Ko‘krak suti bilan oziqlantirish haqida suhbat

Chop etish versiyasi
03 Avgust 2018

Komolaxon Raxmanova, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi monitoring va baholash masalalari bo‘yicha maslahatchisi  

Avgust oyining birinchi haftasi ko‘krak suti bilan oziqlantirish naqadar muhimligi to‘g‘risida butun dunyo aholisini xabardor qilishga bag‘ishlangan. Ayni paytda, bu masalaga jamiyat, tanishlarimiz, do‘stlarimiz va shifokorlarning munosabati turlicha. Bola dunyoga kelgan ilk kundan boshlab ba’zan doim ham ishonchli bo‘lmaydigan va bolaning eng yaxshi manfaatlariga javob bermaydigan maslahatlarni onalarga zo‘rlab o‘tkazadilar.

Men uch farzand onasiman va ularning barchasini ko‘krak suti bilan boqqanman. Ana shu davrda men uchun atrofdagilarning ko‘magi va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish muhim edi. Chunki emizib boqish nafaqat bola va onaning salomatligi garovi, balki kuchli emotsional va ruhiy aloqadir.  

Komolakhon Photo for web site inner.PNG

Atrofdagilarning ko‘magi deganda men o‘z oila a’zolarim, qarindoshlarim va yaqin odamlarim, ish beruvchi va umuman butun jamiyatimizning yordamini nazarda tutaman. Zamonaviy dunyoda emizikli onalar bir vaqtning o‘zida ham farzandini ko‘krak suti bilan boqish, ham to‘laqonli o‘qish, ishlash va faol turmush tarzini yuritish imkoniga ega bo‘lishlari lozim. Buning uchun jamiyat va ish beruvchi qisqartirilgan ish kuni, bolani emizish uchun maxsus ajratilgan joy kabi sharoitlarni yaratib berishi, bola betob bo‘lib qolganda yoki uni emlash zarur bo‘lgan vaqtda onani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlari muhim ahamiyatga ega.

Ishonchli ma’lumotlarni olish imkoniyati bugungi kunda katta muammo emasligini ta’kidlash kerak, chunki ko‘pgina kerakli axborotni bemalol Internetda topish mumkin. Afsuski, global Internet tarmog‘iga kirish uchun barchada ham imkon mavjud emas, shuningdek zarur ma’lumot izlash jarayoniga e’tibor va ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim.

Bundan tashqari, tug‘ruqxonalarda ham, poliklinikalarda ham ayrim tibbiyot xodimlari bolani erta davrda boqish uchun turli aralashmalarni tavsiya qiladilar. Demak, onalar doimo xushyor bo‘lishlari va bolaning manfaatlariga javob beradigan qarorlarni qabul qilishlari lozim.

Ko‘krak suti bilan boqish – bu har bir onaning shaxsiy ishi, chunki turli sabablarga ko‘ra barcha onalar ham o‘z farzandlarini ko’krak suti bilan boqish imkoniga ega bo‘lmasliklari mumkin. Bunday onalar emizikli onalarga nisbatan yomonroq degani emas, albatta. Siz o‘z sharoitlaringizdan kelib chiqib, bolangizni ko‘krak suti bilan, aralashmalar bilan yoki ana shu ikkala usulni qo‘llab boqishingizdan qat’i nazar, eng muhimi – farzandingiz yaxshi ovqatlanishi, mehr va g‘amxo‘rlik bilan qamrab olingan bo‘lishi darkor.

 

Marta o’qilgan: 478


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar