Treningda qatnashgandan keyin OIV infeksiyasi bilan yashayotgan o‘smirlarda va ularning oilalarida kelajakka bo‘lgan ishonch yanada kuchaydi

Chop etish versiyasi
05 Sentabr 2018

DSC_1967.jpg

OIV infeksiyasi bilan yashayotgan o‘smirlar bu yerga bir oz o’zlarini yo’qotgan va yolg’izlangan holda, ularning ota-onalari esa bolalariga hech qanday yordam berib bo‘lmaydi degan kayfiyatda keladilar. Lekin bu yerdan chiqib ketayotganda ular kuch-g‘ayratga to‘lib, kelajakka katta ishonch bilan hamda yangi orttirgan do‘stlari va hamfikrlarining manzillarini olib, qaytadilar. Ularning kayfiyatidagi bunday keskin o‘zgarishning sababi – UNICEF va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan OIV bilan yashayotganlarini biladigan o‘smirlar va ularning ota-onalari uchun tashkil qilingan «Salomatlik va qo‘llab-quvvatlash asoslari» mavzusidagi treningda qatnashganlari bilan izohlanadi.

Toshkent shahri va poytaxt viloyatida yashovchi bolalar va ularning oilalari uchun mo‘ljallangan navbatdagi ana shunday trening mamlakat poytaxtida 2018 yil 9-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda 30 nafar o‘smirlar, shu jumladan Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 4 nafar o‘smirlar ishtirok etdilar. Ularning barchasi OIV bilan yashayotganlarini biladilar. 


DSC_2351.jpg


Bolalar va ota-onalar uchun mashg‘ulotlar alohida guruhlarda o‘tkazildi. Mehribonlik uyidan kelgan bolalarning manfaatlarini ushbu muassasaning pediatr shifokori Nigora Islamova ifodaladi.

O‘smirlar uchun mo‘ljallangan treningning vazifasi – ularga kerakli bilim va hayotiy ko‘nikmalarni berish, zarur bo‘lsa antiretrovirus (ARV) terapiyani qabul qilishni muvofiqlashtirish, mas’uliyatli fe’l-atvor hamda shifokor, ota-ona va tengdoshlar bilan yaxshi muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Ota-onalarga OIV, uni davolash, ikkilamchi kasalliklarning oldini olish yuzasidan umumiy ma’lumot beriladi, ularni farzandlarini parvarishlash, kelajagini rejalashtirish, tarbiyasi og‘ir o‘smirlarga yordam berishga o‘rgatishadi. Ota-onalar treningda OIV infeksiyasi bilan yashayotgan bolalarni himoyalashning huquqiy asoslarini ham o’rganadilar.

«Men qanday kasallikka chalinganligimni bilganimdan boshlab ko‘plab salbiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirdim,» – deydi treningning 14 yoshli qatnashchisi Anya. «Vafot etganlari uchun onamdan achchiqlandim. Bizni tashlab ketganlari uchun otamdan xafa bo‘ldim. Menda OIV infeksiyasini aniqlaganlari va ARV-terapiyani tayinlaganlari uchun shifokorlardan g‘azablandim. O‘zimdan boshqa, butun dunyoga jahl qildim. Lekin treningвa qatnashib, endi jahl qilish va tushkunlikka tushishni yig‘ishtirib, oddiy hayot kechirishni boshlash kerakligini tushundim».



DSC_2057.jpg


Treningning noyobligi shundaki, bolalar bilan mashg‘ulotlarni OIV infeksiyasi bilan yashab yurgan besh nafar yetakchi o‘smirlar o‘tkazdilar. Avvalroq ularning o‘zlari ham shunga o‘xshash va boshqa treninglardan o‘tganlar va murabbiylar sifatida saboq olganlar. Ular «teng-tengiga» tamoyili asosida o‘z tengdoshlariga OIV bilan qanday yashayotganlari to‘g‘risida пфзшкши berdilar va bunday vaziyatda ham to‘laqonli va baxtli hayot kechirish mumkinligini yaqqol namoyish qildilar.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashayotgan 37 ming nafar odamlar ro‘yxatga olingan. Davlat xalqaro tashkilotlar ko‘magida OIVni yuqtirish holatlariga barham berish, OIV bilan yashovchi odamlarni tahqirlash holatlarini tugatish hamda OIV bilan yashovchi bolalarga ko‘maklashish uchun katta sa’y-harakatlar qilmoqda. Joriy yildan boshlab, Sog‘liqni saqlash vazirligining 336-sonli buyrug‘iga muvofiq, OIV bilan yashayotgan bolalar 18 yoshga to‘lgandan keyin, Tibbiy-mehnat ekspert kommisiyasida qaytadan tekshiruvdan o‘tmagan holda, tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limlari orqali tegishli nafaqa oladilar.

Ota-onalar guruhi bilan Toshkent viloyat OITSga qarshi kurashish markazining pediatri Nargiza Karabayeva ishladi. U ota-onalar uchun treninglar o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis. Mashg‘ulotlar davomida ota-onalar ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar, umumiy muammolarni muhokama qilish ularni bir-birlariga yaqinlashtirdi. Farzandlari kelgusida to‘laqonli hayot kechirishlari mumkinligiga ishonch hosil qilib, endi ular OIV bilan yashovchi bolalar va oilalarni qo’llab-quvvatlash kunduzgi markazlarning ishida qatnashib, bunday vaziyatga tushib qolgan boshqa ota-onalarga ham yordam berishga tayyorlar.

Joriy yili shunga o‘xshash treninglar Farg‘ona vodiysida ham o‘tkazildi. Shuningdek, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi bolalar va ularning oilalari uchun trening Samarqand shahrida o‘tkazildi.

UNICEFning milliy maslahatchisi Kamila Fatixovaning fikriga ko‘ra, Toshkentdagi trening viloyatlarda o’tkazilganlaridan farqlanadi: «Guruh juda faol, bolalar bilimlarining darajasi, OIV bilan yashayotganlarini qabul qilishlari, OIV bilan yashovchi bolalar va oilalarni qo’llab-quvvatlash kunduzgi markazlarning ishiga jalb qilinganlari bilan ajralib turadilar. Bunday markazlar mavjud bo‘lmagan joylarda esa – umuman o‘zgacha manzara. Bolalar ularga qo‘yilgan tashxisni qabul qilmaydilar, xastalikka qarshi kurashishga o‘rganish, uydan chiqish, ARV-terapiyasini qabul qilishni istamaydilar, gigiyena qoidalariga amal qilmaydilar».

«Bu trenigga qadar OIV to‘g‘risida hech narsa bilmasdim,» – deb ta’kidladi trening qatnashchisi Mamarasul Shodiyevich. «Agar hozircha butunlay davolanishning iloji bo‘lmasa, ARV-terapiyasini doim qabul qilib yurish shart emas deb o‘ylardim. Endi esa bunday terapiya OIV bilan yashovchi bolaning hayotini saqlab qolish va uni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun zarur ekanligini tushundim. Mening va 13 yoshdagi nabiramning yorqin kelajakka bo‘lgan ishonchimiz yanada kuchaydi. Trening boshlangan kuni nabiram OIVga chalinganligini ma’lum qilishganidan keyin bir necha oydan beri ilk bor tabassum qildi».

Marta o’qilgan: 330


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar