Mahalliy ta'lim guruhi 2018-2022 yillarga mo'ljallangan ta'lim sohasining yangi rejasini muhokama qilmoqda

Chop etish versiyasi
08 Avgust 2018

2018 yil 8-avgustda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) Mahalliy ta'lim guruhining (MTG) raisi bo’lmish O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi tomonidan MTG majlisini o'tkazishda amaliy yordam korsatdi. MTG turli ta'lim vazirliklari va boshqa tegishli vazirliklar, shuningdek xalqaro rivojlanish tashkilotlari vakillaridan iborat.

   DSC_0168.jpg

Ushbu uchrashuv 2018-2022 yillarga mo'ljallangan Ikkinchi Ta'lim sohasi rejasi (TSR) bo'yicha strategik yo’nalishlar va dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun platforma bo'lib xizmat qildi. Ushbu rejani amalga oshirishning asosiy jihatlari muhokama qilindi. 2013-2017 yillar uchun ta'lim sohasi rejasi 49 million dollarlik Ta’lim bo’yicha global hamkorlik grantini olgan O'zbekiston hukumati uchun birinchi uzoq muddatli rejalashtirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Yangi TSR O'zbekiston hukumatining ta'lim sohasidagi islohotlarining muhim bosqichdir, chunki u bolalar va yoshlarning hayot davomidagi ta’limini diqqat markaziga qo'yadi va barcha darajalarda sifatli ta'limdan teng va adolatli foydalanishni yaxshilashga yordam beradi.

"Hozirgi vaqtda asosiy vazifalardan biri barcha ta'lim vazirlikari orasida muvofiqlashtirishni hamda monitoringning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdir,”– dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “TSR mamlakatda uzoq va o'rta muddatli kontseptsiyani aks ettirishi, ta'lim tizimining maqsadlariga erishish va mavjud qiyinchiliklarni engish uchun amaliy strategiyalarning muvofiqlashtirilgan to'plamini bo’lishi lozim".

Uchrashuv qatnashchilari mamlakatda 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Milliy rivojlanish strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar ta'lim sohasini takomillashtirishini tezlashtirdi deb ta’kidlashdi. Bundan tashqari, O'zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga sodiq bo’lib qolmoqda. 4-BRM ta'lim sohasining turli aspektlariga yo’naltirilgan bo’lib, mamlakatda erta yoshdagi, boshlang’ich, o’rta, kasb-hunar va oliy ta'lim sohalarida sa'y-harakatlar kuchaytirilmoqda. Ta’lim tizimi imkoniyatlaridan foydalanish, tenglik tamoyilini ta'minlash, ta'limning inklyuzivligi va sifatlini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

UNICEF muvofiqlashtiruvchi agentlik sifatida, O'zbekiston Hukumatiga texnik yordam ko'rsatadi va TSRni rivojlantirish bo'yicha maslahat jarayonlarini qo'llab-quvvatlaydi. Yangi reja shu yilning boshida o'tkazilgan ta'lim sohasidagi vaziyat tahlili asosida ishlab chiqilgan.

UNICEF ta'lim to'g'risidagi qonunni qayta ko'rib chiqish, inklyuziv ta'lim siyosati, ta'lim xodimlarining salohiyatini oshirish, shuningdek, 2018-2022 yillarga mo’ljallangan rejasini ishlab chiqish borasida Hukumat bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi.

Marta o’qilgan: 142


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar