Fotosessiya maxsus muassasalardagi qizlarga o’zlariga bo’lgan ishonchni orttirishga yordam beradi

Chop etish versiyasi
05 Aprel 2018

Farg’ona viloyati Qo’qon shahar maxsus engil sanoat kasb-hunar kollejidagi 200 dan ortiq qizlar maxsus terapiyaning bir qismi bo’lgan fotosessiyada ishtirok etdilar. Ushbu tadbir O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va BMT Bolalar jamg’armasi (UNICEF) tomonidan amalga oshirilayotgan qo’shma loyihaning bir qismidir. 

DSC_0003.JPG

Uch kun davom etgan fotosessiya qizlarning reabilitatsiyasi va jamiyatga qayta integratsiyasiga ko’maklashishga, shuningdek ularning ta’lim va tarbiya olish jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan. Tez kunlarda kollejda qizlarning portretlaridan iborat bo’lgan fotoko’rgazma tashkil etish ham rejalashtirilgan. Har bir fotosurat alohida qizning orzulari, tashvishlari va boshqa fikr-mulohazalari aks topgan matn bilan izohlanadi.

DSC_0057.JPG

“Bu qizlar o’zlariga bo’lgan ishonch hamda o’z olilalarida ololmagan e’tibor va mehrga muhtojlar,”- deydi kollej direktori Rano Yuldasheva. “Qizlarimizning hammasi ham go’zal. Fotosessiyada ularning go’zalligi yanada yorqin namoyon bo’ldi,” - deb ta’kidlaydi u.

Mazkur muassasada mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan, ijtimoiy kelib chiqishlari turlicha bo’lgan qizlar o’qib tarbiya oladilar. Ularning ba’zilarini ota-onalari tashlab ketgan, ba’zilari zo’ravonlikdan jabr ko’rgan, yana ba’zilari uydan qochib ketgan, ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lmagan.

“Biz muayyan tartib asosida yashaymiz,” - deydi qizlardan biri Anora*. “Shuning uchun ham bu uch kun bizga bayramdek bo’ldi. Ko’p qizlardan sur’atga tushganlaridan keyin ‘men chiroyli ekanmanku’ deganlarini eshitidim”, - deydi u.

DSC_0046.JPG

Keyingi rejalarda har bir qizning holati bo’yicha individual baholashni amalga oshirish, malakali ruhiy va ijtimoiy ko’mak berish hamda ularning jamiyatga qayta integratsiyasi uchun individual rejalarni ishlab chiqib, tadbiq etish nazarda tutilgan. O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, mutasaddi davlat idoralari, nodavlat-notijorat tashkilotlar va UNICEF tomonidan Chora-tadbirlar dasturi asosida bir qator tadbirlar amalga oshiriladi.

“Fotosessiyalarni o’tkazishda qizlardan biri menga yordam berdi,” - deydi fotosuratchi Yevgeniy Sorochin. “U o’z tengdoshlariga nima qilish kerakligini tushuntirib, eng yaxshi holatlarni maslahat berib turdi. Men uning ijodiy yondashuvi va go’zallikni ko’ra olish qobiliyatidan hayratga tushdim,” - deb ta’kidlaydi u.

DSC_0194.JPG

Keyingi qadamlar sifatida, Xotin-qizlar qo’mitasi va UNICEF yo’piq turdagi muassasalarda ta’lim olayotgan qizlarning holatini yaxshilash, reabilitatsiya va jamiyatga qayta integratsiya jarayonlarini kuchaytirish hamda mutasaddi idoralar va mutaxassislarning himoyaga muhtoj bo’lgan bolalar bilan ishlash salohiyatlarini oshirish bo’yicha o’z tavsiyalarini taqdim etadilar.

____

*Shaxsiy sabablarga ko’ra ismi o’zgartirilgan

UNICEFning O’zbekistondagi faoliyatini  Facebook, Twitter va Instagram da kuzatib boring. 


Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 1620


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar