O’zbekistonda immunizatsiya

Chop etish versiyasi
30 Aprel 2018

Aprel oyining son’ggi haftasida butun dunyo bo’ylab Jahon immunizatsiya haftaligi nishonlanadi. Mazkur tadbir sog’liqni saqlashni ta’minlash borasida hozirga qadar eng muvaffaqqiyatli va samarali vositalardan biri bo’lmish kasalliklarga qarshi emlash to’g’risida xabardorlikni oshirishga bag’ishlangan.

O’zbekistonda davlat immunizatsiyadan foydalanish borasida barcha bir xil imkoniyatga ega bo’lishini ta’minlaydi. Mamlakat vaktsinatsiya qamrovi borasida Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi va hozirda bu ko’rsatkich 99,7-99,9% ni tashkil etmoqda.

Milliy emlash kalendaridagi vaktsinalar soni 6 tadan 12 taga yetkazildi va hozirda ushbu ro’yxat pnevmokokk vaktsinasi, hamda rotavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinalarni ham o’z ichiga olgan bo’lib, ular bolalarda pnevmokokk pnevmaniya va o’tkir diareyaning oldini olishga yordamlashadi.

O’zbekiston 2019 yilda inson papillomavirusiga qarshi vaktsinani joriy etishni rejalashtirmoqda. Mazkur vaktsina o’smirlarga, asosan qizlarga qilinib, ularni bachadon bo’yni saratonidan himoya qilishga xizmat qiladi. Ushbu kasallik hozirda O’zbekistonda tarqalish va o’limga olib kelish darajasi yuqori bo’lgan kasalliklardan biridir. Endilikda butun mamlakat bo’ylab qizlar bepul tarzda emlanish hamda ushbu xavfli kasallikdan o’zlarini butun umrga himoya qilish imkoniga ega bo’ladilar.

UNICEF Jahon sog’loqni saqlash tashkiloti (JSST) hamda Vaktisnalar va immunizatsiya bo’yicha global alyans (GAVI) bilan bir qatorda vaktsinalarni sotib olish va tarqatish, shuningdek emlashni amalga oshiruvchi mutaxassislarning salohiyatini oshirishga ko’maklashish borasida O’zbekiston hukumati bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Milliy emlash kalendaridagi barcha vaktsinalar UNICEF orqali xarid qilingan bo’lib, bu mamlakatga yuqori sifatli vaktsinalarni maqbul narxlarda xarid qilishda yordam beradi. UNICEF orqali yetkazib berilayotgan barcha vaktsinalarning sifati JSST tomonidan oldindan tasdiqlangan bo’lib, ular xalqaro sifat sertifikatiga egadir.

vac_uz.png

O’zbekiston barqaror immunizatsiya tizimini yaratmoqda

Hozirda O’zbekiston hukumati Milliy emlash kalendaridagi vaktsinalar qiymatining deyarli 80% ni moliyalashtirmoqda. Qolgan qisminini GAVI qoplamoqda. 2021 yilga kelib hukumat vaktsinalar xaridini o’zi moliyalashtirishni 100% ga etkazadi.

GAVI mamlakatning ushbu sa’y-hakaratlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 20 million AQSh dollaridan ko’p miqdorda grant taqdim etgan bo’lib, ushbu mablag’ O’zbekistonda sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish hamda vaktsinalarni saqlash va tashishga sarflanadi. Mazkur mablag’ Toshkentda va barcha viloyatlarda vaktsinalar saqlanadigan maxsus omborxonalar qurishga sarflanmoqda. Turli uskunalar, sovutgichlar, termal sumkalar va avtomobillar sotib olish rejalashtirilgan.

“Sovuqlik zanjiri – vaktsinalarning havfsiziligini ta’minlashga qaratilgan maqbul infratizilma va jarayonlar turkumidan iborat bo’lib, vaktsinalar ishlab chiqilgan vaqtdan boshlab bolani emlashga qadar bo’lgan vaqt mobaynida tavsiya etilgan haroratga saqlashni va transportirovka sharoitiga rioya qilishni talab etadi,” - deb izoh beradi UNICEFning immunizatsiya masalalari bo’yicha maslahatchisi Nargiza Fuzaylova.

20180119_143724.jpg

Viloyatlarda quriladigan inshootlar maxsus qurilmalarni, xususan sovutish xonalari, shpritslarni saqlash joylari, qadoqlash maydoni hamda omborxona boshqaruvchisi xonasini o’z ichiga oladi. Sovuqlik zanjiridagi har bir inshoot aholining immunizatsiyaga bo’lgan ehtiyoji hamda JSST/UNICEF tomonidan zamonaviy sovuqlik zanjiri omborxonalariga qo’yilgan talablarga asosan yaratiladi.

Rejalashtirish va logistikani takomillashtirish

Samarali immunizatsiya tizimini yaratish puxta xarajatlar rejasini hamda butun mamlakatni qamrab oluvchi logistika tarmog’ini talab qiladi, toki hech bir bola e’tibordan chetda qolmasin.

Shuning uchun ham UNICEF ushbu soha mutaxassislarining salohiyatini oshirishda mamlakat hukumatiga yordam bermoqda. O’tgan yili vaktsinalarni bojxonada rasmiylashtirish va joylarga tarqatish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar uchun o’quv-mashg’ulotlari tashkil etilgan edi. Bu yil UNICEF logistika va xarid tartiblaridagi zaif tomonlarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotni amalga oshirishda ko’maklashadi. Bu xodimlar salohiyatini maksimal darajada oshirish uchun zarur bo’lgan oquv-mashg’ulotlar yo’nalishlarini aniqlash orqali xodimlar malakasini oshirishga maqsadli yondoshishga yo’l ochadi.

2021 yilga borib O’zbekiston vaktsinalarni sotib olishda mustaqil bo’lishini e’tiborga olgan holda, davlatning immunizatsiya uchun byudjetni oshirishi juda muhimdir.

Mamlakatda vaktsinatsiya qamrovi doim yuqori bo’lishini ta’minlash, demakki bironta ham bola oldini olish mumkin bo’lgan kasallikdan azoblanmasligi uchun UNICEF hukumat va boshqa hamkorlar bilan ishlashni davom ettiradi.

UZBA001460-2017.jpg

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 803


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar