Ơzbekistonda migratsiya ta'siridan bolalarni himoyalash bơyicha loyiha ishga tushirildi

Chop etish versiyasi
10 Iyul 2018

Ơzbekiston Xotin-qizlar qơmitasi va UNICEF, Evropa Ittifoqi kơmagida, migratsiya ta'siridan bolalarni himoyalash bơyicha loyihani ishga tushirdi. Ushbu loyiha Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Markaziy Osiyo mintaqalaridagi sakkizta mamlakatida, jumladan Ơzbekistonda amalga oshiriladi.

2020 yilning oxirigacha tơrtta viloyatda – Buxoro, Farg’ona, Surxandaryo va Xorazm viloyatlarida mazkur loyiha bơyicha tadbirlar olib boriladi. Muhojir ota-onalar tomonidan tashlab ketilgan bolalarga parvarish va himoya etishmasligi mumkin. Migratsiya ta'sir kơrsatgan oilalar qiyinchilikka duch keladi va ijtimoiy himoyaga muhtoj bơladi. Bunday oilalar va bolalarga vasiylik va homiylik organlari, Xotin-qizlar qơmitasi, oilaviy markazlar va nohukumat tashkilotlari, shuningdek Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bơlinmalari tomonidan viloyat va tuman darajasida yordam kơrsatiladi. 

photo 1 presidium.jpg

Ushbu idoralarning migratsiya ta'sir kơrsatgan oilalarga sifatli ijtimoiy xizmatlar kơrsatish sohasidagi salohiyatini oshirish, shuningdek bolalarni himoya qilish tizimidan foydalanishni yaxshilash maqsadida Xotin-qizlar qơmitasi va UNICEF yaqindan hamkorlik qiladilar. Ushbu loyiha doirasida muhojirlarning oilalari va farzandlarining ehtiyojlarini aniqlashga yơnaltirilgan tadqiqot ơtkaziladi.

«UNICEFning hisobotiga kơra, dunyoning boshqa mintaqalariga nisbatan migratsiya ta'sir kơrsatgan bolalarning eng katta ulushi Osiyoga tơg’ri keladi,»—dedi Sasha Graumann, UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari. «Evropa Ittifoqi kơmagida UNICEF muhojir ota-onalari tomonidan tashlab ketilgan bolalar hamda tranzit jarayonidagi bolalarning yanada yaxshi himoyasini ta'minlashni maqsad qilib olgan. Umid qilamizki, Hukumat va xalqaro tashkilotlarning birgalikdagi xatti-harakatlari Ơzbekistonda bolalarga vasiylik qilish tizimini takomillashtirishga ơz hissasini qơshadi. Bunga bolalarni zơravonlik va kspluatasi dan himo lash, sog’liqni saqlash va ta'lim singari asosiy xizmatlardan foydalanish imkoni tini, shuningdek ularning qonuniy maqomini ta'minlash kiradi».

 photo 3 Sascha Graumann.jpg

 «Migratsiya muammosi nafaqat Markaziy Osiyoda bơlibgina qolmay, balki global xarakterga ga. Tobora kơproq odamlar yaxshi hayot va daromad qidirib, uylarini va oilalarini tark etmoqdalar,»- deb ta'kidladi Evropa Ittifoqining Ơzbekistondagi Delegasiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays. «Biroq yaqqol iqtisodiy manfaatlardan tashqari migratsiya boshqa jiddiy oqibatlarga ham olib kelishini kơramiz. Ushbu muammolarni hal qilish uchun Evropa Ittifoqi «Janubiy, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta'siridan bolalarni himoyalash» loyihasi doirasida multimintaqaviy tashabbusni qơllab-quvvatlashga qaror qildi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshiriladi hamda muhojirlarni qabul qiluvchi asosiy mamlakatlar bơlgan Qozog’iston va Rossiyadagi vaziyat tahlilini ơz ichiga oladi.»

«Biz birgalikda muhojirlar oilalarining bolalarini e'tiborga oladigan bola himoyasi bơyicha barqaror siyosatni ta'minlashimizga ishonamiz,»-dedi Ơzbekiston Bosh vaziri ơrinbosari, Xotin-qizlar qơmitasi raisi Tanzila Narbaeva. «Bundan tashqari, loyihani amalga oshirish BMTning Bola huquqlari bơyicha qơmitasining tavsiyalarini bajarishga imkon beradi hamda Ơzbekistonda Bola huquqlari tơg’risidagi konvensiyaning bajarilishini tashkil etish masalalari bơyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash ishining samarali bơlishiga kơmaklashadi,»-deb qơshimcha qildi u.

photo 2 plenary.jpg

 

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 471


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar