O'zbekiston bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish uchun yangi vaksinani tadbiq etmoqda

Chop etish versiyasi
24 Aprel 2018

Ơzbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi JSST va UNICEF kơmagida bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish va bu kasallikning Ơzbekistonda tarqalishiga yơl qơymaslik maqsadida yangi vaksinani tadbiq etdi. 4 oylik bolalarga qilinadigan inaktivlashtirilgan poliomiyelit vaksinasi (IPV) ushbu kasallikni dunyo miqyosida tơxtatishga xizmat qiladi. Endilikda u Ơzbekistonning emlash dasturiga kiritildi.

4 First shot of IPV.JPG

“IPVning joriy etilishi mamlakatimizda poliomiyelitga qarshi kurash borasida erishilgan salmoqli progressning natijasidir,” - deb ta'kidladi Ơzbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. “Bu dunyoni ushbu dahshatli kasallikdan xoli qilish tomon yana bir qadam qơyganligimizni va hamma uchun ushbu virusdan eng yaxshi himoyani ta'minlab berayotganimizni bildiradi.”

Hozirga qadar butun dunyoda poliomiyelitni bartaraf etish uchun olib borilayotgan harakatlar og’izga tomchi orqali qilinadigan poliomiyelit vaksinasi (OPV) vositasida amalga oshirilar edi. Mazkur amaliyot virusning bir insondan boshqasiga ơtishiga yơl qơymaslik xislati tufayli dunyoda poliomiyelit bilan kasallanish holatlarini 99 foizdan ziyodga kamaytirishga yordam berdi. OPVning bir nechta dozasiga bitta IPV dozasini qơshish virusni tơxtatish va bolalarni himoya qilishning eng samarali uslubidir.

Rasmiy ma'lumotlariga kơra, Ơzbekistonda milliy immunizasiya kalendariga asosan bolalarning 99 foizdan ziyodi hayotga xavf soluvchi kasalliklarga qarshi emlangan.

“Ơzbekiston 2002 yilda poliomiyelitdan xoli hudud maqomiga erishgan bơlsa-da, milliy immunizasiya kalendariga yangi vaksinaning kiritilishi mazkur kasallikning qaytadan paydo bơlishi va tarqalishining oldini olish va hech bir bola falaj bơlmasligini ta'minlash tomon qơyilgan muhim qadamdir,” - dedi UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Biz Sog’liqni saqlash vazirligi mazkur vaksinaning ta'minotini yơlga qơyganligidan va ota-onalarni ơz farzandlarini immunizasiya kalendariga asosan emlatishga chorlayotganidan mamnunmiz.”

2.JPG

“Muntazam immunizasiya jadvaliga IPVning birgina dozasi qơshilishi Ơzbekistondagi bolalarni poliomiyelit tufayli yuzaga keladigan umrbod falaj bơlib qolish ehtimolidan himoya qilishning eng yaxshi uslubi va, ayni chog’da, butun dunyoni poliomiyelitdan ozod qilish tomon qơyilgan muhim qadamdir,” - deb ta'kidladi JSSTning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Lian Kuppens.

IPVning keng qamrovli joriy etilishi poliomiyelitni global miqyosda bartaraf etish hamda dunyodagi barcha bolalar vaksinalardan foydalanish imkoniga ega bơlishlari uchun immunizasiya tizimlarini kuchaytirish borasida erishilgan yutuqlarni mustahkamlash bơyicha global rejaning bir qismidir.

0L2A2348.jpg

UNICEF va JSST hozirgi vaqtda Ơzbekiston Hukumatiga Milliy immunizasiya dasturini yanada mukammallashtirish va uning barqarorligini ta'minlash borasida kơmak bermoqda. Bu yangi vaksinalarni joriy qilish, vaksinalarni boshqarishni takomillashtirish hamda emlashni amalga oshiruvchi mutaxassislarning salohiyatini oshirish kabi tadbirlarni ơz ichiga oladi. Ushbu sa'y-harakatlar, shuningdek, muntazam immunizasiya uchun vaksinalar xarid qilishdagi yordamni hamda vaksinalarni tegishli sharoitda havfsiz saqlab turuvchi “sovuq zanjir” deb nomlangan maxsus inshootlar va qurilmalarni takomillashtirish bơyicha ishlarni ham ơz ichiga oladi.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 651


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar