Qiz bolalar qodirlar: ixtiro qiling va yangiliklar yarating

Chop etish versiyasi
08 Mart 2018

Farg’ona viloyati Dang’ara tumanida yashovchi 21 yoshdagi Zulayxo odamlar dalada qo’l bilan o’toq qilish uchun kun bo’yi issiqda mehnat qilishlarini ko’p kuzatar edi. Bu hol uni dalalarni begona o’tlardan tozalaydigan va fermer xo’jaliklar hosildorligini oshiradigan mashina ixtiro qilishga rag’batlantirdi.

Bu g’oya Prezident Mirziyoyev e’tiboriga tushdi, u Zulayxo va boshqa yosh olimlar bilan uchrashuvda bu mashinaning prototipini “Madadkor” deb nomladi.

“Bizning Dang’arada dalalar bisyor va u yerdagi aksariyat odamlar tirikchiliklarini fermerlik orqali amalga oshiradilar. Shu sababdan men ularni dalada qo’l bilan o’toq qilish uchun kun bo’yi issiqda mehnat qilishlarini ko’p kuzatar edim,”- deydi Zulayxo.

“Oxirgi paytlarda begona o’tlar paxta dalalari hosildorligining pasayishiga olib kelmoqda edi va men bu odamlarga yordam berish yo’lini axtarish bilan qizidim. Shu sababdan men dalalarni begona o’tlardan tozalaydigan va hosildorlikni 20-30%ga oshiradigan mashinaning chizmalarini tayyorladim. Bu hozir albata nazariyada, ammo tez kunlarda amaliy natijalarni ko’ra olamiz.”

111.jpg

Zulayxo “Madadkor” deb nom olgan o’toq mashinasining chizmalarini va prototipini ishlab chiqdi va o’z ixtirosi bilan ko’pgina tanlov va anjumanlarda ishtirok etdi.

U o’z mashinasiga patent rasmiylashtirdi va prezidentga uning Farg’ona viloyati yoshlarining faollari bilan uchrashuvi davrida o’z ixtirosi to’g’risida so’zlab berdi. Prezident ushbu mashinani “Madadkor” deb nomlashni taklif etdi, shuningdek aslida ham ushbu uskuna kutilgan natijalarni bera olishini ko’rish uchun, Yoshlar ittifoqiga uning dastlabki sinov versiyasining ishlab chiqarilishini moliyalashtirishni topshirdi.

“Hozirda ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi davom etmoqda”, - deydi Zulayho hayajonlanib.

333.jpg

Zulayxo oddiy oilada voyaga yetdi. Uning otasi maktabda fizika fanidan o’qituvchi, onasi esa uy bekasi. Aynan otasi uni bolaligidanoq fan bilan shug’ullanishga rag’batlantirdi va ham o’g’lining, ham qizining oliy ma’lumotli bo’lishiga harakat qildi.

“Onam mendan bu narsalar senga nima uchun kerak deb, doim so’raydilar,”-deydi Zulayxo kulib.”Nima uchun men bir tanlovdan boshqasiga ko’chib o’tib yurishdan ko’ra, boshqa qizlar kabi turmushga chiqa olmayman va tinchgina oila hayotida yashamayman?”

222.jpg

“Agar men o’g’il bola bo’lganimda hayotim, ravshanki, osonroq kechardi. Birinchidan ixtiro qilgan modellarimni yonimda olib yurish uchun birovdan yordam so’ramas edim, ular og’irgina. Ikkinchidan, safarga chiqishim ham bir muncha yengil bo’lardi, chunki qiz bola bo’lganim uchun, menga yolg’iz safarga chiqishga ruxsat berishmaydi. Shu sababdan ham, agar boshqa shahar yokn mamlakatlardagi anjumanlarda ishtirok etishni istasam, doimo onamdan menga hamroh bo’lishlarini so’rashga to’g’ri keladi.”

“Jamiyatimizdagi o’g’il bolalarga xos bo’lgani kabi, menga ham o’rnimdan sakrab turib, qayerga borish kerak bo’lsa, o’sha yerga borishim osonroq bo’lar edi albatta. Ammo, davlat darajasidagi ishtirok nuqtai-nazaridan qaraydigan bo’lsak, barcha sharoiltlar yaratib qo’yilgan, qizlar yanada faolroq bo’lishga, uy xo’jaligining o’zi bilan cheklanib qolmaslikka da’vat etiladi.”

Zulayxo o’z tengdoshlari yoki yoshroq qizlarga ularni quvvatlovchi namuna bo’lib xizmat qilishdan mamnun bo’lgan bo’lar edi.

“Qanday hayot yo’lini tanlamang, u o’zingizga va qiziqishingizga bog’liqdir,”- deydi Zulayxo. “Ota-onalar o’z farzandlariga ishonishlari zarur va ularga cheklovlar qo’ygandan ko’ra, ularni aqliy va kasbiy o’sib-ulg’ayishlarini rag’batlantirishlari kerak”.


Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 1099


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar