SOS ijtimoiy markazlari oilalarni mustahkamlashga ko'mak berib, oilalar ajralishining oldini oladi

Chop etish versiyasi
20 Aprel 2018

Urganch shahridagi "SOS Bolalar qishloqlari" ijtimoiy markazida Aziz * surat chizmoqda. O'z ruxshunosi tomonidan qo'llab-quvvatlangan holda, u quritilgan yasmiqlarni daraxt shaklida ehtiyotkorlik bilan yopishtirmoqda. Ikkiga bo'lingan no'xatdan yasalgan quyosh yuqori burchakda porlab turibdi. Uning yuzida ishonchli tabassumni ko'rish mumkin; uni besh yasharli bolaga o'xshatishadi. Ammo Aziz 11 yoshda. Farzand tarbiyalashda qiyinchiliklarga dosh bera olmagan ota-onalar tomonidan beparvolik bilan qaralib, oxir-oqibat tashlab ketilgan Aziz olti yil avval markazga kelganida hatto gapira olmas edi. Hech bir maktab uni qabul qilmadi. Hozirda esa, unga nisbatan SOS tomonidan olib borilgan jadal harakatlar tufayli u endi 4-sinf o'quvchisi va mehribon oila farzandi.

Aziz oilaga asoslangan g'amxo'rlik bo'yicha SOS tajriba sinov loyihasi doirasidagi Xorazmdagi 6 ta oilaviy guruhda istiqomat qiluvchi 36 nafar bolalardan biridir. Bolaning biologik ota-onasi bilan birga yashash imkoniyati bo'lmaganida, bunday oilalar muassasadagi parvarish bera olmaydigan mehr va kelajakka bo'lgan ishonchni ta'minlaydi.

3.png

“Mening onam va uchta opa-akalarim bor,"- deydi Aziz. "Men ular bilan berkinmachoq va shaxmat o'ynashni yoqtiraman". U o'zining rasmiga qaytadi. "Onam men ishlagan suratni ko'rganida, juda ajoyib deb maqtaydi!’”

Oila asosidagi g'amxo'rlik loyihaning bir qismidir. Xorazmda olib borayotgan ishlarning aksariyati ijtimoiy markazlar va jamoatchilik o'rtasida targ'ib qilish xizmatlari orqali oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan.

Urganch SOS Ijtimoiy markazi aksariyati ajralish, iqtisodiy qiyinchiliklar, alkogolizm va ishonch bilan bog'liq muammolar bo'lgan zaif oilalar bilan ishlamoqda. Odamlar qiyinchiliklarni yengib o'tishda psixologik va amaliy ko'mak, shuningdek ota-onalik ko'nikmalarini oshirish bo'yicha bilim oladilar. Mehnat bo'yicha mutaxassis va advokat ota-onalarga byudjet, kompyuter savodxonligi, taom pishirish va kiyim-kechak tikish bo'yicha o'quv kurslarida bilim olishlarida ko'mak beradilar. Shuningdek, ular ijtimoiy ta'minot, nogironlik nafaqalari va alimentlar haqida ham ma'lumot beradilar. Dasturni tugatgan onalar tengdoshlariga ko'mak beradilar.

Multfilm qaxramonlari bilan bezatilgan sinf xonasida, qo'shimcha ta'lim va hissiy ehtiyojlarga ega bo'lgan 5 nafar o'quvchi o'ynamoqda. Qizlar boshqotirmalarni yig'ayotgan bir vaqtda, o'g'il bolalar rezina otlarda sakramoqdalar. Har hafta loy bilan ishlaganda yoki shaxsiy terapiya o'yinchoqlari yordamida o'z hissiyotlarini ko'rsatishga harakat qilish orqali, ular o'zlarining agressiv va giperaktiv harakatlarini kamaytirish yo'llarini o'rganadilar.

4.png

“Natijalar ma'lum,”- deydi ularning ruxshunosi. “Bu bolalar maktabgacha tarbiya muassasida yaxshiroq baho olishadi va ko'proq bilimga egalar. Ota-onalar ham baxtiyor. Ular ota-onalik ko'nikmalarini o'rganadilar va bu ularning farzandlari bilan bo'lgan munosabatlarini barqarorlashtirishga yordam beradi.”

"Biz bolalar uylarini to'ldirishni istamaymiz”- deydi" SOS Bolalar qishloqlarining milliy direktori Gulnoza Abidova. “Imkoniyat bo’lsa, bolalar biologik ota-onalari bilan bo'lishlari kerak. Biz bilan hamkorlik qilayotgan oilalar farzandlari haqida g'amxo'rlik qiladilar, lekin ularning birga bo'lishlari uchun ko'mak talab etiladi. Bizning ishimiz oilalarni mustahkamlashga yordam beradi va oilani ajralib ketishdan saqlaydi.”

UNICEFning hamkori SOS Bolalar qishlog'i oilalarni ajratishning oldini olish va oilaga asoslangan g'amxo'rlik bo'yicha muqobil xizmatlarni taklif etuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish orqali O'zbekiston hukumatini qo'llab-quvvatlaydi. Bu shuningdek, BMTning Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasining tavsiyalariga mos sanaladi.

Bunday sa'y-harakatlar bolalar huquqlarini muhofaza qilish tizimining uzoq muddatli va barqaror yondashuvini rag'batlantiradi. Bolalarni tarbiya tizimidagi maxsus muassasalarga zarur bo'lmagan hollarda   joylashtirishga yo'l qo'ymaslik maqsadida oilaviy xizmatlar va amaldagi vasiylik  tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu tashabbuslar Homiylik va vasiylik organlari va Voyaga yetmaganlar bo'yicha komissiya kabi ijtimoiy xizmatlarga yo'naltirilgan tashkilotlarni hamkorlikka undaydi.

*ismlar o’zgartirilgan 


Muallif: Elis Allan

Marta o’qilgan: 64


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar