UNICEF va Ơzbekiston Milliy universiteti, Nyo-York Kolumbiya universitetining kơmagida Ơzbekistonning ijtimoiy sohasi tizimi uchun yangi kadrlarni tayyorlash bơyicha hamkorlik qiladi

Chop etish versiyasi
12 Iyun 2018

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg’armasi (UNICEF)ning Ơzbekistondagi vakolatxonasi, Oliy va ơrta-maxsus ta'lim vazirligi va Ơzbekiston Milliy universiteti bilan yaqin hamkorikda, mamlakatda ijtimoiy soha xodimlarini tayyorlash tizimini kengaytirish va kasbga yơnaltirish bơyicha yangi dasturni boshladi.

"Ơzbekistonda ijtimoiy ish sohasidagi ta'lim va amaliyotni mukammallashtirish" deb nomlangan mazkur dastur, Ơzbekiston Milliy universiteti tomonidan amalga oshirilib, unga Nyu-Yorkning Kolumbiya universiteti mutaxassislari UNICEF tomonidan ekspert sifatida jalb qilingan. Mazkur dastur, aholining zaif qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar kơrsatuvchi ijtimoiy xodimlar kasbini rivojlantirishga aloqador bơlgan siyosatchilar, olimlar va amaliyotchilarni birlashtiradi.

Photo 7.jpg

2017 yilda, Ơzbekiston Milliy universitetida UNICEF bilan hamkorlikda, Ijtimoiy xizmatlar bơlimiga asos solingan edi. Endilikda, ijtimoiy soha xodimlari bolalarni oiladan asossiz ajratish, ijtimoiy zaif oilalarga kơmak berish va har bir bolaning oilada yashash huquqi hamda ularga nisbatan zơravonlik, kamsitish va beparvolikka qarshi himoya choralarini ta'minlashga qaratilgan bilim va kơnikmalarini kengaytirish imkoniga ega bơladilar.

Yangi dastur, tegishli vazirliklarning faoliyatlarini baholash va ularga ijtimoiy sohada standart operasion tartib-qoidalar ishlab chiqishda kơmak berish imkoniyatini yaratadi. Bu Milliy universitetda ijtimoiy soha bơyicha chuqurroq bilim olish va Oila markazlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan sertifikatlash ơquv kurslarini tashkil etish imkonini beradi.

photo 4.jpg 

“Ishonchim komilki, ijtimoiy xizmatlar sohasidagi ta'lim darajasi bilan butun dunyoga mashxur bilim maskanlaridan biri bơlgan Kolumbiya universitetining kơmagida, bizning hamkorligimiz Ơzbekistondagi ijtimoiy soha bilimlarining sifatini oshirishga va ularni amaliyotga joriy qilishga katta hissa qơshadi,” - dedi UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. "Bu mazkur kasbning ijtimoiy himoya tizimining ajralmas qismi bơltb qolishiga ham yordam berishi mumkin,” – deb qơshimcha qildi u.

Photo 6.jpg

“Bizning jamiyatimiz javob choralarini ko’rishni, psixologlar va ijtimoiy xodimlarning salohiyatini oshirishni talab qiladigan muammolarga uchramoqda,” -dedi Bosh vazir o’rinbosari, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi raisi Tanzila Narbaeva. “Ijtimoiy himoyani kuchaytiradigan asosiy sohalardan biri ijtimoiy ish sohasidagi professionallarni tayyorlashdir. Bizga ma’lumki, ko'p mamlakatlarda ijtimoiy xodimlar himoyaga muhtoj oilalarga yordam beradilar."

photo 2.jpg

Narbaeva xonim shuni ham ta’kidladiki, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakat strategiyasi maqsadlariga erishish uchun Hukumat BMT agentliklari, akademik muassasalar va fuqarolik jamiyati bilan yaqindan hamkorlikda ishlamoqda. Bundan tashqari, olib borilayotgan ish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” farmoniga ham muvofiqdir.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 374


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar