UNICEF - Nogironligi bo’lgan shaxslar masalalarini ommaviy axborot vositalarida yoritishni kengaytirish ularga nisbatan stigma bilan kurashishda muhimdir

Chop etish versiyasi
16 Fevral 2018

Nogironligi bo’lgan shaxslar, xususan bolalar masalalarini ommaviy axborot vositalari (OAV) tomonidan yoritishning sifat darajasini oshirish bu insonlarga nisbatan stigmaga qarshi kurashda, shuningdek ularning jamiyat hayotiga to'liq qo'shilishi va faol ishtirokini ta'minlashda muhim o'rin tutadi, deb ta'kidladi bugun UNICEF OAV rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvda.

O'zbekistonning ko’zga ko’ringan OAVning rahbarlari, jurnalistlari va blogerlari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining vakillari qo’shma media reja ishlab chiqish hamda OAVda nogironligi bo’lgan insonlar masalalarini yoritish qamrovini kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun 16 fevral kuni UNICEF tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida qatnashdilar.

DSC_5397.JPG

Ishtirokchilar mazkur masalani etik jihatdan yoritishni takomillashtirish imkoniyatlarini va nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident farmonining asosiy yo'nalishlarini muhokama qildilar.

“Ommaviy axborot vositalari turli masalalar bo'yicha to'g'ri munosabatlarni shakllantirish, jamoatchilikka ma'lumot yetkazish va nogironlar, ayniqsa bolalar haqida salbiy tasavvurlarga qarshi turishda muhim rol o'ynaydi ", - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakili Sascha Graumann.

DSC_5377.JPG

“Nogironligi bo’lgan shaxslar, xususan, bolalarga taalluqli bo'lgan masalalarni rostmana va etik jihatdan to'g'ri etkazib berishda OAVning ishtirokini oshirish barcha darajalardagi qaror qabul qiluvchilarning va amoatchilikkning e’tiborini mazkur masalalrga qaratishi, ularga nogironligi bo’lgan bolalar faqatgina xayriya ob’ektlari emas, balki huquq egalari ekanliklarini etkazishi mumkin.

“Nogironligi bo’lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat dasturi va tegishli qonunlarning bajarilishida bu insonlarning muammolari hal etilishini ta’minlash maqsadida UNICEFF O'zbekiston Hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladi.”

“Nogiroligi bo’lgan bolalar ko'pincha oilalari va jamiyatdan ajratib qo'yiladilar,” deb qo'shimcha qildi janob Graumann.

Davlat statistika qo'mitasining rasmiy ma'lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda 16 yoshgacha bo'lgan 84 ming 900 nafar bola nogironligi bo’lgan insonlar sifatida ro’yxatiga kiritilgan.

14636 nafar bola aqliy va jismoniy nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda o’z oilalaridan va jamiyatidan uzoqda yashaydi. Maxsus muassasalarda yashovchi barcha bolalarning taxminan 90 foizi nogironligi bo’lgan bolalardir.

“Stiqma va tushunmaslik nogironlarning, ayniqsa bolalarning huquqlarini to'liq ro'yobga chiqarishdagi to'siqlardir.” - dedi BMTning Nogironlarligi bo’lgan insonlar masalalari bo'yicha qo'shma dasturi rahbari Yana Chicherina.

DSC_5438.JPG

“Nogironligi bo’lgan odamlarni, ayniqsa, bolalarni jamiyatning faol ishtirokchilari sifatida ko'rsatish ular uchun qulay muhit va ijobiy munosabatni ta’minlashga, ularning o'z huquqlarini amalga oshirishlarida mavjud bo'lgan to'siqlarni bartaraf etishga yordam berishi mumkin.”

UNICEF O'zbekiston Hukumati bilan nogironlarligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash uchun Davlat dasturi va tegishli qonunlar ijrosini ta’minlash borasida yaqindan hamkorlik qilmoqda deb qo’shimcha qildi Chicherina xonim.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 1130


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar