UNICEF bolalarni raqamli dunyo ta'siridan himoya qilish uchun shoshilinch choralar ko'rishga chaqiradi

Chop etish versiyasi
06 Fevral 2018

Raqamli texnologiya dunyoni o'zgartirib yubordi. Bola elektron dunyoga chuqurroq kirgani sari, uning bolaligi shunchalik o'zgara boradi. Global miqyosda, 175 mingdan ziyod bola, ya'ni har yarim soniyada bir bola, har kuni ilk bora internet tarmog'iga birinchi bor kiradi.

Tezlik bilan o'zgarib borayotgan raqamli dunyoda, internet sarhadlari bolalar uchun odatiy o'yinlar o'rnini bosib,   o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishdagi vosita sifatida qaralishi mumkin. Biroq, raqamli dunyo jadal ravishda ajratuvchi chiziqqa aylanib bormoqda. Raqamli texnologiyalar salohiyatlaridan unumli foydalanish imkoniyatlariga ega bo'lgan bolalar soni tobora kamayib bormoqda.

UN040853.jpg

Elektron dunyo imkoniyatlari bolalarga ko'plab imkoniyatlar yaratishi bilan birga, zararli axborotlarni tarqatish, jinsiy ekspluatatsiya va kiberzo'ravonlik hamda shaxsiy ma'lumotlarni salbiy yo’lda ishlatish kabi ko'plab xavfli va zararli omillarni yuzaga keltiradi.

Texnologiyalar ham bolalarga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar xavfga ko'proq ta'sirchan bo'lib, shaxsiy ma'lumotlarni yo'qotish shulardan biridir. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining bolalar salomatligi va farovonligiga salbiy  ta'siri jamoatchilikni tashvishga solayotgan masalalardan biridir.

Dunyo niqyosida internet foydalanuvchilarning uchtadan bittasi boladir. Ularni elektron dunyo xatarlaridan himoya qilish, ularga tegishli axborotning xavfsizligini ta'minlash, sifatli va ijobiy elektron kontentdan foydalanish imkoniyatlarinin oshirish uchun juda oz choralar ko'rilmoqda. Bolalarni raqamli dunyoda himoya qilish uchun barcha - davlat organlari, xususiy sektor, fuqarolik jamiyati, oilalar va maktablar mas’uldir.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yilda O'zbekistondagi mobil aloqa abonentlarining soni 1,4 millionga oshdi. Mamlakatdagi mobil abonentlarning umumiy soni hozirgi kunda 22,8 millionni tashkil etmoqda. So'nggi besh yil mobaynida mamlakatdagi mobil aloqa abonentlarining soni taxminan o'n foizga oshgani kuzatildi.

UNICEF davlat organlari, fuqarolik jamiyati, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro bolalar tashkilotlarni, va eng muhimi, xususiy sektorni bolalar manfaatlarini bolalar masalasini raqamli siyosat borasidagi kun tartibining markaziga qo’yishga va bu borada hamkorlik qilishga chaqiradi. Xususiy sektor va hukumat tomonidan bolalarning shaxsiy ma'lumotlarini noto'g'ri ishlatish va ularning xavfsizligini ta'minlashga asosiy e'tibor berilishi zarur.

UN0139562.jpg

Internet vositalaridan foydalanishda bolalarning xabardorligini oshirish, ular bilan ishlash va xavfsizligini ta'minlash juda muhimdir. Adolatli foydalanish imkoniyatlari va raqamli savodxonlik orqali bunday maqsadlarning samaradorligini oshirsh mumkin. Bu davlat organlari va texnologiyalar yaratuvchi kompaniyalar  o'rtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari platformalari va o'quv dasturlarini o'rta maktabdan boshlab o'qitish uslublarini rivojlantirish bo'yicha ko'proq o'zaro hamkorlik tashabbuslarini talab qiladi.

Internet xizmatlaridan foydalanayotgan bolalar sonining tobora oshib borishi, ularning internet tizimidagi xavfsizligini ta'minlash va ularning shaxsiy elektron ma'lumotlarining maxfiyligini kafolatlashga oid jiddiy munozaralarga ehtiyoj dolzarb bo'lib bormoqda.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 195


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar