Zulmatdan yorug‘ dunyoga: mening hikoyam

Chop etish versiyasi
20 Avgust 2018

Men muddatidan oldin, yetti oylik tug‘ilganman. Shifokorlar onamga meni yashab ketishi amri mahol deb aytishgan, shuning uchun onam meni tug‘ruqxonada tashlab ketgan. O‘shanda, hali shifoxonada yotganimda, menga qon quyish zarur bo‘lib qolgan edi. Shu tariqa menga OIV infeksiyasi yuqqan.

Men endigina 14 kunlik bo‘lganimda, buvim tug‘ilganligim to‘g‘risida bilib qolib, meni olib ketgani kelgan. O‘shandan boshlab buvimning o‘zlari meni tarbiyalaganlar, g‘amxo‘rlik qilganlar.

Bolaligimda men tez-tez kasal bo’lar edim, bo‘yim past, o‘zim ozg‘in bo‘lganman, tishlarim doimo to‘kilib ketardi. Meni ko‘p marta kasalxonaga yotqizishgan, lekin qanday xastalikka duchor bo‘lganimni hech kim bilmas edi. Bir kasalxonadan boshqa kasalxonaga o‘tkazishardi. Kunlardan birida meni nogiron bolalar kasalxonasiga joylashtirishgan. Shifokorlar men leykozga chalingan bo‘lsam kerak deb o‘ylab, shu yerga yuborishgan ekan. O‘sha kasalxonada mening qonim tekshirilib, unda OIV infeksiyasi borligi aniqlangan va shu sababli meni Toshkent tibbiyot institutiga jo‘natishgan.

Buvim menga qo‘yilgan tashxisni bilganlarida shu qadar kuchli ruhiy siqilganlarki, mikroinfarktga uchraganlar. Menga kelsak, o‘shanda atigi 6 yoshda edim. Men bilan nimalar bo‘layotganligini umuman tushunmasdim.

Kasalxonada men boshqa kasalliklarga qarshi bir necha davolanish kurslaridan o‘tdim, va faqat 9 yoshga to‘lganimdagina OIVga qarshi antiretrovirus terapiyasini (ARVT) qabul qila boshladim. Dastlab bu mening organizmimga ijobiy ta’sir qildi, lekin ko’p o’tmay bo‘yim yaxshi o‘smay qoldi. Shunda qabul qilayotgan dorilarimga mening yurish qobiliyatimga ta’sir qilgan yangi preparatni qo‘shib berishdi.

Meni katta bemorlar bilan bir palataga yotqizishdi, ular meni va buvimni cho‘chitib yuborishdi, chunki menga «Sen ko‘p yashamaysan, o‘lib qolasan. Agar yaxshi qiz bo‘lganingda, bunday kasallikka chalinmagan bo‘larding» deb aytishar edi. Shifokorlar buvimga vaziyatni tushuntirishga harakat qilishdi, lekin men bilan bu to‘g‘rida hech qachon gaplashmagan edilar.

Ana shu bemorlar bilan suhbatlashgandan so‘ng kuchli ruhiy tushunlikka uchradim. Kasalxonadan chiqqanimdan keyin o‘zimni boshqa do‘stlarimdan chetga torta boshladim. Ular bilan gaplashishni istamasdim. Maktabga ham bormay qo‘ydim. O‘shanda tengdoshlarimdan birontasi OIV infeksiyasi bilan yashayotganligi to‘g‘risida hali eshitmagan edim, shuning uchun ham katta bemorlar menga o‘lib qolishim haqida aytgan gaplari rost ekan deb o‘ylardim.

Bir kuni buvimga UNICEF ko‘magida faoliyat yuritayotgan OIVga chalingan bolalar va o‘smirlar uchun kunduzgi markaz to‘g‘risida aytib berishdi. «Ushbu markazda nabirangizni qo’llab-quvvatlaydigan guruh bo‘ladi» deb va’da ham berishdi. Men buvimga: «Shu rostmi? Men chindan ham o‘lib qolamanmi? Bu kasallikka o‘zi qanday chalinib qoldim?» deb ko‘p savol bera boshladim. Shunda buvim aytilgan markazga borib kelib, barcha savollarimga o‘sha yerda javob berishlarini aytdi.

Esimda, bu Yangi yilga arafasida bo‘lgan, chunki markazga kelganimda bir guruh qizlar chiroyli bezaklarni yasab o‘tirgan edilar. Men qizlar bilan suhbatga kirishib ketdim, lekin ular ham men kabi OIV infeksiyasi bilan yashayotganlarini umuman bilmasdim. Chunki o‘shanda bunday muammo faqat menda bor deb o‘ylardim! Markaz shifokorlariga qanday savollarni berganimni yaxshi eslay olmayman, lekin ular menga endi hech narsadan qo‘rqish kerak emas deb javob berishdi. Buni eshitib, chin yurakdan xursand bo‘lib ketdim.

Dastlab markazga har uch oyda bir borib turardim. U yerga yana ham tez-tez borishni istardim, lekin biz shahardan 100 km uzoqda yashar edik, buvimda esa ortiqcha mablag‘ bo‘lmagan. Lekin markazga kelganimda doimo o‘z hayotimdagi yangiliklar va voqealarni dugonalarim bilan o‘rtoqlashardim. Menga bu yerda «Qayerdan kelding? Davolanish qanday kechyapti? Qanday qilib bu xastalikka uchrading?» deb ko‘p savol berishar edi. Bu markaz men OIVga chalinganligim to‘g‘risida bemalol ayta oladigan yagona maskan bo‘ldi.

Ularning do‘stona munosabatini, olamni tabassum ila qarshi olishlarini ko‘rib, markazga ko‘proq borib turishni xohlardim. Menda hayotga bo‘lgan qiziqish yana uyg‘ondi. Nihoyat, zulmatdan yorug‘ dunyoga chiqib olganimni his qildim. Endi buvim va men OIVga qarshi kurashishda yolg‘iz emas edik. Atrofimizda bizni qo‘llab-quvvatlaydigan insonlar bor edi.

«Mening yurtimdagi odamlar biz kabi OIV infeksiyasi bilan yashayotganlarni jamiyat uchun xatarli odamlar qatoriga qo‘shmaydigan kun ham kelishini juda orzu qilaman».

hiv-darkness-light-story-0L2A3481-1024x682.jpg

© UNICEF/2018 /O‘zbekiston

O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan hayot kechirayotgan Azima yetti yil davomida antiretrovirus terapiyasini qabul qiladi. U OIVga duchor bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni kunduzgi parvarishlash Markazida tengdoshlariga o‘z hayotining ruhlantiruvchi misoli asosida belgilangan terapiyaga amal qilishlariga yordam beradi. 


Meni o‘z tengdoshlarimga ko‘maklashishga oid ishlarni bajarishga o‘rgatishdi. Bu mening ishonchimni ancha oshirdi. Sog‘liqni saqlash xodimlari siz nima uchun dori-darmonlarni qabul qilib turishingiz zarurligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari mumkin albatta, lekin faqat OIV infeksiyasi bilan yashayotgan insongina qiynchiliklarni qanday yengish lozimligini tushuntira oladi. Bu masaladagi eng katta muammo – bu stigmatizatsiya va «Nima uchun bu kasallikka aynan men uchradim?», «Men nima yomonlik qilibmanki, bu baloga mubtalo bo‘ldim?» kabi savollarga javob berishdir.

Qayerga bormay, bizga, ya’ni OIV infeksiyasi bilan yashayotganlarga nisbatan odamlarning nuqtai nazarini o‘zgartirish, ularning ongiga o‘rnashib qolgan stigmani bartaraf etishga harakat qilaman. UNICEF ko‘magida o‘tkazilgan xayriya yarmarkalaridan birida «Men OIV infeksiyasiga uchraganman. Meni quchoqlang!» degan yozuv yonida tugan edim. Shunda odamlar to‘xtab, yozuvni o‘qib va menga nigoh tashlab, samimiy quchoqlaganlarida, o‘zimni juda baxtiyor his qildim. Ayni paytda, menga shubhali qarash qilib, yo‘lida davom etgan ayrim odamlarni ham ko‘rdim. Ular nima qilishni bilmas edilar. Men ularga achindim. Ular ongidagi qo‘rquv zulmat qa’rida paydo bo‘ladi.

«OIV infeksiyasi bilan yashab yurgan bolalar va o‘smirlarni kunduzgi parvarishlash Markaziga kirib kelganingizda sizni, eng birinchi navbatda, bu yer juda yorug‘ligi va turli o‘yinchoqlarga to‘lib ketganligi hayratga soladi. Men bu maskanda qo‘lda buyum yasash bilan shug‘ullanaman. Katta bo‘lganimda hunarmand bo‘lishni xohlayman».

O‘tgan yili men UNICEF ko‘magida televideniye va radiodagi dasturlarda ishtirok etdim, OIV infeksiyasi bilan hayot qanday kechishini so‘zlab berdim. Men ochiq bo‘lishni istardim va buvim menga buni amalga oshirishga kuch berdi, chunki ular menga ishonishini bilardim. Dasturda qatnashganimdan keyin mening nomimga ko‘plab qo‘llab-quvvatlaydigan xabarlar keldi! Men buni kutmagan edim.

OIV infeksiyasi bilan yashayotgan bolalar va o‘smirlar uchun tashkil qilinfan kunduzgi markazga kirib kelganingizda sizni, birinchi navbatda, bu yer juda yorug‘ligi va turli o‘yinchoqlarga to‘lib ketganligi hayratga soladi. Bu maskanda turli yoshdagi bolalarni uchratish mumkin. Men bu erda qo‘lda buyumlarni yasash bilan shug‘ullanaman. Hatto o‘zim yasagan bilaguzuklarning ayrimlarini sota boshladim. Katta bo‘lganimda hunarmand bo‘lmoqchiman.

hiv-darkness-light-story-0L2A3425-1024x682.jpg

© UNICEF/2018/O‘zbekiston

Azima Toshkentdagi OIVga chalingan bolalar va o‘smirlarni kunduzgi parvarishlash Markazida qo‘lda buyum yasash bilan shug‘ullanishni yoqtiradi. Katta bo‘lganida hunarmand bo‘lishni rejalashtiryapti.

Men ushbu markazga yetti yildan buyon qatnayapman. Bu yerda kun davomida o‘smirlarni OIV infeksiyasiga uchragan bolalar va o‘smirlarga qanday ko‘maklashish kerakligiga o‘rgatishadi. Joriy yilda markazning ikki nafar o‘smirlari OIV/OITS masalalari bo‘yicha global konferensiyada qatnashish uchun Amsterdamga bordilar. Bizning loyihamiz anjumanda ishtirok etish uchun tanlab olingan Markaziy Osiyodagi yagona loyiha bo‘ldi. Markaz yordami tufayli men o‘zimni yanada g‘ayratli, faol his qilyapman. Endi men OIV va ARVTni o‘z hayotimning bir qismi sifatida qabul qilyapman va hech qanday boshqa hayotga almashtirmayman. Agar imkon qadar ko‘proq odamlar ushbu markazda kechayotgan jarayonlarni ko‘rganlarida, ular ham, ehtimol, OIVni muammo sifatida qabul qilmaydigan bo‘lar edilar.

Bu O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashayotgan qizbola, 16 yoshli Azimaning hikoyasi. Elis Allan yozib oldi.

Marta o’qilgan: 246


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar