O‘zbekistonda nogironligi bo’lgan yoshlar va professional teatr xodimlari ijtimoiy integratsiyaga erishishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar

Chop etish versiyasi
25 Iyul 2018

Repetitsiya o‘tkazish xonasi har qachongidan gavjum. Bu yerda nogironligi bo’lgan yoshlarning kulgisi va shod ovozlari eshitilyapti. Ularning ayrimlari bu maskanga qaytib kelganlaridan juda xursand ekanliklarini imo-ishora bilan tushuntirib, muloqot qilmoqdalar. Ular teatrning professional aktyorlari bilan vaqt o‘tkazishni xush ko‘radilar.

«Ilhom» - san’atning va o‘z fikrini ifodalashning turli shakllarini qo‘llaydigan Toshkent shahridagi ilg‘or teatr. 2018 yilda «Ilhom» teatri nogironligi bo’lgan yoshlarga teatrning professional aktyorlari bilan birgalikda ishlashga imkon beradigan inklyuziv teatr laboratoriyasini yaratish g‘oyasi bilan UNICEFga murojaat qildi.

Bu aslida juda noyob g‘oya va, tabiiyki, ishtirokchilarning aksariyatini hayajon qamrab olgan edi. Gap shundaki, avvallari bu kabi g‘oyani teatr jamoasi ham, yoshlar ham - hech kim amalga oshirmagan.

photo 3.jpg

Turli shakldagi nogironligi bo’lgan o‘n to‘rt nafar yoshlar «Ilhom» teatriga keldilar. Ular orasida bilim olishda qiyinchiliklarga uchraydigan, ko’rish va tayanch-harakat borasida hamda ruhiy jihatdan ba’zi muammolarga ega bo’lgan bolalar ham bor. Ular bir-biri bilan qanchalik yaxshi chiqishib ketishlariga, ana shu jamoaning bir qismiga aylanib qolishlariga avval ishonmagan edilar.

Nogiron yoshlarning ayrimlari bu yerga ilk bor kelganlarida yig‘laganlarini aytishgan. 

Birgalikdagi ijodiy faoliyat shu asnoda boshlandi.

photo 1.jpg

Yoshlar va aktyorlar teatrning yog‘och poliga yalang oyoq qadam qo‘yib, birgalikda ishlayaptilar. Bu yerda bir necha nogironlar aravachalarini ko‘rish mumkin. Hozir bu yoshlarning barchasida ular uchun juda zarur bo‘lgan to‘g‘ri munosabat va o‘z kuchlariga ishonch hissi paydo bo‘ldi.

O‘zbekistonda nogironligi bo’lgan odamlarning muammolarini hal qilishga nisbatan ijtimoiy xurofot va tibbiy yondashuv hanuz keng tarqalgan. Nogiron bolalarning aksariyati ularning salomatligi va rivojlanishiga zarar yetkazadigan yirik muassasalarga yuboriladi. Maxsus muassasalarda yashamaydigan nogiron bolalar ko‘pincha maktabga ham bormaydilar.

O‘zbekistonda yashovchi nogironligi bo’lgan ko‘pgina yoshlar ba’zan juda kuchli ruhiy siqilish holatiga tushib qolishdan aziyat chekadilar.

«Ushbu teatr men uchun parvoz qilishimga imkon beradigan orzu-umidlar eshigini ochib berdi», - deb aytadi ko‘rish qobiliyati buzilgan 21 yoshli qiz.   

«Omadlimiz, chunki ana shu sahnani topishga muvaffaq bo‘ldik», - deb ta’kidlaydi loyihaning 25 yoshdagi ishtirokchisi.

«Ushbu loyiha nogironligi bo’lgan yoshlarga foyda keltirishini mo‘ljallagan edik. Biz – oddiy odamlar, bu yerda juda ko‘p narsalarni o‘rgandik, va bu barchamiz uchun eng ajoyib saboq bo‘ldi. Biz o‘z gavdamizdan foydalanishning yangicha usullarini topdik. Bolalar o‘zlarini qanday ifodalashlarini kuzatish jarayoni go‘yoki biz o‘z sayyoramizni yaratgandek hissiyot tug‘diradi. Biz o‘zimizning aktyorlik maktablarimizda hech qachon bunday hissiyotlarni boshdan kechirmagan edik», - deb aytadi «Ilhom» Mark Vayl Teatrining badiiy rahbari Boris Gafurov.

photo 2.jpg

«Biz repetitsiyadan uyimizga toliqqan, lekin xursand bo‘lib va g‘urur bilan qaytyapmiz. Biz har kuni dushanba kelishini kutamiz, chunki shu kuni barchamiz repetitsiyada yana uchrashamiz. Endi do‘stlarimiz juda ko‘p. Aloqalarimiz juda mustahkam. Endi biz hayotimiz qanchalik qadrli ekanligiga ishonch hosil qildik. Bizning ovozimiz ham ahamiyatli ekan. Biz ahamiyatli ekanmiz», - deb o‘z fikrini bildiradi nogironligi bo’lgan o‘smir.

Repetitsiya jarayonini kuzatib turganlardan biri so‘raydi: «Biz qachon tomoshangizni ko‘ramiz?» Boris Gafurov javob beradi: «Muhimi – tomosha emas. Barcha ma’no ana shu jarayonda. Biz uchun bularning barchasi juda ahamiyatli».

O‘zbekiston Hukumati Nogironligi bo’lgan insonlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani 2009 yilda imzolagan. Mamlakat bu hujjatni ratifikatsiya qilishga hamon tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Marta o’qilgan: 503


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar