Qizlar qodirlar: yo’l tanlang va yutuqqa erishing

Chop etish versiyasi
08 Mart 2018

Omina va Muazzamxon “Technovation” nomli tanlov doirasida xavfli vaziyatga tushib qolgan bolalar uchun yordamga chaqirish mobil ilovasini ishlab chiqqanlaridan keyin ularga AQShga tashrif buyurish imkoniyati taqdim etildi.

DSC_0054.JPG

Ilovada bolalar va ularning ota-onalari uchun interfeys mavjud bo’lib, bola biron xavfli vaziyatga tushib qolsa, u SOS tugmasini bosib, ota-onasi telefoniga matn yuborishi, o’zining qaerda ekanligini ma’lum qilishi mumkin.

“Technovation” tashabbusi ijtimoiy masalalarni hal etishda texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan ta’lim tadbiri bo’lib, qizlar o’z bilim va mahoratlarini sinashlari uchum imkoniyat bo’ldi.

“Onam meni qo’llab-quvvatlaganlari sababli menga omad kulib boqqan,” – deydi 18 yoshli Muazzamxon.  “Bu juda ham muhim omildir, zero ota-onalarning ilhomlantirishi, quvvatlab turishi hamda o’z farzandlarining qobiliyatiga ishonishi haqiqatan ham ularning hayotlariga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin.”

DSC_0064.JPG

Axborot texnologiyalarini o’rganishni  istayatgam Omina stereotiplarga qaramasdan O’zbekistondagi ayollar fanda yutuqlarga erisha olishlarini isbotlash mumkinligiga ishonadi. 

“O’qimishli bo’lish faqatgina yaxshi umr yo’ldoshi topish uchun zarur degan qarashlar noto’g’ridir. O’g’il bolalar ham, qizlar ham ta’limga qilinadigan investitsiyalarga bir xilda loyiqdirlar,” – deydi ishonch bilan Omina.

Muazzamxon, tibbiyot sohasidagi talaba uning fikriga qo’shiladi: “Ko’pchilikning fikricha AT ko’proq erkaklarga xosdir, ammo fikr yuritishi boshqacha bo’lgan ayollar o’zgacha istiqbollarni ko’rishi hamda antiqa yechimlarni topishga yordam berishlari mumkin.”

«Technovation» tanlovida ishtirok etishdan avval, ikkala qizning ham AT sohasida hech qanday tajribasi yo’q edi. Ularning aytishicha, ATda ularga yoqadigan narsa shuki – axborot texnologiyalari har qanday boshqa sohaga bog’liq bo’lishi mumkin, shu sabab qizlarning ikkovi ham qiziqarli natijalarga erishish maqsadida ular uchun qiziqarli bo#lgan ikki sohani birlashtirishga qaror qildilar.

“Hamisha yodignizda bo’lsin, agar biron-bir qiz bola ko’chma ma’noda o’z joyidan qimir etmay o’tirganidan ko’ra, imkoni yetgan darajada balandlarga sakray olishga jur’at etmaganida edi, bizning bugungi kun hayotimizni osonlashtiradigan ko’pgina ixtirolar bo’lmagan hamda bizga g’urur baxsh etadigan ko’pgina yutuqlarga erishmagan bo’lar edik,”-deydi Omina.

DSC_0071.JPG

“Biz barchamiz insonmiz. Biz tanlov uchun teng imkoniyat va teng huquqga egamiz. Qizlar rag’batlantirilsa va qo’llab-quvvatlansa, ular abbatta ulkan yutuqlarga erishishga qodirlar.”

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 713


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar