2018-2022 yillar uchun mo‘ljallangan ta’lim sektori rejasini yaratish yo‘lida

Chop etish versiyasi
17 May 2018

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning raisligida ta’lim masalalari bo‘yicha Mahalliy ishchi guruhining kengashini chaqirdi. Ta’lim sektori vazirliklari va muassasalari vakillari hamda xalqaro rivojlanish bo‘yicha sheriklardan iborat bo‘lgan ta’lim masalalari bo‘yicha mahalliy guruh (TMG) tomonidan barcha darajalarda sifatli ta’lim olish uchun teng huquqli imkonga ega bo‘lishni yaxshilash maqsadida ta’lim sektorini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli o‘rta muddatli Rejasini ishlab chiqish yuzasidan tegishli masalalar va keyingi qadamlar muhokama qilindi.

0L2A2869.JPG

Tadbir ishtirokchilari mamlakatda davom etayotgan islohotlar ta’lim sektorining rivojlanishini tezlashtirganligini e’tirof etdilar. 2017-2021 yillarda rivojlanish bo‘yicha Milliy strategiyata’lim sektorida islohotlarni amalga oshirish uchun muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘ldi, va hukumat tomonidan maktabgacha ta’lim borasidagi siyosatni kuchaytirish, uning sifati va unga bo‘lgan talabni oshirishga qaratilgan choralar ko‘rildi.

«Ta’lim sektorining yangi rejasi ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bo‘ladi», - deb ta’kidladi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov. «Ayniqsa, o‘qituvchi kadrlarni rivojlantirish va sifatli o‘quv materiallarini tayyorlashga alohida etibor qaratiladi».

1.jpg

Modomiki O‘zbekiston Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) erishishga sodiq bo‘lib, №4 BRM esa ta’lim sektoriga yo‘nalgan bo‘lib, ushbu sohaning barcha doiralarini qamrab olgan ekan, mamlakat maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta, texnik/professional va oliy ta’lim sohalarida o‘z sa’y-harakatlarini faollashtirmoqda. Ta’lim olish imkoniga ega bo‘lish va adolat tamoyilini ta’minlash masalalarini hal qilishdan tashqari, ta’lim inklyuzivligi va sifati masalalari ham diqqat markazida.

«O‘zbekistonning demografik xususiyatlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot mamlakatda 12-15 yildan keyin mehnatga yaroqli yoshda bo‘lgan aholining soni maksimal darajaga yetishini ko‘rsatmoqda», - deb ta’kidladi UNICEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. «Mehnatga yaroqli yoshda bo‘lgan ko‘p sonli yashovchilar bugun tegishli sifatli ta’lim olganlaridagina mamlakat rivojlantirishga xizmat qila oladilar. Ta’limni yaxshilashga bo‘lgan talab – bu nafaqat keyingi ta’lim sektori Rejasiga kiritilishi lozim bo‘lgan muhim aspekt, balki uni yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonunni ijro etish uchun qabul qilinadigan qonunosti hujjatlarni ishlab chiqishda ham inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi».

5.jpg

Shuningdek kengash qatnashchilari ta’lim sektorining yangi Rejasi ta’lim sektorining birinchi Rejasida (2013-2017) belgilangan negizda barpo etilishi lozim, degan firga qo‘shildilar. Ta’lim jarayonlariga va, yanada muhim masala – ta’lim natijalariga yanada jiddiy e’tibor qaratish darkor. Yanada samarali ta’lim tizimini yaratish uchun ta’lim sektoriga ilmiy asoslangan dasturlar ishlab chiqish, shu jumladan yanada samarali va ta’sirchan dasturlarni ishlab chiqishni ta’minlaydigan tahlil qilish, tadqiqot o‘tkazish va baholash jarayonlarini joriy qilish lozim.

UNICEF mamlakat Hukumati bilan ta’lim sektorida, shu jumladan ta’lim to‘g‘risidagi Qonunni qayta ko‘rib chiqish, iklyuziv ta’lim sohasidagi siyosat, o‘qituvchi kadrlarni rivojlantirish hamda 2018-2022 yillar uchun mo‘ljallangan ta’lim sektorining Rejasini ishlab chiqishni yakunlashda yaqin hamkorlikni davom ettiradi.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 356


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar