Kơkrak suti bilan oziqlantirish: hayot poydevori

Chop etish versiyasi
01 Avgust 2018

Kơkrak suti bilan oziqlantirish: hayot poydevori

Avgustning birinchi haftasi Jahon kơkrak suti bilan oziqlantirish haftaligi sifatida 170 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan Ơzbekistonda ham nishonlanadi. Haftalikning bu yilgi mavzusi – «Kơkrak suti bilan oziqlantirish: haёt poydevori».

Kơkrak suti bilan oziqlantirish har bir bolaning hayoti adolatli boshlanishining kafolatidir. Ushbu ijobiy amaliyot ham qisqa, ham uzoq muddatli davrda chaqaloqlar va bolalarning, shuningdek onalarning ham salomatligi, rivojlanishi va farovonligini yaxshilaydi.

Kơkrak suti bilan oziqlantirish bolalar ơlimi kơrsatkichini pasaytiradi hamda katta bơlganda ham sog’lom bơlishga yordam beradi. Bola hayotining dastlabki olti oyida uni faqat ona suti bilan boqish, keyinchalik esa u ikki yosh bơlguniga qadar va undan keyin ham emizishni davom ettirib, tegishli qơshimcha ozuqa berish tavsiya qilinadi.

Gơdaklarni kơkrak suti bilan oziqlantirish ular uchun ham, emizikli onalar uchun ham kognitiv va tibbiy afzalliklarga ega ekanligi isbotlangan. Dunyo miqyosida chaqaloqlar ơlimining asosiy sababi bơlgan diareya va pnevmoniya kasalliklarining oldini olishga yordam berishi tufayli bu bola hayotining dastlabki olti oyida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ona suti bola uchun birinchi vaksina vazifasini bajaradi. U bola jismida qon plazmasining oqsil birikmalarini yuzaga keltiradi. Kơkrak suti gơdakni yaxshi oziqlantirish asosidir. Tavsiya qilingan emlash kalendariga muvofiq bolani vaqtida emlatish bilan bir qatorda kơkrak suti bilan oziqlantirish uni kasalliklardan himoya qilishning samarali vositasi bơlib hisoblanadi.

Ushbu ijobiy amaliyot milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ham hissa qơshadi. Uning onalar va bolalar uchun afzalliklari mamlakatning sog’liqni saqlash sohasidagi xarajatlarni kamaytiradi hamda kelgusida mehnatga layoqatli sog’lom ishchi kuchining shakllanishiga yordam beradi. Kơkrak suti bilan oziqlantirishni qơllab-quvatlashga sarflangan har bir AQSh dollarining iqtisodiy samarasi 35 AQSh dollariga teng. 

Rasmiy ma'lumotlarga kơra, 2017 yilda Ơzbekistonda 6 oygacha bơlgan bolalarni istisnosiz kơkrak suti bilan oziqlantirish kơrsatkichi 61,76% ni tashkil etgan. eng yoqori kơrsatkichlar Buxoro viloyatida va Qoraqalpog’istonda kuzatilib, tegishli ravishda 91% va 88,54% bơlgan. Eng past kơrsatkich Toshkentda kuzatilgan – 41,83%.

UNICEF Ơzbekiston Hukumatiga ayollar va bolalar oziqlanishini yanada yaxshlash borasida kơmak bermoqda. 2017 yilda Sog’liqni saqlash vazirligi va UNICEF tarixda birinchi bor oziqlanish sohasida milliy tadqiqot ơtkazdi. Bu mikroelementlar etishmovchiligi, reproduktiv yoshdagi ayollar, emizikli va kichik yoshdagi bolalarning oziqlanish amaliyoti bơyicha ma'lumotlarni yig’ish va tahlil qilish imkonini berdi. Mazkur ma'lumotlardan aholining, jumladan uning eng ehtiyojli qatlamlarining oziqlanish darajasini yaxshilash bơyicha asoslangan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.

 

Marta o’qilgan: 179


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar