Ơzbekiston Bola huquqlari tơg’risidagi konvensiyani amalga oshirish bơyicha tavsiyalarni bajarmoqda

Chop etish versiyasi
11 Iyul 2018

Ơzbekiston Respublikasi Bosh vaziri ơrinbosari Tanzila Narbaeva raisligida Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash a'zolari Ơzbekistonda bola huquqlarini kafolatlash bơyicha Milliy harakat dasturini bajarishdagi yutuqlar va kelgusi rejalarni muhokama qildilar.

photo 2.jpg

Bola huquqlari bơyicha qơmitaning Ơzbekistonga bildirgan tavsiyalarini amalga oshirish bơyicha Milliy harakatlar dasturi 2018 yilda tasdiqlangan. Hozirda ushbu dastur mamlakat bơyicha amalga oshirilmoqda. Hukumat Milliy harakatlar dasturining ijrosini amalga oshirish maqsadida UNICEF va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

«Bolalar — Ơzbekistonning kelajagi. Bolalarning huquqlarini ilgari surish va himoyalash, ơz salohiyatini namoyish etish uchun imkoniyatlarini kengaytirish tơla ma'noda bizning burchimizdir,»- dedi Bosh vazir ơrinbosari, Ơzbekiston Xotin-qizlar qơmitasining raisi Tanzila Narbaeva. «Milliy harakatlar dasturi bolalar huquqlarini amalga oshirish sohasida ustuvorliklarni belgilash, monitoring qilish hamda rejalarni bajarishda muhim vositadir,»- deb qơshimcha qildi u.

photo 1.jpg

Bolalar va oilalar uchun ijtimoiy xizmatlarni ta'minlash uchun mas'ul bơlgan vazirliklar va davlat agentliklarining vakillari bola huquqlarini ta'minlash borasidagi asosiy muammolar va imkoniyatlarni muhokama qildilar. Munozaralarda fuqarolik jamiyati hamda xalqaro tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etdilar. Bolalarni internat muassasalariga joylashtirishning oldini olish, har bir bolaning oilaviy muhitga bơlgan huquqini ta'minlash va ijtimoiy nochor bolali oilalarga yordamni takomillashtirishning muhimligi ta'kidlandi.

«Bola huquqlari bơyicha qơmita tavsiyalariga muvofiq, bolalarga vasiylik qilish tizimida islohotlarning umumqamrovli strategiyasini ishlab chiqish, oila turidagi muqobil vasiylik tizimini mukammallashtirish, deinstitusionalizasiya bơyicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni qơllab-quvvatlash zarur,»- deb ta'kidladi UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. «Biz Hukumatning bolalar va yoshlar ishlari bơyicha ombudsman lavozimi joriy etish tơg’risidagi rejalarini qơllab-quvvatlaymiz, va Xabarlar taomillariga oid Bola huquqlari tơg’risidagi konvensiyaning uchinchi fakultativ protokolini ratifikasiya qilish zarurligini qayd etmoqchimiz,» -dedi u.

photo 4.jpg

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 307


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar