Xorazm oilani mustahkamlash tashabbuslariga ilhom baxsh etadi

Chop etish versiyasi
20 Aprel 2018

11 va 12 aprel kunlari UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sascha Graumann, Ijtimoiy Siyosat bo'limi boshlig'i Yuliya Oleynik va bolalarni himoya qilish bo'yicha mutaxassis Furqatjon Lutfulloev, Xorazmga tashrif buyurib, viloyatda prezident Mirziyoevning oilalarni mustahkamlashga qaratilgan  innovatsion tashabusslari asosida   bolalar va yoshlar uchun amalga oshirilayotgan bir qancha loyihalar bilan tanishdilar.     

Urganch shahrida, UNICEF vakillari oilaga asoslangan g'amxo'rlik samaradorligiga shaxsan guvoh bo'lish maqsadida SOS bolalar qishlog'ining milliy direktori Gulnoza Abidova bilan uchrashdilar. SOS ijtimoiy markazida ular oilalar ajralishining oldini olishga va bolalarni o’rta ta’lim maktablariga yaxshi moslashishga ko'maklashuvchi ruxshunoslar va ijtimoiy xodimlar bilan uchrashdilar. Xorazmda SOS oila asosida g'amxo'rlik qilish bo'yicha ilk muvaffaqiyatli loyihani amalga oshirmoqda; hozirgi kunda mahallalarda yashovchi 6 ta SOS oilasi 36 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga g'amxo'rlik ko'rsatadi. Bu bolalarga an'anaviy o'zbek tarbiyasiga yaqin bo'lgan g'amxo'rlik muhitida aka-singillar bilan birgalikda ulg'ayish kabi afzalliklarni taqdim etadi. UNICEF vakillari 8-18 yoshdagi 6 nafar bolani qaramog'iga olgan SOS onasi bilan uchrashdilar. U ularga shunday dedi: "Bu yerda, bolalar boshqa oilalar kabi, oilada, yaxshi muhitda ulg'ayadi. Mana, eshigimiz doim ochiq, ular do'stlari bilan o'ynaydilar".

DSCF6143.JPG

Keyinchalik, Xorazm Yoshlar Ittifoqining yangi barpo etilgan binosida mintaqa yoshlari uchun keng ko'lamli maktab va kasb-hunar o'quv mashg'ulotlarini taklif qiluvchi, hamda nogironlarga yordam berishga ixtisoslashgan ittifoqning fidokor xodimlari bilan uchrasuv o'tkazildi. Nilufar, para-sportchi, ko'ngilli ruxshunoslar bilan oilalarni nogiron farzandlarining salohiyatlarini amalga oshirishlari uchun markazga olib kelishlariga ko'maklashishda hamkorlik qiladilar.

DSCF6144.JPG

Xorazm hokimiyatida, Sascha Graumann mahalliy mas’ul xodimlar  bilan uchrashdi va viloyatda bolalarni, shu jumladan, nogironligi bo'lgan bolalarni muassasalarga topshirishdan himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ijobiy harakatlarni ko’rsatib o’tdi: “Bolalarni muassasalarga joylashtirish doimo eng so'nggi chora bo'lishi shart, chunki tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, muassasalarda o'sib-ulg'aygan bolalar, rivojlanish nuqtai nazaridan oila muhitida ulg'aygan bolalardan ko'ra orqada qoladilar.”

Muallif: Elis Allan

Marta o’qilgan: 59


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar