O'zbekistonda bolalarni so’roq qilish uchun Ichki ishlar vazirligida ilk maxsus xona tashkil etildi: Tergov jarayonida bolalar ruhiy shikastlanishini kamaytirish

Chop etish versiyasi
16 Yanvar 2018

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida jinoyat guvohlari yoki jabrlanuvchilar bo’lgan bolalarni tergov jarayonlarida himoya qilishni kuchaytirish maqsadida ilk bor ular uchun maxsus so’rov xonasini ochish marosimi bo’lib o’tdi. 

0L2A1792.JPG

Mazkur xonada bolalarning yoshi va ruhiy holatini hisobga olgan holda ularni qo’rqitmaydigan xavfsiz muhit yaratilgan. Maxsus xona ilg’or xalqaro tajribalarga asoslangan holda UNICEF ko’magida tashkil etildi.

"Biz sud jarayonida ishtirok etayotgan bolalar o’zlarini yo’qotib qo’yishlari yoki ruhan qiynalishlariga yo'l qo'ya olmaymiz,"- dedi O'zbekiston ichki ishlar vazirining o'rinbosari Akromxon Boboxonov. “Shu bois, tergov jarayonida ishtirok etayotgan bolalarni himoya qilish chora-tadbirlarini ta’minlash uchun, shuningdek jinoyat guvohlari va jabrlanuvchilar bo’lgan bolalarni so'roq qilishda ishtirok etgan tergovchilar bolalarga do’stona munosabat tamoyillarini kundalik amaliyotda qo'llashlari uchun harakat qilamiz."

Tergov jarayoni davrida bolalarni himoya qilish muhitini yaratish, xususan, ruhiy bosimni kamaytirish maqsadida, bolalarni so’roq qilish xonasi zamonaviy video va audio vositalari bilan jihozlangan. Bu so’roqlarni qayta-qayta o’tkazmaslikka, tergov jarayonida audio-video yozuvlardan dalil sifatida foydalanishga imkon beradi.  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jinoyat guvohlari va jabrlanuvchilar bo'lgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi. 

0L2A1789.JPG

"Jinoyat natijasidagi ruhiy jarohatlar bolalarga jiddiy ta'sir ko'rsatib, ularning o'sishi va rivojlanishida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin,"- dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Sudgacha va sud jarayoni bosqichlarida jinoyat guvohi yoki jabrlanuvchi bo'lgan bolalarni himoya qilish choralarini ko'rilish juda muhimdir. Bu ularning normal hayotga imkon qadar tezroq qaytishlariga yordam beradi."   

0L2A1889.jpg

"Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun UNICEF O'zbekistondagi barcha huquqni muhofaza qilish idoralari bilan kelgusida hamkorlik qilishga tayyor,"- deya qo’shimcha qildi janob Graumann.

Bolalarni himoya qilish bo'yicha maxsus chora-tadbirlar bolalarga taalluqli xalqaro adliya standartlariga muvofiqligini ta'minlash maqsadida UNICEF Inchi ishlar vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Vazirlikdagi bolalar uchun maxsus so'roq xonasining ochilishi O’zbekiston Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi zamonaviy tergov usullari bo'yicha 2898-sonli qarorida belgilangan talablarga ham mos keladi. 

0L2A1874.jpg

Ichki ishlar vazirligi va UNICEF qonunchilik bazasini mustahkamlash, jumladan jabrlangan va jinoyat guvohlari bo'lgan bolalarga nisbatan huquqiy kafolatlarning maxsus choralarini kuchaytirish maqsadida hamkorlikni davom ettiradi. Kelajakdagi rejalar Ichki ishlar vazirligi tergovchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, metodik qo'llanmalar va materiallarni ishlab chiqish hamda vazirlikning viloyat bo'linmalarida bolalar uchun so'rov o'tkazish xonalarini tashkil qilinishini ko'zda tutadi.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 573


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar