Leyli da’vat etadi. Emlatish samarali. Birgalikda biz himoya ostidamiz

Chop etish versiyasi
03 May 2018

Bir necha avlodlar orasida o’z muhlislariga ega bo’lgan avval “Setora” guruhi solisti, keyinchalik “Setanho” guruhi a’zosi, hamda ajoyib ikki farzand onasi bo’lgan Leyli biz bilan o’zining immunizatsiya masalalari bo’yichaq fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Emlatish haqida fikringiz qanday?

Ijobiy! Shaxsan menga, kimningdir bolalarni nafaqat oddiygina isitmadan, balki yengil xastalikdan ham jiddiyroq bo'lgan xavf-xatardan himoya qila oladigan narsalarga qarshi bo'lishi mumkinligini tushunish mushkul. Men poliomielitga chalingan yoshi ulug’ ayolni taniyman. U butun hayoti davomida faqat bitta sog'lom oyog’i bilan yashashga majbur bo'lib kelmoqda. Yana, 2 yoshida qizamiq bilan og'rigan va kar bo'lib qolgan ayolni ham bilaman.  Ko'p yillar ilgari  og'ir kasalliklar tufayli o'z farzandlaridan ajragan  odamlarni bilaman. Bularning barchasini ko'rib, shu kabi qo'rqinchli hodisalarning soni kamayib borayotganiga guvoh bo'lganim sari, emlatishga qarshi yetarli dalillar keltirilishi mumkinligini tasavvur qila olmayman. Ishonchim komilki, Internet orqali tarqatilayotgan barcha qo'rqinchli va baxtsiz hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlar ko'rsatmalarga amal qilmaslik yoki emlashdan oldin to'g'ri tibbiy ko'rikdan o'tmaslik kabi  inson xatosidan kelib chiqadigan natijalardir.   Bizning farzandimiz sog'lom va keyingi emlashga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilish bizning ota-onalik burchimizdir, shuning uchun  Milliy immunizatsiya taqvimini o'qib tushunishimiz va unga rioya qilishimiz zarur.

leyli_uzb2.jpg

Fikringizcha nima uchun barcha ijobiy natijalarga qaramasdan, odamlar hamon vaksinalarga ishonmaslik sabablarni topishadi?

Vaksinalarning samaradorligi, afsuski, ularga qarshi ishlamoqda deb o'ylayman. Ular shunchalik samaraliki, odamlarga hech qanday xavf yo'qdek tuyuladi.  Shu sababli, odamlar har qanday dori-darmonlarda mavjud bo'lgan salbiy xususiyatlarga e'tibor qarata boshlaydilar. Va vaksinalar ularni qanday ofatlardan himoya qilishni idrok etish o'rniga, ular sababchi bo'lishi mumkin bo'lgan ahamiyatsiz va vaqtinchalik noqulayliklarga urg'u beradilar. Kasal bo'lib qolganimizda barchamiz achchiq dorilarni qabul qilishga majbur bo'lamiz va dori ta'mi ahamiyatsiz bo'lib qoladi, shunday emasmi? Kasallikni yengish uchun biz har qanday dori vositsisni qabul qilishga tayyormiz. Vaksinalar ham xavf-xatarning oldini olish uchun qo'llashga mo’ljallangan. Shuning uchun, xavfni o'z boshidan kechirgan va chindan ham bilgan kishilar, vaksinalarni bizni qanday ofatlardan himoya qilayotgani uchun qadrlay oladilar.

Odamlarga qanday xabar yetkazmoqchisiz?

Men barchani emlatishdan qo'rqmaslikka chaqirmoqchiman. Faqatgina barcha talablarni to'g'ri bajarishga harakat qiling va farzandingizni himoya qilish uchun qo'lingizdan kelganicha harakat qiling. Ertaga nima bo'lishi mumkinligini hech qachon bilmaymiz. Keyinroq qo'rquvda yashab va o'zingizni aybdor qilgandan ko'ra, o'zingizni xotirjam his qilish va qo'rqish o'rniga yashash, o'rganish va zavqlanish uchun zarur bo'lgan chorani bugun amalga oshirish shart. Bundan tashqari, biz faqatgina o'zimiz haqimizda o'ylamasligimiz kerak,  bizning zaif immunitetli va emlatish imkoniyati bo'lmagan odamlarga nisbatan ijtimoiy mas'uliyatimiz bor. Ular bizga suyanishadi, biz birgalikda ularni, zaif birodar va opa-singillarimizni o'limga olib keladigan kasalliklardan himoya qilish uchun mustahkam to'siq barpo qilamiz.

Emlatish samarali. Birgalikda biz himoya ostidamiz.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 564


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar