plab bolalar u yerda sport bilan shug'ullanishadi. Muay Tay (tailand boksi) bo'yicha mintaqaviy musobaqalarda ishtirok etib, uchinchi o'rin va bronza medalni qo'lga kiritdim. Muay Tay menga sog'liq va kuch bag'ishlaydi.

Sport markazida ko'p do'stlarim bor. Endi men kunduzgi yordam markazida ham do'stlar orttirdim. Ammo men ushbu markazga har oyda bir marta tashrif buyuraman, chunki Samarqanddan 40 kilometr narida yashayman va bu erga sayohat qilish men uchun qimmatdir. Men buvimga Markazga tashrifim qanchalik muhimligini tushuntirishga harakat qilaman va umid qilamanki, bu Markazga tez-tez tashrif buyurishga buvim ruxsat beradilar. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 242


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar