Odamlar OIV xatarini bartaraf etish yo‘lida sa’y-harakatlarini birlashtirmoqda...

Chop etish versiyasi
24 Avgust 2018

IMG_2494.jpg

Odamlar OIV xatarini bartaraf etish yo‘lida sa’y-harakatlarini birlashtirmoqda...

2018 yilning iyul oyida Issiq Ko‘lning xushmanzara qirg‘og‘ida Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan 200 dan ziyod tibbiyot xodimlari, psixologlar, ijtimoiy xodimlar, OIV infeksiyasi bilan yashayotgan bolalar va o‘smirlar, va ularning ota-onalari mazmun-mohiyati jihatidan butunlay o’zgacha bo’lgan tadbirda ishtirok etdilar. Ushbu mintaqaviy seminar va lager UNICEF, UNAIDS, Britaniya bolalarni himoyalash assotsiatsiyasi (CHIVA) va OITSni davolash bo‘yicha bolalar Yevropa tarmog‘i (PENTA) tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.   

Dunyoning qolgan qismida OIV tarqalishini nazorat qilishga erishilayotgan bir paytda, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda OIV infeksiyasi bilan yashayotgan odamlar soni jadallik bilan ortib bormoqda.

UNAIDS ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda mintaqada OIV bilan yashayotgan insonlar soni 1,6 millionni tashkil etgan. Baholashlarga ko’ra 2016 yilda OIV infeksiyasining 190 000 ta yangi holatlari qayd etilgan.  Mintaqada kuzatilayotgan OIV epidemiyasi OIV bilan yashovchi odamlar boshqalardan ajratib qo‘yilishlariga sabab bo‘lmoqda. OIV bilan yashayotgan bolalar va o‘smirlar shular jumlasiga kiradi.

«Men boshqa mamlakatlardan kelgan tengdoshlarim bilan suhbatlashib, olimlarning OIVga qarshi yangi dorilarni yaratish yo‘lidagi tadqiqotlari to‘g‘risida bilib olganimdan xursand bo‘ldim,» - deb aytdi O‘zbekistondan kelgan va OIV bilan yashayotgan 15 yoshli Alina (ismi o‘zgartirilgan). Alina terapevtik lagerda ishtirok etgan 60 nafar OIV bilan yashayotgan bolalardan biridir. Ushbu lagerga ishtirok etayotgan bolalar OIV bilan xastalanganliklarini biladilar, biroq ularning tushunchalari va munosabatlarini yaxshilash lozim. Bu ularga OIV infeksiyasi bilan ijobiy hayot kechirish, rag’batlangan bo’lish va davolanish kursiga amal qilishga imkon beradi.  

Nina Ferencic and First Deputy Minister of Health Erkin Cheycheybayev op....jpg

Lagerda O‘zbekistonning 9 mintaqasidan tashrif buyurgan 11 nafar bola ishtirok etdi. Terapevtik lagerga kelgan ko‘pgina bolalarda o‘z tengdoshlari bilan OIVga chalinganlarini aka va opalari, do‘stlari va oila a’zolari bilib qolishidan qanday qo‘rqayotganlari haqida ochiqchasiga suhbatlashish uchun ilk bor imkoniyat paydo bo‘ldi. Ular kelajak bilan bog’liq xavotirlari, har kuni duch kelayotgan stigma va tahqirlash holatlarini muhokama qildilar.

Tibbiyot xodimlari, sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari yoki oila a’zolari OIV infeksiyasi bilan yashayotgan bolalarga ko‘maklashadigan birinchi manba hisoblanadi. Ushbu seminar klinika xizmatlari sohasidagi mutaxassislar va psixologlar uchun OIV bilan yashovchi insonlarni davolash va parvarishlar borasida oxirgi yutuqlarni muhokama qilishga imkon beradi. Shuningdek ushbu tadbir ruhiy salomatlik, psixoaktiv moddalarni suiiste’mol qilish, jinsiy masalalar, mustaqillik va ishonch kabi nozik mavzular bo‘yicha o‘smirlar bilan ularning ota-onalari, shuningdek bolalarni parvarishlovchi boshqa shaxslar o‘rtasidagi muloqotni yaxshilash uchun zarur bilim va ko’nikmalarni o‘rgatish maydoni sifatida xizmat qildi.

«Beshta mamlakatdan kelgan o‘smirlar va ota-onalar, shifokorlar, psixologlar va tibbiyot xizmatlari mutaxassislarini yagona muhitda birlashtirib, ularning o‘zaro muloqot qilish, masalani tushunish va idrok etishlarini yaxshilashga erisha oldik. Ushbu muloqot chuqur o'zgarishlarga olib keldi. Bu odamlarning turliligi, ularning salomatligi, qobiliyatlari, ma’lumoti, e’tiqodi, etnik mansubligi, fe’l-atvori yoki gender xususiyatlaridan qat’i nazar barcha odamlarni qabul qiladigan va hurmat qiladigan hamda OIV infeksiyasi bilan yashayotgan barcha bolalar OIV to‘g‘risida ochiq gapira oladigan, o‘z orzulari va to‘liq salohiyatlarini ro‘yobga chiqara oladigan inklyuziv jamiyatlarni rivojlantirishda UNICEFga yordam beradi,» – deb ta’kidladi OIV/OITS, o‘smirlar rivojlanishi va ishtiroki masalalari bo‘yicha UNICEF Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mintaqaviy vakolatxonasining byurosining katta maslahatchisi Nina Ferenchich.

«Biz bir necha yil avval ushbu mintaqada UNICEF bilan birgalikda tibbiyot xodimlari uchun o‘tkazilgan ilk treninglarda yoshlar va ularning oilalari qatnashmagan edi. Endi biz to‘laqonli maxsus dastur doirasida ularning fikrini tinglash va ehtiyojlarini tushunishga tayyor bo‘lgan bosqichga o‘tdik. Odamlar bilan ishlash OIV va OITSga qarshi kurashning asosiy qismi hisoblanadi,» - deb e’tirof etdi PENTA bosh murabbiyi Stiv Velsh. 

Tamir plays with other adolescents in a game explaining importance of ad....jpg

Ushbu lager va o‘quv dasturi gorizontal hamkorlikning, mintaqadagi mamlakatlar va yetakchi xalqaro ekspertlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, ko‘nikmalar bilan almashish va o‘zaro sa’y-harakatlarning ajoyib misolidir. Mazkur tadbir nafaqat zamonaviy bilimlar bilan almashish, balki mintaqada OIV bilan yashovchi barcha odamlarga nisbatan stigma va tahqirlashni kamaytirishga yordam beradigan ishonch va uzoq muddatli aloqalar va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.    

UNICEFning Qirg‘izistondagi vakolatxonasi kommunikatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Veronika Vashchenko materiallaridan foydalanildi.


Marta o’qilgan: 383


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar