UNICEF O'zbekistonda o’qituvchilar faoliyati sohasidagi siyosatni ishlab chiqish bo'yicha seminar o'tkazmoqda

Chop etish versiyasi
08 Fevral 2018

Hamma uchun sifatli ta'limni ta’minlashda o'qituvchi qanday rol o'ynaydi? O’qituvchi kasbiga eng yaxshi nomzodlarni qanday jalb qilish, ularni tayyorlash va rag’batlantirish mumkin? O'qituvchilar sifatli o'qitishlari va o’rgatishlari uchun ulardagi yaxshi yo’lboshcilik va nazorat ko’nikmalarini qanday qilib rivojlantirish mumkin? UNICEF tomonidan O'zbekistonda o’qituvchilar faoliyati sohasidagi siyosatni ishlab chiqish bo’yicha o’tkazilgan seminarda boshqa masalalr qatorida ushbu asosiy savollar muhokama qilindi.

DSC_4623.jpg

2018 yil 6-8 fevralda bo’lib o’tgan seminarda turli vazirliklarning, jumladan, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Moliya vazirligi, akademik muassasalarning 30 nafar vakillari ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy vazifalari O'zbekistonda pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'yicha qonunchilikni tahlil qilish nataijalarini muhokama qilish va o’qituvchilarni tayyorlash bo’yicha siyosatni ishlab chiqishdan iborat bo’ldi. Qaysi omillar yaxshi o’qituvchini shakllantiradi, ularga qanday ko’mak zarur degan savollar muhokama qilingan asososiy mavzular qatorida bo’ldi.

DSC_4718.jpg 

"UNICEF O'zbekiston Hukumati bilan birgalikda mamlakatdagi barcha bolalar uchun ta'lim sifatini oshirish, shuningdek  2020 yilga qadar milliy sifatly ta’lim tizimini ilgari suradigan ta'lim sohasidagi siyosatni qayta ko'rib chiqish borasida hamkorlik qilmoqda,”- dedi  UNCEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi ta'lim bo'limi rahbari Dipa Shankar. “Tez o’zgaruvchan dunyo o’qituvhilar hamda talabalar uchun yuqori talablar qo’yadigan bir paytda o'qituvchilar ta'lim tizimining yaragi bo’lib qolaveradilar. Siyosat o'qituvchilar malakasini oshirish, ko’nikmalarini rivojlantirish hamda o’qituvchilar bilim bazasini takomillashtirishga qaratilishi muhimdir.”

DSC_4592.jpg

Ishtirokchilar O'zbekistonning ta'lim sohasidagi joriy siyosatni tahlil qilishning asosiy natijalari bilan tanishdilar, kamchiliklar va to'siqlarni muhokama qildilar hamda eng yaxshi xalqaro tajriba asosida o’qitish borasidagi siyosatni ishlab chiqish bo'yicha umumiy maqsadlar, ustuvor yo'nalishlar va loyihalar haqida kelishib oldilar. Seminar yakunida o'qitish sohasidagi siyosat borasidagi dastlabki loyiha ishlab chiqildi va ishtirokchilar ushbu jarayonni yakunlash bo'yicha keyingi qadamlar haqida kelishib oldilar.

DSC_4714.jpg

Yangi texnologiyalar va zamonaviy rivojlanish o'qitish sohasini o'zgartirayotgani, ham o'qituvchilarga, ham o'quvchilarga yangi talablar qo'yayotgani sababli  munozaralar zamonaviy bilim va malakaga ega bo'lgan yuqori malakali pedagogic kadrlarni tayyorlash masalalariga qaratildi. O'qituvchilarni o'z ishlarini yuqori darajada bajarishga rag'batlantirish, kasbni jozibador istiqbolli mutaxassislikka aylantirish va dolzarb ehtiyojlar asosida o'qituvchilarni doimiy qo'llab-quvvatlash masalalari ham va ta'minlash tizimini ta'minlash masalalari ham muhokama qilindi.

"Hukumat ta'lim tizimiga katta e'tibor bermoqda,"- dedi seminarda qatnashgan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilish boshqarmasi boshlig’i Kamol G'afurov. “O'zbekistonda o'qituvchilarni tayyorlash tizimini tartibga solish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda biz xodimlarni masofadan o'qitish uchun imkoniyatlarni joriy etish ustida ish olib bormoqdamiz. Ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha alohida chora-tadbirlar ko'rildi va bu ustuvor yo'nalishlardandir. Shu bois, xalqaro tajribadan o'rganish va ushbu tajribani O'zbekiston sharoitiga qanday moslashtirish mumkinligini ko'rib chiqish juda foydali bo'ladi."

DSC_4583.jpg

UNICEF O'zbekistondagi barcha bolalar uchun ta'lim sifatini yaxshilashga ko’mak beradigan o'qituvchilarni tayyorlash sohasidagi siyosatni ishlab chiqishda Hukumat bilan yaqindan hamkorlik qilishni davom ettiradi.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 478


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar