Bolalar raqamli dunyoda. Foyda va xavf. Tayyorlik – xavfsizlik kaliti.

Chop etish versiyasi
12 Dekabr 2017

“Yaxshimi yoki yomonmi, raqamli texnologiyalar bizning hayotimizning ajralmas qismidir,” – deb ta’kidladi UNICEFning ijrochi direktori Entoni Leyk. “Raqamli dunyo bizning oldimizga ikki tomonlama vazifani qo’yadi: har bir bola uchun internetning foydasini maksimal darajada oshirish va shu bilan birga uning salbiy ta'sirini kamaytirish.”

Bir tomondan, raqamli texnologiyalarni faqatgina foydali yoki faqatgina zararli deyish mumkin emas. Ijtimoiy eng zaif bolalar axborotga ega bo’lish, raqamli ishchi joyidan foydalanish ko’nikmalarini egallash, shunuingek muloqot va fikr almashish uchun platformaga ega bo’lishdan katta foyda ko’rishlari mumkin. 

Photo 5.jpg

Shu bilan birga internet bolalarni turli xavflarga yo’liqtirishga va himoyasiz qolishlariga sabab bo’lishi mumkin. Biroq ta’qiq bu kabi masalalrni hal etmaydi.

Quyida ota-onalar va maktablar, shunungdek bolalarning o’zi oddiy ehtiyot cjoralarini ko’rgan holda himoya darajasini oshirishlari uchun qo’l keladigan tavsiyalar keltiriladi.

1233.jpg
Manba: www.unicef.org

Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, onlayn xavfiga duch kelganida o’smirlarning ko’pchiligi ota-onalariga (48%) yoki o’qituvchilarga (19%) emas o’z tengqur do’stlariga (54%) murojaat qilishadi. Shuningdek, o’g’il bolalarga (33%) nisbatan o’smir qizlar (78%) zo'ravonlik yoki jinsiy xarakterdagi turli tahdidlar yoki xabarlarga ehtiyotlik bilan qaraydilar. 58% qizlar onlayn tahdid to’g’risida ota-onalariga aytishlari mumkinligini bildirishgan. O’g’il bolalar orasida bu ko’rsatkich atigi 38% ni tashkil etadi.

Photo 3.jpg

Shu bois bolalar va yoshlar onlayn tahdidi bo’lganida o’zini qanday tutishi to’g’risidagi ma’lumotlarni mustaqil ola bilishlari lozim. Shuningdek, onlayn tahdidi va qo’rqitish bo’lganida yoki uchrashuvga taklif olganlarida ularning atrofida qanday harakat qilish to’g’risida to’g’ri ma’lumot bera oladigan kishilar bo’lishi kerak.

Hisobotning rus tilidagi qisqacha matni bilan bizning saytimizda tanishishingiz mumkin.

Xavfsizlikda bo’ling.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 2057


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar