Ko‘krak suti bilan oziqlantirish haqida suhbat

Chop etish versiyasi
05 Avgust 2018

Kristina Frolova, buxgalter

Hozirgi zamonda odamlar qanday yashashni o‘zlari tanlaydi, deb o’ylaymiz. Lekin amalda buning aksi bo‘lib chiqadi. Jumladan, ko‘krak suti bilan boqish masalasida ona har doim ham o‘z yaqinlari va jamiyat yordamiga umid qila olmaydi.

Agar siz o‘tgan asrning o‘rtacha me’yorlaridan chetga chiqadigan bo‘lsangiz, sizni qoralaydiganlar ham topiladi. Men farzand ko‘rganimda atrofdagilarim uchun emas, o‘zim va chaqalog‘im uchun qanday ma’qul bo‘lsa, shunday boqaman deb qat’iy qaror qilgan edim. Hech qanday jadvallar, rejalar va kun tartiblarini tuzmagandim.

photo Kristina 1 edited.jpg

Bolamni ikki yil davomida emizib boqqan davrida yaqinlarim va do‘stlarimdan o‘z nomimga ko‘pgina tanbeh, ta’na gaplarini eshitdim. Emizib boqishni yo‘lga qo‘yayotgan ilk haftalarda bunday qilish noto‘g‘ri, menda bolani boqish tartibi bo‘lishi lozim deb uqtirishgan. Keyin esa menga bolani ko‘krak suti bilan tez-tez boqish g‘ayritabiiy hol ekanligi, menda sut kamligini aytishgan. Farzandimni birinchi yil emizib boqqanimdan so‘ng menga: «Qizingni to maktabga chiqqunicha emizib yurasan, shekilli» deb hazil qiladigan bo’lishdi. Ayrim tanishlarim o‘z bolalarini uzoq muddat ko‘krak suti bilan boqadigan onalarni aqldan ozgan odamlar deb atashgan.

Ko‘mak berganlar ham uchragan, lekin hayotimni jiddiy izdan chiqaradigan salbiy munosabat ijobiyga nisbatan ko‘proq bo‘lgan.

Eng muhimi, fikrimga qo‘shiladiganlar deyarli yo‘qligiga qaramasdan, men eng boshidanoq o‘zim belgilagan yo‘limdan og‘ib ketmadim. Men o‘z farzandimga u yaxshi va sog‘lom rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ko‘krak sutini, shu orqali ko’makni bera oldim!

photo Kristina 2 edited.jpg

 

 

Marta o’qilgan: 275


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar