Nargiza Fuzaylova bilan immunizatsiya to'g'risida uch savol

Chop etish versiyasi
28 Aprel 2018

Aprel oyining son’ggi haftasi Jahon immunizatsiya haftaligi sifatida nishonlanadi. Bundan ko’zlangan maqsad butun dunyoda millionlab insonlarning hayotini saqlab qoluvchi samarali sog’liqni saqlash vositasi bo’lmish emlashni targ’ib qilishdir.

Emlashning ahamiyati, farzandlarning hayoti eng eng yaxshi tarzda boshlanishidagi ota -onalarning mas'uliyati xususida UNICEFning immunizatsiya masalalari bo’yicha maslahatchici Nargiza Fuzaylova bilan suhbatlashdik.

Photo Nargiza F..jpg

Jahon immunizatsiya haftaligi aholining emlash bo'yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan. Ota-onalar vaktsinalar haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishlari qanchalik muhim?

Men ota-onalardan farzandlariga beriladigan vaktsinalar haqida hech bo’lmasa birlamchi  ma'lumotga ega bo'lishlarini so'ragan bo’lardim. Ular vaktsinalar yordamida oldini olish mumkin bo’lgan kasalliklar haqida bilishlari kerak. Bu tog’risida ko'proq ma’lumotga ega bo’lish bolalarni emlatish borasida qaror qabul qilishiga yordam beradi.

Men o'z farzandlarini emlash uchun olib kelgan ota-onalar shifokorlarning ko’rsatmalariga ko'r-ko'rona amal qilib emas, balki buni nima uchun qilayotganlarini to'liq tushungan holda harakat qilishlari tarafdoriman. Ular bundan nimani kutishlari kerakligini va vaktsinalar bolalarga qanday foyda keltirishini bilishlari kerak. Bu, shuningdek, ota-onalarga vaktsinalardan qo'rqmaslikka yordam beradi.

O'tgan yili UNICEF immunizatsiya to'g'risida ota-onalarning qanchalik yaxshi bilimga ega ekanligini va bu amaliyotni qanchalik keng qo’llayotganliklarini aniqlash uchun tadqiqot o'tkazdi. O'zbekistondagi ota-onalarning 50 foizdan ortig'i emlanish nima ekanligini bilishlari juda quvonarli bo'ldi. Ular vaktsina ishlatiladigan kasalliklar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lmasligi mumkin, ammo mamlakatimizda immunizatsiya amaliyoti borligini va ularning farzandlari emlanishlari lozimligini bilishadi. Eng muhimi, ular farzandlarini emlatishni istaydilar.

Tadqiqot natijalariga ko’ra, ko'pgina ota-onalar faqat bir yoshgacha bo’lgan boalalar emlanadi  deb hisoblaydilar. Shundan keyin ular emlash varaqalaridagi ko’rsatmalarga e'tibor bermay qo’yadilar.

Men immunizatsiya har bir bola uchun albatt kuzatib boriladigan jarayon bo'lishi kerak deb hisoblayman. Buning uchun ota-onalar farzandlariga qilingan vaktsinalarni ro'yxatga olib borishlari kerak. Buning oson yo'li - Internetda osongina topish mumkin bo’lgan emlash taqvimiga ega bo’lish. Bundan tashqari, istagan vaqtingizda shifokoringizga ham murojaat qilishingiz mumkin.

Odamlar farzandlarini emlash uchun doimiy ro’yxatdan o’tgan yashash joylarida bo'lishlari shart emasligini ham yodlarida tutishlari lozim. Bunda ota-onalar farzandlari emlanganligini tasdiqlovchi hujjatni so'rab olishlari va o’z hududlariga qaytganlarida uni shifokorlariga taqdim etishlari kifoya qiladi.

Ota-onalar vaktsinalar haqida ishonchli ma'lumotni qaerdan topishlari mumkin?

Mamlakatimizda ota-onalarning aksariyati tibbiyot xodimlaridan emlanish haqida axborot olishni afzal ko’radilar. Tibbiyot xodimlari hozirgi kunda ular uchun eng ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Internetda va ommaviy axborot vositalarida foydali bo'lishi mumkin bo'lgan juda ko'p materiallar mavjud. Biroq shifokor yoki hamshira bilan suhbatlashish to'liq, aniq va ishonchli axborot olishning eng yaxshi usulidir.

Shifokorlar har qanday vaktsina haqida to'liq ma'lumot bera oladilar. Immunizatsiya haqida ko'plab tibbiy kitoblar mavjud, ammo ota-onalar o'zlarining savollariga javob topish uchun ularga murojaat qilishlari shart emas. Shifokorlar va patronaj hamshiralar o'zlarining tajribalariga asoslangan holda, hamma narsani oddiy va lo’nda qilib tushuntirib berishlari mumkin.

Agar ota-onalarning qandaydir savollari bo’lsa, ular emlash jarayonida yoki boshqa istagan vaqtlarida shifokorlar bilan suhbatlashib, savollarini berishlari mumkin, xatto shart: farzandim nima uchun bu vaktsinani olayapti? U qanday ta’sir qiladi? Farzandim emlashdan oldin va keyin o’zini qanday his etishi mumkin? Bolaning tana harorati ko'tarilsa nima bo'ladi?

Ota-onalar farzandlariga vaktsinalar haqida gapirishlari kerakmi?

Albatta gapirishlari kerak. Menimcha, bundan qo'rqsalar ham, kattalar bolalar bilan emlash haqida suhbatlashishlari lozim. Biz farzandlarimiz bilan gaplashishimiz zarur.

To'g'ri vaqt va to'g'ri so'zlarni tanlash muhimdir. Vaktsinalarning qanday ishlashini tushuntirish uchun kichkina bolalar bilan interaktiv usulda, masalan suratlar yoki o'yinchoqlardan foydalangan holda gaplashish mumkin. Internetni birgalikda ko'rish va rasmlarni o'rganish ham juda qiziqarli bo’lib, immunizatsiya mavzusiga qiziqishni kuchaytirishga yordam beradi. Bu usulda ma’lumot oladigan bolalar emlanishni jiddiyroq qabul qiladilar va undan kamroq qo'rqadilar.

Kichik yoshdagi bolalar sizning so'zlaringizni doimo eslarida saqlay olmasliklari mumkin - biz 6-7 yoshga to’lgunimizga qadar o'rgangan hamma narsalarni eslay olmaymiz. Biroq ular bu ma'lumotni o'smirlik davrida yana olganlarida, uni yaxshiroq eslab qoladilar.

Men o'z oilamda farzandim bilan ochiq muloqot qilishga harakat qilaman. Unga har bir qarorimni tushuntiraman. Qizim emlanganida, men vaktsinalar qanday kasalliklardan himoya qilishini, bu kasalliklarning oqibatlari va ular qanday muammolarga olib kelishini tushuntirib berganman. Shu bois farzandim nima uchun emlanayotganligini bilar edi.

Emlash bolalar hayotining muhim qismidir va bu jarayonda faol ishtirok etish ota-onalarning burchidir. Biz buni Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya va “Bola huquqlari kafolati to'g'risidagi” milliy qonunimizda talab etilgani uchungina emas, balki ota-ona bo'lganimiz uchun qilishimiz kerak. Farzandlarimiz ulg’aygunlariga qadar ularni tarbiyalashimiz, o’qitishimiz va kelajak hayotlari uchun mustahkam poydevor yaratishlariga imkon berishimiz lozim.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 288


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar