Milliy strategiyani va Tadrbilar rejasini ishlab chiqish - O’zbekistonda OIVga barham berishdagi muhim qadam

Chop etish versiyasi
14 Iyun 2018

Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda OIV infeksiyasining onadan bolaga o'tish hollari 2014 yilga nisbatan 3,4% dan 0,37% gacha kamaydi. Bu to'g'risida Ishchi guruhining birinchi milliy yig'ilishida aytib o’tildi. Ushbu guruh OIV va sifilisning onadan bolaga o’tishini bartaraf etishni tasdiqlash (validasiya) jarayoniga tayyorlanish ishlariga rahbarlik qiladi.

Photo 1.JPG

O'zbekistonda OIV infeksiyasining onadan bolaga o’tishinining oldini olish bo'yicha dastur chaqaloqlarda OIV infeksiyasining oldini olishda kompleks strategic yondashuvga asoslanadi.   U homiladorlik, tug'ruq va yangi tug'ilgan chaqaloqlar hayotining birinchi haftalari davrida antiretrovirus (ARV) profilaktik terapiyasini, akusherlik aralashuvini va OIV bilan yashayotgan ona tomonidan ko’krak suti bilan oziqlantirish amaliyotini qo’llamaslikni o'z ichiga oladi.

Photo 2.JPG

2018 yilda O'zbekiston OIV va sifilis viruslarining onadan bolaga o'tishini bartaraf etish majburiyatini oldi.

UNICEF O'zbekiston hukumatiga OIV va sifilis infeksiyalarining onadan bolaga o’tishini bartaraf etish bo'yicha Milliy strategiya va Harakat rejasini ishlab chiqish jarayonida yordam bermoqda. UNICEF mutaxassislari Milliy ekspertlar ishchi guruhiga malakatdagi tegishli progressni monitoring qilish uchun zarur bo’lgan indikatorlarni ishlab chiqish hamda dasturiy rejalashtirish va baholash uchun ma’lumotlardan foydalanish borasida tavsiyalar beradilar.

Photo 3.JPG

OIV bilan yashovchi ayollar va bolalrni davolash, parvarish qilish va qo’llab-quvvatlashning yuqori standartlarini ta’minlashda, shuningdek, butun mamlakat bo’ylab OV profilaktikasini amalga oshirishda UNICEF O`zbekiston Hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilishni davom ettiradi.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 617


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar