OITS bilan yashovchi bolalarga yangi hayot boshlashda ko'maklashish

Chop etish versiyasi
01 Dekabr 2017

(Hikoya qilingan insonlarning shaxsiy hayotini himoya qilish uchun ismlar o'zgartirildi)

"Bu farishta tomonidan berilgan hadyadir," - deydi 13 yoshli Feruza, qo'llaridagi rangli origami gulini ko'rsatib. So'ngra u kulib shunday qo'shimcha qildi: "Aslida mening yangi do'stlarimdan biri qilgan hadya bu, lekin bu hadya aynan men uchun ekanligini bilganda  juda xursand bo'ldim".

Bu yorug’ va shinamgina xonada bir-birlari bilan quvnoq suhbatlashayotgan boshqa bolalar ham bor. Ularning har biri, Farg'ona shahrida o’tkazilayotgan trening mashg'ulotlarining  bir qismi sifatida o'zlari yasagan o'xshash "farishtalar sovg'alari" ni qo'llarida ushlab turibdilar. Treningning ushbu maxsus sessiyasi o’zaro tanishish uchun ko'zda tutilgan bo'lib, bu, o'z navbatida, har bir kishi uchun, ayniqsa OIV bilan yashayotgan o'smirlar uchun o'zaro qo'llab-quvvatlash va g'amxo'rlik muhimligini eslatadi.

"Sog'liqni saqlash va qo'llab-quvvatlash asoslari" deb nomlangan uch kunlik tadbirga O'zbekistonning quyidagi uch viloyatidan - Farg'ona, Namangan va Andijondan tashrif buyurgan 30 nafar OIV bilan yashayotgan o'smirlarni jalb etadi. Bu UNICEF tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda OIV bilan yashayotgan o'smirlarni qo'llab-quvvatlash va ularning ota-onalari bilan muntazam ravishda o'tkaziladigan tadbirlardan biridir.

Tadbir davomida, bolalar OIV va OITS haqida, shuningdek, sog'lom turmush tarzi va ijobiy yondashuvni shakllantirishga oid muhim ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Interaktiv sessiyalar, o'yinlar va bahs-munozaralar orqali ular to'g'ri tibbiy yordam olish va to'g'ri ovqatlanishning muhimligini o'rganadilar. Mutaxassislar ularga chekish va giyohvand moddalarga berilish bilan bog'liq xavflarni, shuningdek sog'lom turmush tarzi va gigienaning roli haqida ma'lumotlar beradilar.

UNICEFning ko'ngillilari murabbiysi Lazokat Nurmuhamedova ba'zi mashg'ulotlarni olib boradi. "Bir necha yillardan buyon amalga oshirib kelinayotgan treningning asosiy maqsadi bolalarga OIV bilan ijobiy hayot kechirishni o'rgatishdir," deydi Lazokat. "Treningga jalb qilingan bolalarning aksariyati o'z holatlarini biladilar va virus bilan yashashlari kerakligini tushunadilar. Ammo ularning aksariyati dori- darmon vositalarini doimiy ravishda qabul qilmaydilar va biz buning muhimligini ularga tushuntirishga harakat qilyapmiz," deydi u.

DSC_8837.jpg

Lazokat huddi bugungi ishtirokchilar kabi avval o'zlari seminarlarda qatnashgan bir guruh yosh murabbiylar bilan birgalikda ish olib boradi. Boshqa OIV bilan yashayotgan bolalar va o'smirlarni rol modellari sifatida ilhomlantiradigan tengdosh murabbiyalarni tayorlash seminarning yana bir maqsadidir. Shuning uchun ushbu tadbir, ko’ngillilar faoliyati va ko'nikmalarga bag'ishlangan maxsus sessiyalarni o'z ichiga oladi.

Bugungi kunda ta'lim olayotgan barcha o'smirlar, o'z hudularida joylashgan kunduzgi yordam markazlarida o'z tengdoshlariga murabbiylik qilib, bu yerda olgan bilim va ko'nikmalari bilan  o'rtoqlashadilar. Bunday markazlar UNICEF va Sog'liqni saqlash vazirligi hamkorligida O'zbekistonning olti shahrida tashkil etilgan bo'lib, mamlakatning boshqa hududlarida ham shu kabi markazlar yaratilishi ko'zda tutilgan. Bugungi kunda bolalar va ota-onalar OIV bilan og'rigan bolalarga yangi hayot boshlashga yordam berishda tengdoshlararo muloqot uslubini samarali deb topdilar.

DSC_8562.jpg

Treninglar ota-onalarni jalb qilmasdan samarali bo'lmas edi. Shu sababli ishtirokchilarning ota-onalari uchun parallel sessiyalar o'tkazilib, ularda ota-onalar o'z farzandlariga talab etiladigan ko'mak va g'amxo'rlik ko'rsatish ko'nikmalari haqida ma'lumot oladilar.   

Farg'ona viloyati OITS Markazining bolalar shifokori va trener Xurshida Mahmudova ota-onalarga farzandlarini zaif immun tizimiga ega bo'lgan odamlarga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan OIV bilan bog'liq keng tarqalgan infektsiyalardan himoya qilish usullari haqida maslahat berdi. "Ular OIV uzoq, baxtli va to'aqonli hayot kechirishga to’sqinlik qilmasligini tushunishlari  zarur," deydi Xurshida. "Ota-onalarga OIV bilan yashashga yordam beruvchi to'g'ri tibbiy davolanish va dori-darmonlar haqida maslahat beramiz. Bu juda muhim, chunki ko'pchilik bu haqida yetarli darajada bilimga ega emas va ular ko'pincha tavsiya etilgan dori-darmonlarni e'tiborsiz qoldirib, hayotlarini xavf ostiga qo'yiadilar».

OIV haqida asosiy bilimlarning yetarli darajada emasligi ota-onalar uchun katta muammo bo'lib qolmoqda, ammo Feruzaning onasi Madina uchun, trening o'zining va qizining ruhiy holatiga samarali ta'siri sababli ham juda muhimdir. "Yoshlar va ota-onalar uchun tashkillashtirilgan ushbu treningda birinchi bor qatnashmoqdaman. Bu menga uzoq va qo’rqinchli stress davridan keyin o'zimni o'nglab olishim uchun katta yordam bo'ldi," deydi u.

Lazokat bolalar uchun mashg'ulotlarni o'tkazayotgan bir vaqtda doim bir narsaga e'tiborini qaratadi. "Uch kun davomida bolalarning o'zgarishi ajoyibdir. Ularning munosabati butunlay o'zgaradi. Ular sessiyalarga ilk tashriflari chog'ida juda uyatchan va juda kamgap bo'ladilar. Ammo endi, uch kundan so'ng ular ochiq, faol va o'zlariga ishonch bilan mashg'ulotlarda qatnashadilar. Bu biz erishmoqchi bo'lgan asosiy maqsaddir," deydi Lazokat.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 199


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar