XALQARO YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BOSH KOTIBNING YOZMA MUROJAATNOMASI

Chop etish versiyasi
12 Avgust 2018
4 4 Fotosuratlar

BOSH KOTIB

- - -

XALQARO YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BOSH KOTIBNING YOZMA MUROJAATNOMASI

12 avgust 2018 yil

 

 

           Butun insoniyat barcha orzu-umidlarini yoshlar bilan bog‘lamoqda.

           Tinchlik, jadal iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy adolat, bag‘rikenglik — bularning barchasi va ko‘pgina boshqa jihatlar yoshlar salohiyatini amalga oshirishga bog‘liq va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

           Biroq 400 milliondan ortiq yosh ayollar va erkaklar qurolli mojarolar yoki uyushgan zo‘ravonlik sharoitlarida yashamoqda.

           Shu jumladan millionlab yoshlarning huquqlari muhtojlik, zulm, xo‘rlash va shu kabi boshqa salbiy holatlar natijasida qo‘pol buzilmoqda.

           Ayniqsa, yosh ayollar va qizlar o‘ta zaif holatga tushib qolgan.

           Ana shu yosh insonlar uchun ijtimoiy, fuqarolik, jismoniy va raqamli makonlarda xavfsizlik ta’minlanishi zarur, chunki faqat shu shart bilan ular o‘z fikrini erkin ifodalab, orzu-umidlari sari qanot yozib intilishlari mumkin.

           Yoshlar ta’lim olish, professional tayyorgarlikdan o‘tish, munosib ish joyini topish va shu yo‘l bilan o‘z salohiyatlarini to‘laqonli amalga oshirishlari mumkin bo‘lishi uchun biz barcha sa’y-harakatlarimizni ishga solishimiz darkor.

           Birlashgan Millatlar Tashkiloti yoshlar fikriga quloq solish va ularga taalluqli qarorlar qabul qilinishida yoshlar amaliy ishtirok etishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga bor imkoniyatlarini qat’iylik bilan jalb qiladi.

           Joriy yilning sentyabr oyida biz yoshlar bilan hamkorlikda va ularning manfaatlarida ishlarimizni faollashtirishga oid yangi strategiyani amalga oshirishga kirishamiz.

           Dunyoni yoshlar uchun xavfsiz qilib, biz butun olamda hamma uchun yanada yaxshi sharoitlarni yaratamiz.

           Barchangizni Xalqaro yoshlar kuni bilan muborakbod etaman!


Marta o’qilgan: 376


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar