Ko‘krak suti bilan oziqlantirish haqidagi suhbatlar

Chop etish versiyasi
07 Avgust 2018

Eleonora Sadirova, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi 

Men ishga chiqishga qaror qilganimda, qizalog‘im endigina 5 oylik bo‘lgan edi. Chaqalog‘im bilan ishxonadagi ishlarimni bajarishga ulguramanmi, to‘yib uxlay olamanmi, zarur bo‘lganda ishdan tez-tez javob so‘ray olamanmi, eng muhimi – hozirgacha faqat ko‘krak suti bilan oziqlanayotgan bolamni qanday qilib boqaman deb juda ko‘p o‘yladim. Shunday bo’lsa ham urinib ko‘rishga qaror qildim.   

1 photo Elya.jpg

Qizimni ko‘krakdan ajratish va uni sun’iy ozuqalar bilan boqish mumkinligi to‘g‘risida umuman o‘ylamadim, chunki Latifa uzoq kutilgan farzandim. Ko‘krak suti bolaning salomatligi va rivojlanishi uchun naqadar foydali ekanligi to‘g‘risida deyarli to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, men o‘z chaqalog‘imni qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt ko‘krak suti bilan oziqlantiraman degan qat’iy ishonch bilan ona bo‘lishga tayyorlanar edim.  

Ilk ikki hafta davomida ishxonaga moslashishga qiynaldim. Ishdan qaytib kelgunimcha sut yetib turishi uchun men erta tongda uyqudan turib, sutimni so’gib qo‘yar edim. Tushlik vaqtida uyimga kelib, qizimni emizar edim, va kechqurun ishdan qaytib kelishimga qadar u ozuqasiz qolmasligi uchun yana sutimni sog’b qoldirib, ishga ketar edim.

Tashkilotim yaratib bergan qo‘llab-quvvatlovchi sharoitlar hamda yaqin qarindoshlarim ko‘magi tufayligina men mehnat faoliyatimni ham, bolamni ko‘krak suti bilan oziqlantirishni ham uddalay oldim.

Hozir qizalog‘im 8,5 oylik bo‘ldi. Bolam 6 oylik bo‘lganidan keyin unga qo‘shimcha ozuqa bera boshladim. Qizim yaxshi rivojlanyapti va men uni emizib boqishni davom ettiryapman. Bu juda foydali va qulay. Masalan, tunda qizaloq’im uyg‘onganida, men unga qo‘shimcha hech qanday ovqat tayyorlashimga hojat yo‘q. Shuningdek bu amaliyot qizimni shifokorning navbatdagi ko‘rigidan yoki emlashdan keyin tezroq tinchlantirishga yordam beradi. Ko‘krak suti bilan oziqlantirish menga bolam bilan muloqot qilishga, uning kayfiyatini sezishga yordam beradi, bizni ruxan bir-birimizga bog‘laydi.

2 photo Elya.jpg

Ko‘pgina ayollar homiladorlik davrida men kabi tayyorlanishi va farzandlarini ko‘krak suti bilan oziqlantirishni rejalashtirishlarini yaxshi bilaman. Ular ba’zan «ko‘krak suti bilan osongina oziqlantirish» amalda unchalik oson bo‘lmasligini tasavvur ham qilmaydilar. Ba’zida bola tug‘ilganidan keyin atrofdagilar sizga sutingiz yetarlicha yog‘li emas, bolaga albatta aralashma berib turish lozim, chunki bu uning tezroq vazn orttirishiga yordam beradi, bolani doim ovqatlantiraverish kerak emas, aks holda u sizga «yopishib qoladi», ish yoki bola o‘rtasida tanlashingiz kerak kabi ko‘pgina «foydali maslahatlar»ni berishadi.

Men barcha emizikli onalarga yaqinlari ko‘mak berishlarini juda istayman. Ular uy yumushlarida yordam berishsa, onalar farzandlariga ko‘proq vaqt ajratishlari mumkin bo‘ladi. Ish beruvchilar emizikli onalarga moslashuvchan ish jadvalini taqdim etib, bu bilan kichkintoylar salomatligi va baxtiga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin. Chunki farzandlarimiz qanchalik baxtli va sog‘lom bo‘lsalar, kelajagimiz ham shunchalik sog‘lom va baxtli bo‘ladi.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 128


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar