UNICEFning Mintaqaviy direktori O'zbekistonga tashrif buyuradi

Chop etish versiyasi
17 Iyul 2018

UNICEFning Evropa va Markaziy Osiyo bơyicha Mintaqaviy direktori Afshan Xan xonimning Ơzbekistonga tashrifi 17-20 iyul kunlari bơlib ơtadi. Bu uning 2017 yilda Evropa va Markaziy Osiyo bơyicha Mintaqaviy direktor qilib tayinlanganidan keyin mamlakatga birinchi tashrifidir. 

Afshan Xan xonim deputatlar, senatorlar, davlatning oliy martabali mansabdor shaxslari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari bilan uchrashadi. Shuningdek, u   UNICEF tomonidan qơllab-quvvatlanuvchi davlat dasturlarining bevosita benefisarlari bơlgan bolalar bilan ham uchrashadi. 

Ushbu tashrif UNICEF va Hukumatga 2020 yilgacha hamkorlik yơnalishlarini muvofiqlashtirib olish imkoniyatini beradi. Hukumat bilan muhokamalar Ơzbekistonning Milliy rivojlanish strategiyasida belgilangan yangi ustuvor yơnalishlarga, va ijtimoiy tomondan eng zaif bolalarning huquqlari himoyasini birgalikda ta'minlashga bag’ishlanadi.

Ơzbekistonda Markaziy Osiyodagi bolalarning eng kơp qismi istiqomat qiladi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda Xan xonimning tashrifi UNICEFning bironta ham bolani e'tibordan qoldirmaslik majburiyatiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. 

UNICEFning Mintaqaviy direktori, shuningdek, yoshlarga taalluqli masalalalrni, jumladan Prezidentning joriy islohotlarga yondashuviga muvofiq ravishda qizlarning ta'limi, ish bilan ta'minlanishi hamda ularning imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qiladi. 

MINTAQAVIY DIREKTOR TO’G’RISIDA 

Afshan Xan xonim 28 yildan ortiq vaqt mobaynida xalqaro tashkilotlarda ishlab kelmoqda. Avval u UNICEFning favqulodda vaziyatlar bơyicha dasturlari direktori bơlgan, shuningdek boshqa yuqori lavozimlarda, jumladan Davlat sektori alyanslari va resurslarni jalb qilish bơyicha direktor; Sharqiy va Janubiy Afrika bơyicha Mintaqaviy direktor ơrinbosari; UNICEFning Yamaykadagi vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 223


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar