Oiladagi g'amxo'rlik alohida yordamga muhtoj bolalarga normal hayot kechirishga ko’maklashadi

Chop etish versiyasi
20 Aprel 2018

Janubiy-G'arbiy O'zbekistonning Urganch shahridagi sokin bir ko'chada joylashgan hovlida, Feruza * (48) oltita farzandidan uchtasini mamnuniyat bilan tanishtirmoqda. U soda ayol, ko’zlari aqlli va yourqin. Kalta sochli 8, 10 va 12 yoshli o'g'il bolalarning barchasi  jiddiy va mulozamatli. Ular bir qator bo'lib o'tirib, futbol haqida suhbatlashmoqdalar, va Real Madrid va Lionel Messini eslaganlarida ko'zlari chaqnab ketmoqda. Ularning to'ng'ichi maktabni bitirganidan so'ng tish shifokori bo'lish orzusida. Boshqalari esa harbiy zobitlar bo'lishni istaydilar. Ko'p o'tmay, kenja o'g'il onasining yoniga borib uning qulog'iga hovlida akalari bilan o'yashni istayotganini pichirlab aytdi.  U farzandining qo'lini mayinlik bilan silab qo'ydi va bola yuzidagi tabassum bilan tashqariga otilib chiqib ketdi.

1.png

“Bizning eshiklarimiz doimo ochiq,” deydi tabassum ilan u. “Ular do’stlari bilan o’ynaydilar. Farzandlarim erkin holda ulg’aymoqdalar.”

Lekin bu har doim ham shunday emas edi.

O'n yillcha avval, Feruza va uning umr yo'ldoshi yagona farzandlarining o'limiga azador edilar va  farzand saqlab olish haqida o'ylashar edi. SOS bolalar qishlog'i ayollarni ijtimoiy zaif bolalarga oilaviy sharoitda g'amxo'rlik ko'rsatishga yo'naltirilgan loyihasida ishtirok etishga chaqirayotgani haqida xabar topishlari bilan, darhol imkoniyatdan foydalanishga ahd qildilar. Ular bu istakda yagona emas edilar. 68 ayol berilgan  joyga da’vo qildilar.    Baxtiga, Feruzani qabul qilishdi. SOS ruxshunoslari va ijtimoiy xodimlar o'tkazgan mashg'ulotlardan so'ng, u 6-8 nafar bolani qaramog’iga olishga ahd qildi.

“Imkoni bo’lganida 10 nafar bolani ham olar edim, chunki men ularni faqatgina baxtli oilaviy sharoitda ulg’ayishlarini istayman,” deydi u. “Men oddiy o'zbek oilasida tarbiyalanganman. Oilamiz 21 kishidan iborat bo'lib, ular aka-ukalar, opa-singillar va jiyanlar edi. Bolalar juda shirin bo’ladi, shuning uchun  duch keladigan qiyinchiliklar ham shirin bo’ladi.”

Bolalar  oila safiga birin - ketin qo'shildilar. Dastlabki to'rt nafar bola etim qolgan yoki tashlab ketilgan. Keyingi ikki juft aka-singillar  bolalarga o’ta e’tiborsiz oilalarda ulg’yganlar.  Feruza ko'zlarini erga qadab, ohista so'zlay boshlaydi.

“Ikki kenja fazandimiz jiddiy jarohatni boshlaridan kechirganlar. Ular birinchi bor kelganlarida qo'rqib ketganlaridan, ishtonlarini ho’llab qo’yganlar. Kechalari, ular ovqatni paqqos tushirib, to'g'ri to'shakka yotishardi. Dastlabki 6 oy davomida ular kechalari  chinqirib uyg'onishardi, shuning uchun men ularni tinchlantirish uchun o'z to'shagimga olar edim. Ular o'zlariga kelganlarida, gapira boshlardilar. Ular o'z boshlaridan kechirganlarini aytib berganlarida men uch kun yig'laganman.” Shularni eslab ko’zlarini artadi va boshini sarak-sarak qiladi. “Bu SOS koordinatoriga qo'ng'iroq qilib, u bilan suhbatlashishga undadi.  Hatto yozirgi kunda ham bolalar psixolog bilan suhbatlashib turadilar. Agar bola o'zi dunyosiga kirib ketsa, ruxshunos uni ochib beradi. Ular men bilan ham ochiq. Muammo bo'lsa, ular men bilan o'rtoqlashadilar. Ular meni onam deb atashadi. Xudo xohlasa, men bu bolalar uchun abadiy ona bo'laman.”

Bolalar mahalliy maktabga boradilar. Garchi maxsus belgilangan o'qituvchi oilaga yordam bersa-da va SOS bolalarning rivojlanishga e'tibor bersa-da, o'qituvchilarning ko'pchiligi va jamoa Feruzaning  bolalarga biologik ona emasligini bilishmaydi. SOS vasiylik huquqiga ega bo'lsa-da, bolalarga Feruzaning familiyasi berilgan.    

“Ular oddiy mahallada aka-singillar kabi birgalikda ulg'aymoqdalar. Ular hech qanday farqlanishni sezmaydilar. Eng muhimi, bu ularning boshidan o'tgan ofatlarni qayta boshlaridan kechirmasliklarini kafolatlaydi. Ular o'z hayotlarini davom ettirishlari mumkin.”

Oilaga asoslangan g'amxo'rlikni boshqarish oson bo’lmasa ham, Feruza bu modelni samarali deb hisoblaydi.

“Muassasalarda, xatto Toshkent va Samarqanddagi kichikroq bolalar uylarida ham darvozalar mavjud. Tashrif etuvchilar kirish va chiqishda ro'yxatga olinadilar. U yerdagi bolalar o'zlarini boshqa bolalar kabi his qilmaydilar. Albatta, ideal holatda farzandlar biologik ota-onalari bilan yashashlari kerak, ammo buning imkoni bo'lmasa, oilaga asoslangan g'amxo'rlik ularga normal hayot beradi. Misol uchun, bizning xonadonimizda, umr yo'ldoshim o'g'il bolalarga erkaklik husuiyatlarini singdirishda katta ko'mak beradi.   Dam olish kunlari biz bolalarning oilalarini ziyorat qilamiz. Ularning xuddi boshqa bolalar singari xola-ammalari, amaki va tog’alarining bolalari, bobo-buvilari bor. Agar men yolg'iz o'zim uyga qaytsam,  qarindoshlarim: "Nega bolalaringizni olib kelmadingiz? deb savol beradilar!”

SOS bolalar qishlog'i direktori Gulnoza Abidova shunday deydi: “Oila qaramog'ida o'sadigan bolalar hayotga moslashish bilan bog'liq muammolarga duch kelmaydi, bu esa voyaga yetmaganlar orasidagi huquqbuzarliklar va ijtimoiy muammolar past darajada bo’lishini anglatadi. Bolalar kamroq  salbiy ta'sirga uchraydilar va individual yondashuv bolaning eng yaxshi manfaatlarini qo'llab-quvvatlaydi. Jarayonning shaffofligi tufayli, bolalar kamsitilish  xavfidan holidirlar.”

Tashqarida kulgi tovushlari eshitiladi.  O'g'il bolalarning yuzi pushti, ko'ylaklari qoqilmasdan kirib keldilar. Keyinchalik ular onasiga somsa pishsirishga yordam berishadi. U ular bilan birga uy vazifasini bajaradi, so'ng televizorda multfilmlar tomosha qiladilar. Feruza kenjatoyining yuzini silaydi.

“Bu jarayonda qatnashishda o'zimni omadli va baxtiyor his qilyapman. Men farzandsiz edim, hozirda oltita farzandim bor. Ularga katta umidlarim bor. Dunyo ularga ochilmoqda. Boshqa ota-onalarga maslahatim? Farzandlaringizga bo'lgan sevgini aslo ayamang.”

2.png

UNICEF oilalarni ajratishning oldini olish va oilaga asoslangan g'amxo'rlik bo'yicha muqobil xizmatlarni taklif etuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish orqali O'zbekiston hukumatini qo'llab-quvvatlaydi. Bu shuningdek, BMTning Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasining tavsiyalariga mos sanaladi.

Bunday sa'y-harakatlar bolalar huquqlarini muhofaza qilish tizimining uzoq muddatli va barqaror yondashuvini rag'batlantiradi. Bolalarni tarbiya tizimidagi maxsus muassasalarga zarur bo'lmagan hollarda   joylashtirishga yo'l qo'ymaslik maqsadida oilaviy xizmatlar va amaldagi vasiylik  tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu tashabbuslar Homiylik va vasiylik organlari va Voyaga yetmaganlar bo'yicha komissiya kabi ijtimoiy xizmatlarga yo'naltirilgan tashkilotlarni hamkorlikka undaydi.

*Ismlar o’zgartirilgan.

Muallif: Elis Allan

Marta o’qilgan: 213


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar