O'zbekistondagi maxsus ta'lim muassasalarida qizlarning holatini yaxshilashga qaratilgan Harakat dasturi bo'yicha UNICEF bayonoti

Chop etish versiyasi
13 Fevral 2018

TOSHKENT, 2018 yil 13 fevral - UNICEF O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan davlat organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar va UNICEF bilan hamkorlikda tayyorlagan qizlar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida ta’lim, tarbiya va reintegratsiyani yaxshilashga qaratilgan Idoralaro harakat dasturi qabul qilinganini qutlaydi.

"Shunisi maqnovga sazovorki, 2018 yil 4 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Hukumat tomonidan qabul qilingan 10-11-01 sonli Harakat dasturi ixtisoslashgan ta'lim muassasalaridagi qizlarning holatini yaxshilashni, har bir qizning individual holatini baholashni, shuningdek individual reabilitatsiya rejalarini ishlab chiqish uchun tegishli davlat idoralari chora-tadbirlar ko’rishlarini talab qiladi,” - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.

"Qizlar bilan ishlashda ijtimoiy ish amaliyotlarini qo’llash hamda ularning ehtiyojlari va vaziyatlariga javob berish juda muhimdir. Maxsus chora-tadbirlar qizlarning oilalariga va jamiyatga reintegratsiyasiga yordam berishini Harakat dasturi ta’minlaydi. Bu BMT Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasining ozodlikdan mahrum etilgan bolalarning holatiga doir 2013 yilda O'zbekistonga bergan tavsiyalarini, shuningdek qizlar va yoush ayollar orasida jinoyatchilikning oldini olish to’g’risidagi O’zbekiston milliy siyosatini bajarish bo'yicha hukumat tomonidan qo'yilgan muhim qadamdir."

O’zbekistonda voyaga etmagan huquqbuzarlar uchun to’rtta ixtisoslashgan ta’lim muassasasi mavjud. Ulardan ikkitasi 11-14 yoshli va 14-18 yoshli qizlarga mo’ljallangan. Mazkur muassasalar faoliyati bolalarni jinoyatchilikdan qaytarish, ta'limni takomillashtirish va ularni professional kasb-hunar bilan ta'minlashga qaratilgan.

2017 yil sentabr oyida UNICEF va Bosh prokuratura vakillari muassasalarga tashrif buyurishgan edi. Shundan keyin UNICEF Xotin-qizlar qo’mitasiga va boshqa tegishli idoralarga ixtisoslashgan ta’lim muassasalaridagi qizlarning ahvolini yaxshilash uchun texnik ko’mak ko’rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

UNICEF xalqaro standartlarga muvofiq ravishda hamda huquqbuzarlik qilish xavfi bo’lgan bolalar bilan ishlash bo’yicha boshqa malakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanib, Harakat dasturini amalga oshirish uchun O’zbekiston hukumatiga texnik yordam ko’rsatishga tayyor ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 948


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar