Yoshlar masalalariga e'tibor O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim qadamdir

Chop etish versiyasi
25 Yanvar 2018

O'zbekistondagi bolalar va yoshlar oldida turgan muammolar va xavf-xatarlarni anglash ularning farovonligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'lib, uzoq muddatga mo'ljallangan siyosatni takomillashtirishda katta rol o'ynaydi.  Bu UNICEF tomonidan milliy va xalqaro hamkorlar ishtirokidagi yirik konferentsiyasida ta’kidlandi.

5 youth conference.jpg

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yoshlar bilan muloqot: muammo va echimlar" konferensiyasida so'zga chiqqan UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann hukumatning mamlakatdagi yoshlarni himoya qilish va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan faol chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarini olqishladi va yoshlar siyosatini mustahkamlash bo'yicha tavsiyalar berdi.

"O'zbekiston aholisining uchdan bir qismini 18 yoshgacha bo'lganlar tashkil etadi. Ular keyingi 20 yil ichida mamlakatning eng salohiyatli ishchi kuchiga aylanadi", deb ta’kidladi Sasha Graumann. "Bugungi kun bolalari va yoshlari ko'plab global muammolar va xavf-xatarlarga duch kelmoqdalar, va bunday vaziyatda kattalar ularning farovonligini ta'minlash va huquqlarini himoya qilish uchun bu kabi muammo va xatarlarni tushunishlari va ularning yechimini toppish uchun choralar ko'rishlari zarur.”

"Ular duch kelayotgan xatar va qiyinchiliklarni anglash nafaqat ularning farovonligini ta'minlashda, balki uzoq istiqbolda yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan va O'zbekistonni keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'taradigan siyosatini ishlab chiqishda muhim rol o'ynaydi. UNICEF O'zbekiston hukumatining barcha darajalarda amalga oshirib kelayotgan yoshlar siyosatini  faol qo'llab-quvvatlaydi”.

Xalqaro tajribaga asoslangan holda, UNICEF yoshlar siyosatini quyidagi yo'nalishlarda takomillashtirishni tavsiya qiladi: bolalarning erta rivojlanishi, sifatli ta'limni ta'minlash, hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish,  ommaviy axborot vositalari orqali salbiy tushunchalarga qarshi kurashish va ijobiy ijtimoiy xulqni kuchaytirish, aholini va bolalarni ijtimoiy himoya qilishning kompleks tizimini yaratish, balog'atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov tizimini barpo etish; qaror qabul qilishda yoshlarning ishtirokini qo'llab-quvvatlash hamda yoshlar uz kelayotgan muammo va xatarlarni hisobga olish.

1 Sascha Graumann.jpg

"Prezident Mirziyoyev o’zining qator nutq va farmonlarida yoshlar hayotiga oid masalalarga alohida e'tibor qaratdi va ularni himoya qilish va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan faol choralar ko'rishga chaqirdi", - dedi janob Graumann. "UNICEF Yoshlar Ittifoqi bilan dolzarb muammolar bo'yicha yaqin hamkorlikda faoliyat yuritishdan  va  mamlakatda millionlab bolalar va yoshlar uchun porloq kelajakni ta'minlash harakatlarida faol ishtirok etishdan juda mamnundir."

2 Sascha Graumann.jpg

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 971


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar